O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


-§. Yangi davr Fransiya davlat tuzumi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

1-§. Yangi davr Fransiya davlat tuzumi 
XVIII–XIX asrlardagi buyuk o‘zgarishlar Fransiya davlat 
tuzumini butunlay o‘zgartirib yubordi. XVIII asrning oxiriga kelib 
fransuz qiroli bo‘shab qolgan davlat xazinasini to‘ldirish uchun 175 
yildan buyon chaqirilmagan General shtatlarga murojaat qildi. General 
shtatlar o‘z majlisini 1789-yilning 5-mayida boshladi. Ma’lumki, 
general shtatlar turli xil tabaqa vakillaridan iborat edi. 17-iyun kuni 
uchinchi tabaqa vakillari General shtatlarni Milliy majlisga 
aylantirdilar. Ularga birinchi va ikkinchi tabaqaning ko‘pchilik 
deputatlari qo‘shilgan. Agar General shtatlar delegatlari o‘z okrugi 
bo‘yicha so‘zga chiqadigan bo‘lsa, Milliy majlis deputatlari xalqning 
vakili bo‘lib hisoblanar edi. 
Qirolning buyruqlarini tan olmay, uning roziligisiz Milliy majlis 
1789-yilning 9-iyulida o‘zlarini Ta’sis majlisi deb e’lon qildi. Shunday 
qilib, Ta’sis majlisi yangi davlat organlari tuzish, yangi siyosiy va 
davlat-huquqiy institutlarni yaratish uchun Konstitutsiyani ishlab 
chiqib, uni tasdiqlashni o‘z zimmasiga oldi. Ta’sis majlisi 5-avgustda 
dekret chiqarib, dehqonlarni cherkovga va pomehiklarga qaramligini 
bekor qildi. 
1789-yil 26-avgustda Ta’sis majlisi birinchi konstitutsiyaviy akt 
bo‘lgan inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari Deklaratsiyasini 
qabul qildi. Deklaratsiya kishilarning qonun oldida tengligini, millat 
suvereniteti, xalqning qonunlar ishlab chiqishda ishtirokini, mansabdor 
shaxslarning xalq oldida hisob berishi va ularning mas’ulligini, hoki-
miyatning taqsimlanish prnsipi, xalqning ijtimoiy holatidan kelib chiqqan 
holda soliqlarning olinishini tantanali ravishda e’lon qildi. Deklaratsiyada 
shaxs huquqlarining kafolatlari va qonuniylik prinsipi o‘z tasdig‘ini topdi. 
Xususiy mulkning muqaddasligi va daxlsizligi mustahkamlab qo‘yildi. 
Saylov qonuniga ko‘ra, fuqarolar mulk senzi asosida faol va passiv 
guruhlarga bo‘linadi.
Fransiyada 1790-yilga kelib bir qancha muhim dekretlar qabul 
qilinadi. Unga ko‘ra cherkov mulki musodara qilinib, ular milliy 
mulkka aylantiriladi. Cherkovlarning nikoh, tug‘ilish va o‘limni qayd 
qilish huquqi ham bekor qilinadi. Shunday qilib, cherkov davlat 
nazorati ostiga olindi. 


 185
Fransiyada yangi ma’muriy-hududiy birlik joriy qilindi. 
Konstitutsiyaga ko‘ra, Fransiya 83 ta departamentdan iborat bo‘lib, 
ularga o‘z navbatida distriktlar, kantonlar va komunnalar kirar edi. 
Davlatda yagona soliq tizimi joriy etildi. O‘tkazilgan islohotlar 
absolutizmga qattiq zarba berib, fransuz millatining birligini mustah-
kamladi. 
1791-yilning 13-sentabrida Konstitutsiya qabul qilinib, uning 
preambulasiga inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari Deklarat-
siyasi asos qilib olindi. Konstitutsiyaning ikkinchi qismi hokimiyat-
ning oliy organlari va ularning tuzilishiga bag‘ishlandi. 
Konstitutsiyada qirol o‘zining muhim huquqlarini saqlab qolshi 
mustahkamlab qo‘yildi. Shuning uchun boshqaruv shakliga ko‘ra 
fransuz davlati konstitutsiyaviy monarxiya shakliga ega bo‘ldi. Oliy 
qonun chiqaruvchi organ bo‘lib, bir palatali qonun chiqaruvchi korpus 
hisoblandi. Ijro hokimiyati qirol va uning vazirlari qo‘lida qoldi. Qirol 
armiya va flot qo‘mondoni bo‘lib hisoblanardi. Shu bilan birga, jamoat 
tartibotiga ham mas’ul edi. Sud hokimiyati mustaqil bo‘lib, bir umrga 
saylangan shaxslar tomonidan amalga oshirilgan. 
Fransuz xalqi inqilob natijalaridan norozi bo‘lib, 1792-yilning 10-
avgustida isyon ko‘taradi. Hokimiyat bir qancha vaqt Parij 
Kommunasi qo‘liga o‘tadi. Monarxiya yo‘q qilinadi. Qonun 
chiqaruvchi organ qirolning kamoqqa olinishiga rozi bo‘ladi. Ta’sis 
majlisi tarqatib yuborilganligi sababli, qonun chiqaruvchi organ milliy 
konventni chaqirish to‘g‘risida dekret chiqaradi. Milliy konvent 
deputatlarini saylashda fuqarolarni faol va passiv guruhlarga bo‘lish 
bekor qilinadi. 
Umumiy saylov huquqi asosida saylangan Milliy konvent 21- 
sentabrda monarxiyani tarqatib yuborishni e’lon qildi. Fransiya 
respublika deb e’lon qilindi. Ammo yakobinchilar va jirondistlar 
o‘rtasida kurash to‘xtamadi. Monarxiya tarafdorlari (jirondistlar) qirol 
ustidan sud o‘tkazilishiga qarshi chiqadilar. Ammo yakobinchilar 
o‘limga hukm qilish uchun ovoz berdilar va 1793-yilning 21-
yanvarida qirol gilyotinada qatl qilindi. 
31-may va 2-iyunda Parijda qo‘zg‘olon bo‘lib, qo‘zg‘olon 
ishtirokchilari jirondist deputatlarni qamoqqa olishni talab qildilar. 
Ularning talabi bajarildi. Konventning ko‘pchiligini endi yakobin-
chilar tashkil etadigan bo‘ldi.
1793-yilning 24-iyunida yakobinchilar, jirondistlarning hoki-
miyatni zo‘rlik bilan o‘z qo‘llariga olgan, degan ayblovlariga javoban 


 186
Fransiyaning demokratik Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlaydilar. 
Konvent tantanali ravishda Konstitutsiya loyihasini ma’qullaydi va uni 
umumxalq muhokamasiga taqdim etadi. Fransuz millati ham ushbu 
loyihani ma’qullaydi. 
Konstitutsiyaga ko‘ra, Fransiya respublika boshqaruv shaklini 
oldi. Konstitutsiya barcha fransuzlar uchun yagona bo‘lgan saylov 
huquqini joriy etdi. Fuqarolar 21 yoshdan saylov huquqiga ega bo‘ldi. 
Deputatlarni saylash bevosita teng huquqlilik asosida amalga 
oshiriladigan bo‘ldi. Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat fransuz 
millatiga tegishli bo‘ldi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi bir palatalik 
qonun chiqaruvchi korpus ta’sis etildi. Deputatlarning mandati bir yil 
qilib belgilandi. Qonun chiqaruvchi korpus faqat dekret chiqarishi, 
qonunni esa taklif qilish mumkin edi. Agar qoida loyihasini 
departamentlarning 1/10 qismi 40 kun ichida ma’qullasa, u kuchga 
kirar edi. Dekret esa chiqarilgan paytdan darhol kuchga kirar edi. 
Davlat boshqaruv funksiyasi 24 kishidan iborat bo‘lgan Ijroiya 
kengashiga yuklandi. Ijroiya kengashi faqat dekret va qonunlar asosida 
faoliyat ko‘rsatib, qonun chiqaruvchi korpusga o‘z faoliyati yuzasidan 
hisob berishi majbur edi. 
1793-yilning yoziga kelib mamlakatda yakobinchilar diktaturasi 
o‘rnatildi. Diktaturaning oliy organi bo‘lib Konvent hisoblandi. 
Konvent o‘z qo‘liga qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, nazorat etuvchi 
va sud hokimiyatini to‘pladi. Yakobinchilar diktaturasi o‘rnatilishining 
sababi, 1793-yilgi Konstitutsiyani amalga kiritish uchun yangi qonun 
chiqaruvchi korpusni yig‘ish, bu korpusga Konvent deputatlaridan 
birortasi kirishi mumkin emasligi edi. Bunga esa o‘sha paytdagi 
Fransiyaning ichki va tashqi ahvoli yo‘l bermas edi. 
Respublikani qutqarish uchun xalqning inqilobiy diktaturasini 
o‘rnatish, yagona hokimiyat va qattiq intizom kerak edi. Hokimiyat 
umumiy qutqaruv Komitetiga topshirildi. Komitet harbiy, diplomatik, 
oziq-ovqat sohasiga rahbarlik qilib, boshqa barcha organlar unga 
bo‘ysunishi kerak edi. Komitet esa har hafta Konventga hisob berishi 
kerak edi. Komitetning Fransiya davlati oldidagi tarixiy xizmati 
shundan iborat bo‘ldiki, u kuchli armiya yaratib, mamlakatni chet el 
intervensiyasidan saqlab qoldi. 
Yakobinchilar diktaturasi davrida mahalliy boshqaruv markaz-
lashgan tarzda ish olib bordi. Yakobinchilar asosan Parij Kommunasi 
va ularning joylardagi seksion komitetlariga tayanib ish olib bordilar. 


 187
1794-yilning yoziga kelib, Fransiya interventlardan tozalanib, 
asosiy isyonlar bostirildi. Shundan so‘ng yakobinchilar diktaturasiga 
hojat qolmadi. 1794-yilning 27-iyulida Konventning navbatdagi 
majlisida yakobinchilar bilan ularga qarshi kuchlar o‘rtasida olishuv 
bo‘lib, yakobinchilar rahbari Robespyer va uning safdoshlari qamoqqa 
olinadi hamda sudsiz ularni gilyotinada qatl ettiradi. 1793-yilgi 
Konstitutsiya bekor qilindi. Shunday qilib, to‘qqiz termidorlarning 
hokimiyatga kelishi yakobinchilar diktaturasiga barham berdi. 
1795-yili yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Konstitutsiyaga ko‘ra, 
Oliy qonun chiqaruvchi korpus ikki palata – oqsoqollar kengashi va 
beshyuzlar kengashidan tashkil topdi. Ularni saylash uchun ikki 
darajali saylovlar tashkil etilib, saylovchilar uchun qonun chiqaruvchi 
korpusning besh a’zosiga berildi. Bu davrdagi Fransiya davlati 
hokimiyati Direktoriya nomini oldi. 
1799-yil 9-noyabrda inqilob davrida generallikka erishgan 
Napoleon Beshyuzlar kengashi raisi va Direktoriyaning ikki a’zosi 
bilan kelishib, Direktoriyani tarqatib yuboradi. «Napoleonning o‘n 
sakkiz bryumeri» nomini olgan bu davlat to‘ntarishi Fransiyada harbiy 
diktaturaning o‘rnatilishiga olib keldi. 
1799-yilda Fransiyada navbatdagi Konstitutsiya qabul qilinadi. 
Konstitutsiyaga ko‘ra Fransiya davlat boshqaruv shakli respublika edi. 
Qonun chiqarish hokimiyati Davlat kengashi, Tribunat, qonun 
chiqaruvchi korpus va birinchi konsul vakolatiga kirar edi. Ijroiya 
hokimiyati uchta konsul qo‘lida to‘plangan edi. 
1799-yilgi Konstitutsiya umumiy saylov huquqini saqlab qoldi. 
1802-yili plebissit Napoleonni umrbod konsul etib tayinlanishini 
ma’qullaydi. Bu amalda uning imperator bo‘lishi uchun birinchi 
qo‘yilgan qadam edi. 1804-yili Napoleon Bonapart imperator deb 
e’lon qilinadi va respublika tarqatib yuboriladi. 
Armiya, byurokratik apparat, ko‘p sonli politsiya imperiyaning 
mexanizmini tashkil etdi. Imperiyaning ma’muriy apparati armiyani 
ta’minlash bilan shug‘ullanardi. Imperiyani boshqarish qattiq markaz-
lashgan holda olib borildi. Departamentlar yirik ma’muriy-hududiy 
birlik hisoblanib, ular okrug va kommunalarga bo‘lingan. Departa-
mentlarda ma’muriy va politsiya funksiyalarini bajarish prefektlar 
tomonidan olib borilgan. Okrug boshliqlari suprefektlar, shahar 
rahbarlari mer bo‘lib hisoblangan. Mahalliy amaldorlar markaziy 
hokimiyatga to‘liq bo‘ysungan. 


 188
1814-yili Napoleon mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Fransiyada 
monarxiya tuzumi qayta tiklanadi. 1814-yil 4-iyunda qirol Xartiya 
e’lon qiladi. Xartiyaga ko‘ra, Fransiya konstitutsiyaviy dualistik 
monarxiya edi. Qirol keng vakolatlarga ega edi. U davlat boshlig‘i va 
armiyaning bosh qo‘mondoni hisoblanadi. Qirol oldida barcha vazirlar 
mas’uliyatli edi. Barcha amaldorlar qirol tomonidan tayinlanar va 
ozod qilinar edi. Qirolning imzosi bo‘lmasa ham bir qonun kuchga 
kirmagan. 
Parlament perlar va deputatlar palatasidan iborat bo‘ldi. Perlar 
palatasi ikki bosqichli saylovlar bo‘yicha saylangan. Saylanadigan 
shaxslarning yoshi katta bo‘lishi va katta mulkka ega bo‘lishi kerak 
edi. Burbonlar dinastiyasining mutlaq monarxiyani qayta tiklashi 
qarshilikka uchradi va 1830-yilga inqilob natijasida qirol almashdi 
hamda u o‘z xartiyasini e’lon qildi. 1830-yilgi Xartiyaga ko‘ra, 
parlamentning qonun chiqaruvchi vakolati oshdi. Saylovchilarning 
mulkiy senzi kamaytirildi. Qirol parlament ishtirokisiz qonun chiqara 
olmas edi. Perlarning merosiy unvoni bekor qilinib, cherkov huquqlari 
ham cheklangan. Umuman olganda, davlat mexanizmi o‘zgarmasdan, 
siyosiy rejimda o‘zgarish sodir bo‘ldi. 1830-yilgi inqilobdan keyin 
Fransiya davlat boshqaruv shakli parlamentar boshqaruv shaklini oldi. 
1848-yil fevralda Fransiyada navbatdagi inqilob bo‘lib o‘tadi. 
Buning natijasida Fransiyada ikkinchi respublika o‘rnatiladi. Qirol 
taxtdan voz kechadi va chet elga qochib ketadi. 1848-yilning 4-
noyabrida Ta’sis majlisi Fransiyaning yangi Konstitutsiyasini qabul 
qiladi. Konstitutsiya Fransiya davlat boshqaruv shaklini respublika 
deb e’lon qildi. Hokimiyatning taqsimlanish prinsipi hukumatning 
mavjud bo‘linishini birinchi zaruriy sharti qilib qo‘yildi. Qonun 
chiqaruvchi hokimiyat vakolati bir palatali Milliy majlisga berildi. 
Yashirin ovoz berish yo‘li bilan umumiy saylov e’lon qilindi. Erkaklar 
uchun saylov yoshi 21 yosh qilib belgilandi. Saylov huquqi ham ikki 
turdan faol va passiv saylov huquqidan iborat edi. Milliy majlisga 
saylanuvchilar passiv saylov huquqiga ega bo‘ldilar. Ularning saylov 
yoshi 25 yosh qilib belgilandi. 
1870-yilning sentabrida Parijda milliy gvardiya batalyoni tashkil 
etiladi. Milliy gvardiyaning Markaziy komiteti yangi tashkil 
etilayotgan xalq hokimiyatning bir bo‘g‘ini bo‘lib hisoblandi. 
Markaziy hokimiyat boshchiligidagi milliy gvardiya 1871-yilning 18-
martida Parijda hokimiyatni qo‘lga oladi va Parij kommunasi davlatini 
e’lon qildi. Bu davlat 72 kun yashaydi. 


 189
Kommunani e’lon qilish 28 marta tantanali ravishda amalga 
oshirildi. Kommuna Kengashi quyidagi o‘nta komissiyadan iborat edi: 
harbiy komissiya, ichki ishlar komissiyasi, umumiy xavfsizlik ken-
gashi, tashqi ishlar komissiyasi, sud komissiyasi, moliya komissiyasi, 
mehnat komissiyasi, oziq-ovqat komissiyasi, ta’lim komissiyasi, 
umumiy harakat komissiyasi. Kommunaning oliy organi bo‘lib Ijroiya 
komissiyasi hisoblandi. 1-mayda bu komissiya asosida ijtimoiy 
qutqaruv Komiteti tuziladi.
Parij shahri 20 ta okrugga bo‘linib, har bir okrug munitsipal mer 
tomonidan boshqarilgan. Ular Kommunaga bo‘ysungan. Hamma 
muhim uchastkalarda komissarlar ish olib borar edi. Komissiyalar 
siyosiy klub va kasaba uyushmalar bilan hamkorlikda ish olib borar 
edilar. 1871-yil 29-martda Kommuna dekret chiqarib, eski armiyani 
tarqatib yuboradi va ishchilar armiyasini tuzadi. Prefekturadan 
politsiya tizimi ham tugatilib, xalqning o‘zi jamoat tartibini saqlash va 
fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni o‘z zimmasiga oldi. Ma’lu-
motlarga qaraganda, Parij kommunasi mavjud bo‘lgan davrda, bironta 
ham jinoyat sodir etilmagan. 
Parij Kommunasida amaldorlarning ham saylanishi va almashtirib 
turilishi joriy qilindi. Amaldorlar va ishchilarning oylik maoshi bir xil 
qilib belgilandi. 
Kommuna sud islohotlarini ham amalga oshirdi. Sud maslahat-
chilari yosh senzi kamaytirildi. Milliy gvardiyada xizmat qilgan har 
bir kishi sud maslahatchilari bo‘lishi mumkin edi. Sudyalar Kommuna 
dekretlari asosida qaror chiqarish huquqiga ega edi. Mayda huquqbu-
zarliklar sulhparvar sudyalar tomonidan ko‘rib chiqilgan. Sulhparvar 
sudyalar aholi tomonidan saylangan. Mulkiy va oilaviy munosabat 
kabi murakkab ishlarni ko‘rib chiqish uchun fuqarolik sudi palatasi 
tuzilgan.
Kommuna tomonidan yana bir muhim qo‘yilgan qadam – barcha 
eski qonunlarni bekor qilish edi. Dekret bilan cherkov davlatdan 
ajratildi. 16-aprelda dekret chiqarilib ishlab chiqarish ustidan ishchi 
nazorati o‘rnatildi.
19-aprelda Kommuna Fransuz xalqi Deklaratsiyasini qabul qiladi. 
Deklaratsiya har bir kommunaga keng avtonomiya huquqini berdi. 
Kommuna davlat tuzilishi shakliga ko‘ra federativ davlatni eslatar edi.
1871-yilning 28-mayida Versalga yashiringan eski hukumat 
Parijni egallaydi va 22 tribunal tuzib kommunarlardan o‘ch oladilar. 
Vaqtinchalik prezident Fransiya davlati boshqaruv shaklini qanday 


 190
bo‘lish kerakligi haqidagi masalani o‘rtaga tashlaydi. Milliy Majlis 
a’zolari turli deputatlardan tashkil topganligi bois bir xil deputatlar 
respublika boshqaruv shakli tarafdorlari, boshqalari monarxiya 
tarafdorlari, uchinchilari imperiyani tiklashni yoqlab chiqdilar. 
Fransiya davlati boshqaruv shakli bo‘yicha bahs 1875-yilning 
yanvargacha cho‘zildi. 1875-yilning 30-yanvarida Milliy Majlis 
universiteti o‘qituvchilari Vallon taklifi bilan Fransiyani respublika 
deb e’lon qildi. 
1875-yilda Uchinchi Fransiya Respublikasining Konstitutsiyasi 
qabul qilinadi. Konstitutsiya bir-biri bilan bog‘liq uchta qonundan 
iborat edi. Birinchi qonun davlat hokimiyatini tashkil etish to‘g‘risida 
bo‘lib, 25-fevralda kuchga kirgan. Unga ko‘ra, qonun chiqaruvchi 
hokimiyat deputatlar palatasi va senatdan iborat bo‘ldi. Quyi palata 
umumiy saylov huquqi asosida shakllanishi kerak edi. Ammo hamma 
deputatlar ham saylovda ishtirok eta olmasdi. Ayollar ovoz berish 
huquqiga ega emas edilar.
Ovoz berishning majoritar tizimi joriy etildi: birinchi turda mutlaq 
ko‘pchilik, ikkinchi turda nisbiy ko‘pchilik ovozi bilan deputatlar 
saylangan. 
Deputatlar palatasining vakolatiga qonunlarni qabul qilish va 
budjetni tasdiqlash kirar edi. Hukumat milliy majlis oldida mas’ul 
bo‘lgan. Hukumatga ishonchsizlik bildirilganda, ular iste’foga chiqishi 
belgilab qo‘yildi. Vazirlar Mahkamasining muntazam almashib turishi 
Uchinchi Respublika uchun xarakterli bo‘lgan. Chunki Fransiya 
parlamentida ko‘pdan-ko‘p partiya fraksiyalari mavjud bo‘lib, ular bir-
biri bilan murosaga kelmagan. 
Senat 300 deputatdan iborat bo‘lib, uning 75 tasi deputatlar 
palatasi tomonidan umrbod muddatga, qolgan 225 deputatlar departa-
mentlar tomonidan saylangan. Senatni tashkil etish to‘g‘risidagi qonun 
1875-yilning 24-fevralida qabul qilingan. Senat prezident, vazirlar 
ustidan nazoratni amalga oshirgan hamda davlat xavfsizlik 
masalalarini ko‘rib chiquvchi Oliy sud funksiyasini bajargan. Senat 
qonun chiqarish tashabbusiga ega bo‘lgan. Oradan to‘qqiz yil o‘tgach 
senatorlar faqat saylov asosida saylanadigan bo‘ldi. 
Deputatlar palatasi va senat Fransiya davlati parlamentini tashkil 
etgan. Parlament vakolatiga qonunlarni qabul qilish, prezidentni 
saylash, hukumat faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish kirgan. 
Qonunlarni qabul qilishda ikki palata tomonidan qonun matnining bir 
xil bo‘lishiga erishish talab qilingan. 


 191
1875-yil 16-iyuldagi davlat hokimiyatiga munosabat to‘g‘risidagi 
qonun prezident vakolatlarini to‘la yoritib bergan. Prezident ikkala 
palataning yashirin ovoz berish yo‘li bilan yetti yil muddatga 
saylangan. Qayta ikkinchi muddatga ham saylanishi mumkin bo‘lgan. 
Prezidentning vakolatiga quyidagilar kirgan: qonunchilik tashabbusi, 
armiyaga qo‘mondonlik qilish, mansabdor shaxslarni tayinlash va 
mansabdan ozod qilish, davlat boshlig‘i funksiyasini bajarish. 
Prezident senatning roziligi bilan deputatlar palatasini tarqatib 
yuborish yoki uning majlisini keyinga qoldirishi mumkin edi. 
Prezident yashirin xalqaro shartnomalar tuzish vakolatiga ega bo‘lgan. 
Ammo urush e’lon qilish uchun palataning roziligini olish zarur edi. 
Oliy sud prezidentni faqat davlatga xiyonat qilishda ayblagandagina 
sud qilish mumkin bo‘lgan. 
Shunday qilib, 1875-yilgi konstitutsiyaviy qonunlar respublika 
boshqaruv tizimini joriy qildi. Bu Konstitutsiyaviy qonunlar bir necha 
o‘zgartirishlar bilan ikkinchi jahon urushi davrigacha amalda bo‘lgan. 
1876-yili parlamentga bo‘lgan saylovlarda respublikachilar 
ko‘pchilik ovoz oladilar. Prezidentning deputatlar palatasini tarqatib, 
monarxiyani tiklash uchun amalga oshirgan davlat to‘ntarishi 
muvaffaqiyatsiz chiqdi. Bo‘lib o‘tgan saylovlarda respublika taraf-
dorlari g‘olib chiqqan. 
1884-yilda qabul qilingan konstitutsiyaviy qonunga tuzatishlar 
respublika boshqaruv shaklini qayta ko‘rib chiqishni qat’iy taqiqlab 
qo‘ydi. Shunday qilib, monarxiyani tiklash to‘g‘risidagi har qanday 
bahslar o‘z ma’nosini yo‘qotdi. Qirol sulolasidan Prezident saylash 
ham mumkin emas edi. 
1888-yili Fransiyaning harbiy vaziri davlat to‘ntarilishini amalga 
oshirishga urindi, ammo bu urinishni hech kim qo‘llab-quvvatlamadi. 
Qirol sulolasi vakillari armiyadan haydab chiqarildi, monarxistlar 
xorijga ketishga majbur bo‘ldilar. Alohida qonunlar chiqarilib so‘z 
erkinligi, yig‘ilishlar o‘tkazish, matbuot erkinligi qayta tiklandi. 
Kasaba uyushmalarini tashkil etishga ruxsat berildi. 
1880–1890-yillar ichida respublikachilar prezidentning ba’zi bir 
muhim vakolatlarini vazirlar kengashiga o‘tkazishga erishdilar. 
Natijada asosiy hokimiyat vazirlar qo‘liga o‘tdi. Ikkinchi jahon 
urushigacha bo‘lgan saylovlarda saylangan barcha Prezidentlar 
vazirlar qo‘lida o‘yinchoq bo‘lib qoldi. Haqiqiy siyosiy hokimiyat 
Vazirlar Mahkamasi qo‘lida to‘plandi. 


 192
Yangi davrda Fransiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari 
davlat mexanizmida muhim o‘rinni egallagan. Yuqorida aytib o‘tga-
nimizdek, 1789-yilgi inqilob natijasida Fransiya politsiya tizimida 
qisman islohotlar amalga oshirildi. Imperator Napoleon davrida 
Fransiya politsiya xizmatining funksiyalari va tuzilishi belgilab 
chiqilgan bo‘lib, ular birinchi jahon urushigacha o‘zgarishsiz qoldi. 
Ko‘rib chiqilayotgan davrda Fransiya politsiyasi markazlashtirilgan va 
byurokratlashtirilgan bo‘lib ikki bo‘g‘indan iborat edi: umumdavlat 
politsiyasi va munitsipal politsiya. 
Napoleon hukmronlik davrida jinoiy politsiyadan tashqari 
Napoleonning shaxsiy politsiyalari ham mavjud edi. Ulardan biri 
jinoiy politsiya rahbarining xatti-harakatlarini kuzatib borgan. 
Munitsipal politsiyaning asosiy vazifasi joylarda jamoat 
xavfsizligini ta’minlashdan iborat bo‘lgan. Munitsipal politsiya ikki 
qismdan, ya’ni sud politsiyasi va ma’muriy politsiyadan iborat 
bo‘lgan. Departament, okrug va shahar boshliqlari o‘z vaqtida polit-
siya vazifasini ham bajarib (prefekt, subprefekt, mer)ning vakolatlari-
ga ega edi. Ular munitsipal politsiyani ham nazorat ostiga olib, o‘z 
faoliyati uchun faqat ichki ishlar vaziri oldida mas’ul bo‘lgan. Shu 
bilan birga, harbiy politsiya va jandarmeriya bo‘limlari bo‘lib, miting 
va namoyishchilarni tarqatib yuborishda keng qo‘llanilgan. 
Politsiya apparat tizimida politsiya komissari lavozimi muhim 
o‘rinni egallagan. Jinoyatchilarni qidirib topish, ushlash, dastlabki 
tergovni o‘tkazish va tergovni olib borish politsiya komissarining 
funksiyasiga hisoblangan. Parij prefekti ichki ishlar vazirining o‘rin-
bosari lavozimiga ega bo‘lib, politsiya xizmatida muhim o‘rinni 
egallagan. 
Fransiya adliya tizimi uch bo‘g‘inli tizim asosida shakllangan: 
sulhparvar sudyalar, axloq tuzatish politsiyasi sudlari, o‘z maslahat-
chilariga ega bo‘lgan assiz sudlari. Sulhparvar sudyalar huquqbuzar-
liklar bo‘yicha ishlarni, axloq tuzatish politsiyasining sudlari qilmish 
bo‘yicha ishlarni ko‘rib hal qilgan. Fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha 
oliy instansiya sudi kassatsiya sudlari edi. Sudyalar umrbodga 
tayinlangan bo‘lib, hukumat nazorati ostida bo‘lgan. 
Mayda va siyosiy huquqbuzarliklar soddalashtirilgan tartibda 
ko‘rib chiqilardi. Bunday ishlarda asosiy isbot-dalil, politsiya 
tomonidan chiqarilgan protokol, mansabdor shaxs va uning agent-
larining ko‘rsatmasi bo‘lib hisoblangan. Shundan so‘ng hukm chi-
qarilgan. 


 193

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling