O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

1848-yilgi inqilob va uning german konstitutsiyashunosligi 
rivojlanishi. 1848-yil boshlariga kelib Germaniyada tashqi va ichki 
omillar ta’sirida ishchilar va dehqonlar harakati ko‘rinishidagi inqilobiy 
vaziyat yuzaga keladi. Inqilob hukumatlar oldiga demokratik islohotlar 
o‘tkazishni talab qiladi. Fransiyaga chegaradosh g‘arbiy va janubiy-
g‘arbiy yerlarda liberal (liberal – keyinchalik davlat va ijtimoiy tuzumni 
o‘zgarmasdan qolishini istaydi) burjuaziya g‘alaba qiladi. Burjua 
demokratik harakat ko‘p german davlatlarini qamrab oladi va bir qancha 
demokratik tadbirlar amalga oshiriladi.
Qirol va knazlar Frankfurt-Maynda umumgerman Ta’sis majlisini 
chaqirishga rozilik bildiradilar. 1848-yil bahorda umumgerman parla-
menti (Frankfurt parlamenti, Frankfurt majlisi)ga saylov o‘tkazilgan. 
Unda liberal burjua ko‘p o‘rin olgan. Barcha German davlatlaridan tashkil 
topgan mazkur ta’sis majlisi yagona Germaniyaning yangi, hech 
bo‘lmaganda federal konstitutsiyasini qabul qilishi lozim edi.


 202
Parlament tomonidan Avstriya ersgersogi Iogan muvaqqat imperiya 
noibi lavozimiga saylanadi. Unga yordam berish uchun Muvaqqat 
markaziy hukumat tashkil etiladi. Biroq davlatlarda hokimiyat monarxlar 
qo‘lida qoladi. Biroq parlament o‘z faoliyatining boshidanoq reaksion 
siyosat yurgizadi. Ko‘pchilik a’zolari shovinizm yo‘liga kirib, 
mustamlaka slavyan yerlarini qo‘lda saqlashga harakat qilinadi. 
Dehqonlar masalasida feodal tuzumga qarshi hech bir ish qilinmaydi. 
1848-yil kuzda aksilinqilobning kuchayishi natijasida ishlab chiqilgan 
konstitutsiya loyihasi qog‘ozda qolib ketadi. Burjuaziya va ishchilar, 
dehqonlar va feodallar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga keladi. Frankfurt 
majlisi majburiy tarqatib yuboriladi. 
Natijada Parlament yagona ilgarigi talablarni ro‘yobga chiqarish 
maqsadida Germaniya imperiyasining 1849-yilgi Frankfurt konstitut-
siyasini qabul qilishga kirishadi. 1849-yil 28-martda parlament imperiya 
konstitutsiyasini qabul qiladi. 
Burjuaziya siyosiy ustunlikka erishgan. Germaniyaning barcha 36 ta 
yerlarida o‘z boshqaruv apparatiga ega monarxiya mavjud bo‘lgan. 
German monarxiyalari federatsiyasi o‘rnatilib, unga imperator boshchilik 
qilgan. Umumgerman markaziy hukumati tuziladi. Imperator va amal-
dorlar «imperiyani va nemis huquqlarini qo‘riqlash, imperiya 
konstitutsiyasiga og‘ishmay va vijdonan amal qilish» haqida qasamyod 
qilishi kerak bo‘lgan. 
Konstitutsiyada barcha masalalar aniqlik bilan belgilangan. Federat-
siya subyektlari o‘z konstitutsiyasi va boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan. 
Federatsiya manfaatlarini ko‘zlagan holda imperiya hokimiyatini amalga 
oshiruvchi federal organlar tashkil etilgan. Lekin, ularning tizimi batafsil 
sanab ko‘rsatilmagan. Tashqi siyosatni amalga oshirish, harbiy, iqtisodiy, 
moliyaviy, huquqiy soha, bojxona, pochta-telegraf ishlarini yo‘lga 
qo‘yish, boshqarish va nazorat qilish imperiya vakolatiga kiritilgan. 
Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan sohalar ustidan imperiyaning oliy 
nazorati o‘rnatilgan. Subyektlarning imperiya a’zolaridan boshqa 
davlatlar bilan tuzgan shartnomalari imperiya tasdig‘idan o‘tishi lozim 
bo‘lgan. 
Har qanday federativ birligi shakliga xos bo‘lgan Konstitutsiyaviy 
prinsip – imperiya qonunlari alohida davlatlarning qonunlaridan yuqori 
turadi (agar ularning bo‘ysunish ahamiyati aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa) 
degan prinsip o‘rnatiladi. Mabodo «majburiy emas» deb belgilanmagan 
bo‘lsa, o‘z-o‘zidan majburiydir. 


 203
Konstitutsiya bo‘yicha parlament (reyxstag) quyidagi ikki palatadan 
iborat bo‘lgan: yuqori palata - Davlatlar palatasi ko‘pchilik gersog va 
knazliklardan bittadan, Prussiyadan 40 ta, Avstriyadan 38 ta, Bavariyadan 
18 ta, Saksoniyadan 10 ta, Gamburgdan ikkitadan deputatlar 6 yil 
muddatga saylangan; quyi palata – Xalq palatasi imperiya xalqi orasidan 
3 yil muddatga saylangan. 
Qonunlar har ikki palatada qabul qilinishi, hukumat tomonidan 
tasdiqlanishi lozim bo‘lgan. Agar hukumat qonun loyihasini tasdiqlamasa, 
Reyxstag ketma-ket 3 ta sessiyasida hech qanday o‘zgarishsiz qabul qilish 
yo‘li bilan amalga kiritishi mumkin edi. 
Konstitutsiyada German xalqining asosiy huquqlari va ularni ɚɦɚɥɝɚ
ɨɲɢɪɢɲ kafolatlari ham belgilab berilgan. Unga binoan tabaqaviy 
imtiyozlar tugatilgan.
Konstitutsiya garchi qog‘ozda qolib ketgan bo‘lsa-da, ma’lum 
darajada progressiv ahamiyat kasb etgan. Unga ko‘ra, federal 
Germaniyani Prussiya yoki Avstriya qiroli boshqarishi kerak edi. Biroq, 
Prussiya qirolining Germaniyada tan olinishi boshqa davlatlarning 
qarshiligini keltirib chiqardi. 
Tez orada Frankfurt milliy ɦɚɠɥɢɫɢ ԟɚɣɞɚɛ yuboriladi. May oyi 
oxiriga kelib Parlament o‘z majlislarini Vyurtemberg poytaxti 
Shtutgradga ko‘chiradi va oxirgi kunlarini shu yerda o‘tkazib, 
Vyurtemberg hukumati tomonidan haydab yuboriladi. Shu bilan german 
inqilobi tarixi ham tugaydi. 
Keyinchalik Prussiya boshchiligida Shimoliy german davlatlarining 
dastlab 3 ta, keyinchalik 27 tasi qo‘shilgan ittifoq tashkil etiladi. Biroq, u 
Avstriyaning qarshiligiga uchrab tarqatib yuboriladi. Bu davrga kelib 1) 
mahalliy separatizm (ajralib chiqishga intilish); 2) Yevropadagi yirik 
davlatlarning qarshiligi; 3) Avstriya va Prussiyaning gegemonlik uchun 
raqobatini bartaraf etish yo‘li bilan yagona Germaniya davlatini tashkil 
etishga urinishi kuchaygan. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling