O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov


Download 325.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/68
Sana08.01.2022
Hajmi325.56 Kb.
#249975
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68
Bog'liq
psixologiyapdf

3. Shaxsning shakllanishi 
Shaxs muayyan tarixiy hayot kechirish sharoitlarida, faoliyat 
(mehnat qilish, o‘qish va hokazolar) jarayonida shakllanadi. Shaxs-
ning shakllanish jarayonida guruhlar va jamoalarda amalga oshiri-
ladigan ta’lim va tarbiya yetakchi o‘rin tutadi. 
«Shaxsning shakllanishi» ikki xil ma’noda qo‘llaniladi. Birinchisi 
shaxsning shakllanishi uning rivojlanish jarayoni va uning natijasi 
ekanligidir. Ikkinchi ma’nosi shaxsni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda 
tarbiyalash sifatida shakllantirishdan iborat. 
Psixologiya tarixida shaxs rivojlanishi va takomillashuvini ha-
rakatlantiradigan kuchlar va mana shu masalalarni hal etishning ikkita 
yo‘nalishi mavjud bo‘lgan. Bu yo‘nalishlar rivojlanishning biogenetik 
va sotsiogenetik konsepsiyalari nomini olgan. 
Biogenetik konsepsiya inson shaxsining rivojlanishi biologik, aso-
san nasliy omillar bilan belgilanishiga asoslanadi. Shuning uchun ham 
shaxsning rivojlanishi ichki sabab natijasida (o‘zidan o‘zi) sodir 
bo‘lish xususiyatiga egadir. 
Inson shaxsini xususiy faolligidan mahrum bo‘lgan narsa, pesha-
naga yozib qo‘yilgan biologik omillar ta’sirining mahsuli deb ifoda-
laydigan biogenetik konsepsiya pedagogikani shaxsning qismatiga 
ko‘ra oldindan belgilab qo‘yilgan ushbu fazilatlari paydo bo‘lishining 
sustkash shohidi qilib qo‘ygan edi. 
Sotsiogenetik konsepsiya shaxsni tevarak atrofdagi ijtimoiy mu-
hitning bevosita ta’siri natijasi, muhitdan olingan nusxa deb hisoblay-
di. Bunda ham xuddi biogenetik konsepsiyadagi kabi rivojlanib bo-
rayotgan kishining xususiy faolligi inobatga olinmaydi, uning tevarak 
atrofdagi vaziyatga moslashayotgan mavjudotga xos sust o‘rin tutishi 
mumkin deb hisoblanadi. Agar sotsiogenetik konsepsiyaga amal qili-
nadigan bo‘lsa, nima uchun ba’zi vaqtlarda bir xil ijtimoiy muhitda 
turli odamlar yetishib chiqishini tushuntirib bo‘lmaydi. 
 
41


 
Shunday qilib, na biogenetik va na sotsiogenetik konsepsiyalar 
shaxs rivojlanishining qonuniyatlarini tushunib yetishga asos qilib 
olinishi mumkin emas. Unisi ham, bunisi ham psixik rivojlanishning 
harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlay olmaydi. Buni amalga oshirish-
ga ikkala omilning (muhit va irsiyatning) mexanik tarzdagi o‘zaro 
bog‘liqlikdagi harakati yoxud konvergensiya (bir xil tashqi muhitda 
o‘xshash belgilarning hosil bo‘lishi) nazariyasi ham yordam bera 
olmaydi. Chunki bunda rivojlanishning ikkala konsepsiyasi xatolari 
bartaraf etilishidan ko‘ra ko‘proq orta boradi. 
Shaxs rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari muammosini 
hal etishda dialektik nuqtai nazar yechimi rivojlanishida amalga oshi-
riladigan quyidan (oddiydan) yuqoriga (murakkabga) o‘tishni ta’min-
laydigan ziddiyatlar ta’rifiga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Shaxs-
ning faolligi kishini anglanilgan va anglanilmagan sabablar tizimi 
orqali faoliyatga undovchi ehtiyojlarning majmui bilan belgilanadi. 
Lekin ehtiyojlarning qondirilish jarayoni zamirida ziddiyat mavjuddir.  
Ehtiyojlar odatda paydo bo‘lishi bilanoq darhol qondirilmaydi. 
Ularning qondirilishi uchun moddiy mablag‘lar, shaxsning faoliyatga 
muayyan darajada tayyorgarligi, bilimlar, malakalar va hokazolar 
zarur. Shaxsning rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchlar kishining 
faoliyatida o‘zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning real 
imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarda aniqlanadi. 
Ehtiyojlarning qondirilishi yana va yana shunday bir vaziyatni 
keltirib chiqaradiki, bunda kishi ehtiyojlari rivojlanishining erishilgan 
darajasi bilan ularni qondirishning real imkoniyatlari o‘rtasida 
ziddiyat namoyon bo‘ladi. Ziddiyatlarning shaxs rivojlanishiga olib 
boradigan darajada hal etilishi faoliyatda uni amalga oshirishning 
muayyan vositalarini (usullarini, malakalarini, jarayonlarini, bilimla-
rini va boshqalarini) ta’lim jarayonida egallash orqali ro‘y beradi. 
Buning ustiga, ehtiyojlarning jo‘shqin faoliyat vositasida qondirilishi 
qonuniy tarzda yangi yuksakroq darajadagi ehtiyojini keltirib chiqa-
radi. 
Shuning uchun ham rivojlanib borayotgan shaxs doimo yangi va 
yangi ehtiyojlarning (va demak sabablarning keng shoxobchali ti-
zimini ham) keltirib chiqararkan, o‘z navbatida, ehtiyojlar rivojlani-
shining natijasi bo‘lib ham hisoblanadi. Ehtiyojlarni rivojlantirish, 
tanlash, tarbiyalash ularni hozirgi jamiyat kishisiga xos bo‘lgan 
 
42


 
ma’naviy yuksaklik darajasiga olib chiqish kishi shaxsini shakllanti-
rishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Shaxsning shakllanishi uning jamoaga qo‘shilganligi sharoitida 
ro‘y beradi. A. S. Makarenko ta’kidlaganidek, shaxs yuksak darajada 
rivojlangan guruhdan iborat va shaxsning qimmatli fazilatlarini 
shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarga ega bo‘lgan jamoada va 
jamoa vositasida rivojlanadi.  
Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta’sirida 
bo‘ladi va ko‘plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o‘quv maskan-
lari, mehnat jamoalari, norasmiy tashkilotlar, din, san’at, madaniyat 
va boshqalar) bilan bog‘liq bo‘ladi. Shaxsdagi turli g‘oyalar, fikrlar va 
mafkura, mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, ular 
bevosita oila, bog‘cha, maktab singari o‘quv va tarbiya muassasalari 
orqali ongga singdiriladi. 
 
43


 

Download 325.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling