O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
Vena kongressi va German ittifoqining tashkil topishi. Fransiyaning
mag‘lubiyatidan so‘ng 1814-yilda chaqirilgan Vena kongressi Germaniyaning parchalanib ketishini oldini olib, German ittifoqini tuzish borasida bir qator qarorlar qabul qiladi. Yangi tuzilgan German ittifoqi (Muqaddas ittifoq) a’zoligiga nemis davlatlari va Avstriya imperiyasiga qarashli yerlarning bir qismi kiradi. 200 Ittifoq 34 ta monarxiya va 4 ta erkin shahar (Gamburg, Berman, Lyubek va Frankfurt-Mayn) dan tashkil topgan. Biroq, kongress barcha nemis davlatchiligini qaytadan tiklay olmaydi. G‘arbiy German o‘lkalarida fransuz burjua tartiblarining ta’siri va Napoleon kodeksi saqlanib qolgan. Ittifoqda mustahkam o‘zaro aloqa, yagona tartib bo‘lmagan. Uning oliy organi «Ittifoq seymi» (Bundestag) deb atalgan. U hamma ittifoq a’zolarini birlashtirgan holda nemis podsholari vakillarining kengashi hisoblangan. Seym qarorlari suveren podsholar tan olgan taqdirdagina majburiy hisoblanadi. Ittifoq kuchsiz konfedratsiyani eslatgan. Uni hududiy jihatdan kichik davlatlardan iborat shimoliy va yirik davlatlardan iborat janubiy Germaniyaga ajratish mumkin. Ittifoqda Avstriya hukumati yuqori mavqega ega bo‘lgan. Uning vakili ittifoqning doimiy vakili, elchixonasi binosi majlislar joyi bo‘lgan. O‘z ahamiyati bo‘yicha Prussiya qirolligi ikkinchi o‘rinda turgan. U hududi, ichki tuzilishi, e’tiqodi, xo‘jaligi bo‘yicha ko‘p sonli sharqiy va g‘arbiy provinsiyalarga bo‘lingan bo‘lib, mustahkam bo‘lmagan. Prussiya qiroli Fridrix-Vilgelm III provinsiyalar boshqaruvi bo‘yicha maslahat xarakteridagi toifa landtaglarini ta’sis etgan. Sharqiy provinsiyalarda votchina yurisdiksiyasi yunkerlar qo‘lida edi. Bosib olingan polyak yerlari (Poznan va Sileziya) nemislashtirilib, zemstvo huquqi joriy etiladi. G‘arbiy yerlar, ya’ni uzoq vaqt fransuzlar tomonidan idora qilingan yangi provinsiyalar Reyn va Vestfaliyada krepostnoy qaramlikdan tugatilgan. Fransuz burjua tartiblari, demokratik qoidalar amal qilgan. Bu yerda g‘arbda amal qiluvchi pomeshchik yurisdiksiyasi allaqachon tugab ketgan. Ittifoq shimoliy Germaniyasidagi mayda davlatlarning ko‘pchiligida (Meklenburg, Oldenburg, Braunshveyg, Gessen-Kassel) 1815 yildan keyin feodal tuzum mustahkamlangan. Tyuringiya gersogliklari (Saksen- Veymar va Saksen-Meyningen)da yangi konstitutsiyaviy tartiblar joriy qilingan. Janubiy Germaniyadagi 4 ta davlat (Bavariya, Vyurtenberg, Baden, Gessen-Darmshtadt)da Fransiya ta’sirida mahalliy burjuaziyaning talablariga muvofiq konservativ xarakterdagi konstitutsiyalar qabul qilinadi. German davlatlarining birinchi konstitutsiyalari. 1815-yilda German ittifoqi tomonidan Muqaddas ittifoq akti qarorlari qabul qilgan. Ularga amal qilib 1816-yildan 1847-yilgacha ko‘p german davlatlari o‘zlarining birinchi konstitutsiyalarini qabul qilganlar. 201 Ular asosan monarxlar tomonidan in’om qilingan (ya’ni, monarx tomonidan ishlab chiqilib e’lon qilingan) Xartiya, boshqacha aytganda konstitutsiyaviy hujjatlar shaklida bo‘lgan. Ularda jiddiy farqlar bo‘lmagan. Deyarli, barcha konstitutsiyalarda boshqaruv shakli – davlat boshlig‘i monarx, tabaqa-vakillik muassasalari monarx tomonidan nazorat qilinadigan landtag (tabaqa-vakillik muassasalari shunday atalgan) va monarx oldida javobgar hukumatdan iborat qilib belgilangan. Masalan, Buyuk Baden gersogligining 1818-yilgi konstitutsiyasiga ko‘ra, Landtag ikki palatali bo‘lib, yuqori palata monarx tomonidan, quyi palata mulk senzi asoslangan saylovlar orqali shakllantirilgan. Davlat boshlig‘i mutlaq veto huquqiga ega bo‘lib, qonunlarning bajarilishi uchun farmoyishlar, reglamentlar va umumiy farmonlar chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, monarx hokimiyati qonun chiqaruvchi – landtag palatalari tomonidan nisbatan cheklangan. Hukumat faoliyati yuzasidan gersogga va xarajatlar yuzasidan landtagga hisobot berib borgan. Barcha German konstitutsiyalarida demokratik huquq va erkinlik- larning ancha cheklangan doirasi belgilangan. Biroq mavjud huquq va erkinliklarni amalga oshirish kafolatlari yaratilmagan. Xususan, Baden gersogligining konstitutsiyasida vijdon, matbuot, ko‘chib yurish erkinlik- lari, kasb tanlash huquqlari, xususiy mulk va turar-joy daxlsizligi, sudyalarning daxlsizligi va badenliklarning jinoiy ishlarini oddiy sudlarda ko‘rilishini talab qilish huquqi, o‘zboshimchalik bilan qamoqqa olishlarning taqiqlanganligi e’lon qilingan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling