O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

devonbegining mavqei kuchayadi. U asosan boshqaruv, saroy kotibiyati 
va davlat devonini boshqarish, soliq, moliya ishlari, balki harbiy 
yurishlarga bosh bo‘lish, qo‘shin ta’minoti va dushman bilan muzokara 
ishlarini ham olib borgan. 
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ta’sis etilgan vaziri jumlat ul-
muluk, bosh vazir xondan keyingi ikkinchi o‘ringa chiqqan. XX asr 
boshida esa devonbegining ayrim vakolatlari ham unga o‘tgan.
Ular bevosita xonga bo‘ysunishgan va bir vaqtning o‘zida xon 
maslahatchisi ham hisoblanishgan. Ular xon ruxsati bilan xonlik nomidan 
ish ko‘rish, xususan qo‘shni xalqlar va davlatlar bilan sulh tuzish 
huquqiga ega bo‘lgan. Ba’zi hollarda oliy mansabdor shaxslardan iborat 
tor tarkibli majlis ishlagan. Unda ularning hisobotlari, taklif va e’tirozlari 
eshitilgan. Qushbegi mamlakatning janubiy qismini, mehtar esa shimoliy 
qismini idora qilgan.
Xonlikdagi diniy ishlar nazorati shayxulislom zimmasida bo‘lgan. U 
diniy sohaga oid barcha huquqiy, fatvo chiqarish, axloqiy-tarbiyaviy, 
madaniy-ma’naviy ishlar va amaldorlar ustidan nazoratni amalga 
oshirgan. Ular turli siyosiy-diniy marosimlardan tashqari, harbiy 
yurishlarda ham fatvo beruvchi muftilar boshlig‘i, harbiy sharoitda shariat 
me’yorlarini bajarish yuzasidan mas’ul va qo‘shin shaxsiy tarkibini 


 167
ma’naviy-ruhiy rag‘batlantiruvchi ruhoniy, qozi askar nazoratchisi va 
gohida biror harbiy bo‘linma boshlig‘i sifatida qatnashgan. Joylardagi 
shariat bo‘yicha axloqiy normalar bajarilishini raislar bajargan. Ular 
qozilar bilan sheriklikda ish olib borishgan. 
Bosh mutavalliy xonlikdagi katta lavozim sanalgan. Mutavalli vaqf 
bo‘yicha masjid, madrasalar faoliyatini boshqargan va nazorat qilgan. 
A’lam muftilar boshlig‘i, tabiblar boshlig‘i (sarvari atibbo, tabiblar 
sarvari) ham markaziy boshqaruv amaldorlari hisoblanadi. 
Amir ul-umaroga xonlikning chegara viloyatlarida qo‘shinni 
qurollantirish va saflash, o‘q-dori va qurol-yarog‘ bilan ta’minlash 
vazifalari yuklatiladi. Asosan u harbiy ta’minotni amalga oshiruvchi 
amaldor bo‘lgan. Ushbu lavozim 1763–1770, 1855–1873-yillardagina 
mavjud edi. 
Davlatdagi shariatga asoslangan sud-jazo normalarini tartibga solish, 
ijrosini nazorat etish ishlarini qozikalon boshqargan. U qozilar ishlari 
nazorati, ular chiqargan ayrim hukmlarni bekor qilish ishlarini bajargan. 
Qozilarni mansabga tayinlash ishlarini xon tasdig‘idan o‘tkazib olgan. 
Yer-mulk, qarz tilxati kabilarga muhr bosgan. Aytish lozimki, joylardagi 
qozilar qozikalon tavsiyasi, ammo, xon hukmi bilan mansabga tayinlanib, 
ozod qilinganlar. Qozi askar yoki qozi urdu harbiy sud ishlarini amalga 
oshirgan. Harbiy safarlarda xon bilan birga ishtirok etishi shart bo‘lgan. 
Tasodifiy yoki baxtsiz hodisalar to‘g‘risida hukm chiqarish uning 
zimmasida bo‘lgan. 
Suv xo‘jaligi sohasi mirobboshi tomonidan boshqarilgan. Naqib 
ruhoniylar va ta’lim-tarbiya sohasidagi mutasaddilar boshlig‘i, saroydagi 
diniy-siyosiy, xarajat ishlarni nazorat etuvchi va urush oldidan harbiy 
ishlarning moliyaviy tomonlarini tartibga solish bilan shug‘ullangan.
Yasovulboshi shaxsan xon muhofazasi, saroy qo‘riqchiligi, maxfiy 
mahkama va harbiy ishlarda rahbarlik faoliyatini amalga oshirgan. Unga 
yasovullar, mirshablar, mahallalardagi militsiya xizmatini o‘tovchi 
dorug‘alar, urug‘lar ichidagi bahodurlar, shotirlar, saroydagi eshikog‘alari 
bo‘ysungan. XX asr boshlarida saroyda yasovulboshi lavozimining 
mavqei oshadi. 
Saroyda doimiy majburiyat yuklatilmagan, lekin davlat ishlarida 
muhim rol o‘ynovchi, xususan xon topshiriqlari ijrosini amalga 
oshiruvchi, xon tomonidan berilgan vaqtinchalik vakolatlardan 
foydalanuvchi va meros tariqasida o‘tuvchi yordamchi mansabdor shaxs 
lavozimlari toifasi va saroy xo‘jalik mansablari (xon chuhralari) joriy 
etilgan. Jumladan, saroyda mahrambegi va mahramlar (xonning bevosita 


 168
xizmatchisi yoki shaxsiy yordamchisi), mirzaboshi (kotiblar boshlig‘i), 
mirza(lar), maxfiy kotib (maxfiy hujjatlarni tayyorlovchi), xazinachi,
xudaychi (davlat boshqaruviga oid barcha hujjatlarni saqlovchi), muftilar,
mushriflareshikog‘asiikki eshikog‘asimunodargon (xon farmonlarini 
xalqqa yetkazuvchi), devon (she’riy devon tartib qiluvchi), poshshob 
(jallod) va boshqa shaxslar faoliyat ko‘rsatgan. 
Qo‘shin boshqaruvida naqib bosh qo‘mondon hisoblangan. 
Yasovulboshidan keyin mingboshi 
mansabi turgan. Mingboshi 
shamxolchi, ya’ni, mergan o‘qchilar dastasiga boshchilik qilgan. Yuzboshi 
ham o‘qchilar boshlig‘i hisoblanadi. Yuzboshilar qo‘l ostidagi sipohi 
(qurollangan harbiy)lar, sarhanglar (harbiy istehkom quruvchilar) va 
qutvollar qazuv va grajdanlik qurilish ishlariga ham jalb etib turilganlar.
Mamlakatda huquq-tartibot ishlari yasovullik, mirshablik, posh-
shoblik, dorug‘alik, kalontarlik, tunqotarlik xizmatlari va qozixonalar 
zimmasida bo‘lib, eshikog‘alari, oqsoqollar, miroblar, o‘nboshi va 
yuzboshi, navkarlar, dorug‘alar, kadxudo, kalontarlar tomonidan amalga 
oshirilgan. 
Butun xonlik miqyosida joylarda asosan shaharlarda mirshablar 
xavfsizlik, jamoat tartibi va intizomni saqlash faoliyat bilan 
shug‘ullangan. Shuningdek, shariat normalarining buzilishini oldini olish, 
qamoq joyi, ya’ni zindonda hukm qilinganlarni saqlash va qo‘riqlash 
ishlarini ham amalga oshirganlar. Ular yuzboshi va yasovulboshiga 
bo‘ysungan. 
Xonlik ma’muriy-hududiy jihatdan viloyatlarga taqsimlangan va 
hokimlar tomonidan boshqarilgan. Quyi boshqaruv oqsoqollar tomonidan 
yuritilgan. Ko‘chmanchi o‘zbek qabilalari boshliqlari, ya’ni oliy 
mansabdor shaxslari «inoq» (jami 4 ta ) deb atalgan. Qoraqalpoq aholisi 
va turkman xalqlarida oliy mansabdor shaxslar «biy» deb yuritilgan. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling