O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
partiyalar faoliyati ko‘zga tashlanmaydi
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ROSSIYA PODSHOLIGI MUSTAMLAKACHILIGI
partiyalar faoliyati ko‘zga tashlanmaydi. Keyinchalik I internatsional ta’sirida 1876-yilda ishchilar partiyasi (1877-yildan «Sotsialistik ishchi partiyasi» deb ataladi), 1892-yil populistlar (xalq) partiyasi tuziladi va Prezident saylov kompaniyalarida qatnashadi. Ularning tarkibiga tarafdorlar va tashkilotlar kirganlar. 1892- yilgi Prezident va kongress saylovi kompaniyasida populistlar yetakchi rol o‘ynaydi. 1901-yilda sotsialistik partiya tuziladi. Uning rahbarlari sotsializm tarafdorlari edi. AQSH Angliyaga qarshi mustaqillik uchun urushda ajralib chiqqan bo‘lsa, Yevropa urushlari hisobiga o‘z chegaralarini ancha kengaytiradi. XIX asrning boshlarida AQSH Atlantika okeani sohili bo‘ylab cho‘zilgan ulkan hududga ega edi (jami maydoni 892 000 kv. milya – 1 mln. 427,2 ming kv. km). Konstitutsiya qabul qilingandan to 1861-yil (fuqarolar urushi)gacha AQSHning hududi sotib olish va agressiya, ya’ni oshkora urushlar natijasida ancha kengayadi. Masalan, 1803-yilda T. Jefferson Napoleondan Luizianani – Missisipi daryosining g‘arbida qoyali tog‘largacha cho‘zilgan juda katta hududni 15 mln. dollarga sotib oladi. Natijada noqonuniy holda Prezident tomonidan sotib olingan Luiziana hisobiga mamlakatning avvalgi hududi ikki baravarga ko‘payadi (2 mln. 752 ming kv. km.). 1818-yilda Ispaniya mustamlakasi hisoblangan va indeyetslar yashovchi Floridani bosib oladi. 1846–1848-yillarda Meksikaga qarshi bosqinchilik urushi uyushtirib, Texas, Kaliforniya, Arizona, Nyu- Meksika, Nevada, Yutani va Koloradoning bir qismini tortib oldi. O‘sha vaqtdagi hududni qo‘shib hisoblaganda, AQSH hududi yirik mustam- lakachi davlatlar hisoblangan Germaniya va Fransiyaning hududidan kattaroq edi. 1850-yillarga kelib, AQSH hududi 3 mln. kv. milyaga – 4 mln. 800 ming kv.km.ga yetgan edi. Bu hududni O‘rta Osiyo bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, u jami 1 mln. 984 ming kv. km.ni tashkil etadi. AQSH hududi esa undan O‘rta Osiyo hududidan deyarli 2,5 baravar katta. Shtatlarning soni yarim asr mobaynida 16 tadan 30 taga, aholisi esa 1800-yildagi 5 mln. 300 ming kishidan 1850-yilga kelib 23 mln. 200 ming kishidan ortib ketadi. Aholi har 10-yilda 1/3 hissa ko‘payib borgan. Aholining tez o‘sishi Yevropadagi notinch vaziyat, Irlandiyada ochlik yuz berishi, Kaliforniyada oltin konlari topilishi natijasida immigrantlarning oqib kelishi hisobiga sodir bo‘ladi. Bu jihatidan AQSH o‘ziga xos tarixga ega. Keyingi o‘n yilliklarda ham AQSH o‘z hududiy ekspansiyasini eskicha usullar bilan amalga oshirishda davom etdi. 1867-yilda Rossiya 225 podshosi Aleksandr II AQSHga ulkan Alyaskani (uning maydoni Fransiyaning maydonidan deyarli 3 baravar katta edi) juda arzimagan 7,2 mln. dollarga sotadi. 1898-yilgi ispan-amerika urushi natijasida AQSH Puerto-Riko, Gdem oroli va Filippinni egallab oldi. Rasman mustaqil deb e’lon qilingan Kubani okkupatsiya qildi. Yangi davrda AQSHda avvalo quldorlar va qullar, quldorlar va qulchilik tuzumiga qarshi fuqarolar o‘rtasida kurash davom etadi. Boshqacha aytganda, AQSHning fuqarolik urushi – bu qulchilikka qarshi adolatli xalq urushi, deya e’tirof etiladi. XIX asr o‘rtalarida iqtisodiy inqiroz natijasida inqilobiy vaziyat yuzaga keladi. 1860-yilda quldorlik tuzumi amal qiluvchi Janubiy 11 ta shtat Shimoliy shtatlardan, ya’ni AQSHdan ajralib chiqqanligini e’lon qiladi. Ular o‘z konventida quldorlik davlati – Amerika shtatlari konfederatsiya tuzilganligini e’lon qiladi va o‘z Prezidentini saylaydi. Shu bilan birga, o‘z Konstitutsiyasini ham qabul qiladilar. Shimoliy va Janubiy Amerika o‘rtasidagi bo‘linish Avraam Linkoln davrida 4 yil davom etadi va 1865-yil 26-mayda tugaydi. Fuqarolik urushi oqibatida Avraam Linkoln davrida prezidentlik hokimiyati ancha kuchayadi. Bu AQSH tarixining keyingi davrlarida ham kuchli prezidentlik hokimiyatining o‘rnatilishiga muhim ta’sir ko‘rsatgan. Keyingi davrlardagi fuqarolar harakati ko‘proq ishchi sinflar tomonidan amalga oshirildi. Ular ommaviy harakatga rahbarlikni olib boradilar. Bu borada ishchilar turli partiya, federatsiya, ittifoq va harakatlarga birlashadilar. Janubiy shtatlar ittifoqqa 12 yildan so‘ng batamom birlashtiriladi. Keyingi davrlarda AQSHning ikkala mintaqasidagi ijtimoiy va iqtisodiy ahvol tobora birxillashib boradi. AQSH fuqarolar urushidan so‘ng jadal sur’atlarda rivojlanib, agrar respublikadan industrial davlatga aylanadi. AQSH tarkibiga 12 ta yangi shtat qabul qilinadi. Ijtimoiy tuzumda quldorlik tuzumi amal qilgan. 1860-yilda Senat qulchilikni AQSHning hamma hududida qonuniy deb e’lon qiladi. Janubiy shtatlarda negrlar huquqiy holatini o‘rnatuvchi «qoralar kodeksi» joriy qilinadi. Unda negrlarning oq tanlilar bilan nikohda bo‘lishi kabi qator huquqlari taqiqlangan. «Faqat o‘lgan indeyetsgina yaxshi» shiori ostida hukumat tomonidan indeyetslarga qarshi urush olib borilib, ularni maxsus rezervatsiya (chekka hudud)larga haydab, muhtojlikka chiday olmay qirilib ketishiga olib kelingan. Avraam Linkoln (1862–1865-y.) prezidentlik davrida qulchilikni tugatishga qaratilgan islohotlar o‘tkaziladi. 1865-yil fevralda Kongress 226 mamlakatda qulchilikni taqiqlash to‘g‘risida Konstitutsiyaga XII tuzatishni qabul qiladi. 1868-yilda hamma aholining fuqarolik tengligi haqida Konstitutsiyaning XIV tuzatishi kuchga kiradi. Bu tuzatish bir asrga qadar amalda o‘z ifodasini topmaydi. AQSHning imperiyaga aylanishi asosan markaziy hokimiyat organlari funksiyasini kengaytirishga qaratilgan o‘zgarishlar orqali amalga oshiriladi. U yuridik xarakterga ega bo‘lsa-da, huquq tizimida mustahkamlanmaydi va «jonli konstitutsiya» deb yuritiladi. Bu davrda AQSH Konstitutsiyasiga 1913-yilda ratifikatsiya qilingan XVI va XVII tuzatishlar kiritiladi. XVI tuzatish Kongressning soliq sohasidagi vakolatlarini kengaytirishga, daromad soliqlari miqdorini belgilashga qaratilib, eng ko‘p daromad solig‘i 6 foizdan oshmasligi o‘rnatiladi. Mazkur XVI tuzatish Prezident Vilson tomonidan o‘tkazilgan bojxona islohoti bilan bog‘liq bo‘lib, natijada 1913-yilda banklarning federal tizimi takomillashtiriladi. XVII tuzatish senatorlarning tayinlanishiga oid eski tartibni bekor qiladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlar joriy qildi. Ilgari ayrim shtatlarning qonun chiqaruvchi majlislari tomonidan saylanadigan senatorlar endi xalqning ovoz berishi bilan saylanadigan bo‘ldi. Bu senatning shakllantirilish tartibini nafaqat demokratlashtiradi, balki uning nufuzi va davlat boshqaruvidagi rolini ham oshiradi. 1910-yilgi «parlament inqilobi» kongress uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ishlarining samaradorligini oshishiga olib keldi. Bu vaqtda quyi palata spikeri 1) doimiy komitetlar a’zolarini tayinlash va 2) ishlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilovchi komitetga a’zolik huquqidan mahrum etiladi. XX asr boshlariga kelib turli partiyalar tashkil topadi va ular Prezident saylovi kompaniyalarida bir-biridan farq qiluvchi dasturlarga ega nomzodlarni ko‘rsatishadi. Bu davrda xalq demokratik xarakterdagi islohotlarni o‘tkazishni, ijtimoiy hayotni yaxshilash borasidagi talablarni ilgari suradi. Xulosa qilib aytganda, XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib yuqorida zikr etilgan koloniyalar Angliyaning qattiq tazyiqi ostida bo‘lganligiga qaramay, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va uning asosida sanoatni yuksalishi Amereka inqilobining asosiy shart-sharoiti hisoblandi hamda AQSHning tashkil topishiga olib keldi. Eng muhim hujjat hisoblangan AQSHning mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu deklaratsiya tiranik (zulmkor) hukumatni ag‘darishga qaratilgan o‘z davrining ijobiy hujjati sifatida qaraladi. Konstitutsiyaviy o‘zgarishlar borasida aytish mumkinki, 1787-yilgi AQSH Konstitutsiyasiga XX asrning boshlariga qadar bo‘lgan davrdayoq asosiy o‘zgartishlar kiritilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling