O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
-§. Fuqarolik jamiyati tushunchasi va mohiyati
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
4-§. Fuqarolik jamiyati tushunchasi va mohiyati
Insonparvar fuqarolik jamiyatini qaror toptirish – O‘zbekiston xalqining ulug‘vor maqsadlaridan biridir. Konstitutsiyaning mazmun va mohiyatidan shu narsa ko‘rinadiki, mamlakatimizda shakllantirilayotgan jamiyat – demokratiya va adolat tamoyillariga tayanuvchi erkin insonlar jamiyati bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov shunday degan edi: «Biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni 322 o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir» 1 . Prezident yana quyidagilarga e’tibor qaratgan edi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati-ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklarini to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ya’ni qonunga bo‘ysunish bir vaqtni o‘zida amal qiladi» 2 . Xo‘sh fuqarolik jamiyatining mohiyatini nima tashkil qiladi, bu qanday jamiyat? Mohiyat jihatidan «fuqarolik jamiyati» iborasi ilmiy adabiyotlarda o‘ziga xos alohida mazmun-ma’no kasb etib, jamiyatning ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan yuqori darajada kamol topganligini, mukammallikka erishganligini anglatadi. Mazkur kategoriya vositasida tarixiy rivojlanish tajribasi asosida orttirilgan mezonlarga javob beruvchi jamiyatning yetukligi, oqilona uyushganligi, adolatliligi va fozilligi izohlanadi. Insoniyatning keyingi asrlardagi taraqqiyoti zamirida to‘plangan ilmiy nazariy talqinlar asosida fuqarolik jamiyati deganda, birinchi navbatda, davlatdan holi bo‘lgan mulkiy, bozor tartiblari, oilaviy, ahloqiy – ma’naviy munosabatlar sohasi tushuniladigan bo‘ldi. Shu ma’noda, ma’rifiy, xususiy, g‘ayrirasmiy, nosiyosiy hayot sohasi majmui tarzida talqin etiladigan fuqarolik jamiyati tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning davlat nazorat qilmaydigan manfaatlarini amalga oshirish olami sifatida ta’riflanadi. Masalan, Gegelning ta’biriga ko‘ra, fuqarolik jamiyati – bu eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan manfaat (ehtiyoj)lar tizimi. Shuningdek, din, oila, tabaqalar, davlat tuzumi, huquq, axloq, burch, madaniyat, ta’lim, qonunlar va subyekt (inson)larning ulardan kelib chiquvchi o‘zaro uzviy yuridik aloqalari majmuidir. Insonlar tabiiy, «nomadaniy» holatdan «fuqarolik jamiyatiga o‘tishlari lozim, zero aynan shu jamiyatda huquqiy munosabatlar asl voqelikka aylanadi» 3 . Gegel bu jamiyatni burjuacha ishlab chiqarish munosabatlari majmui sifatida tushungan, shu bilan birga, uning quyidagi ikki asosiy prinsipini alohida ajratib ko‘rsatgan: 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧɧɢɧɝ ɫɢɺɫɢɣ-ɢɠɬɢɦɨɢɣ ɜɚ ɢԕɬɢɫɨɞɢɣ ɢɫɬɢԕɛɨɥ- ɥɚɪɢɧɢɧɝ ɚɫɨɫɢɣ ɬɚɦɨɣɢɥɥɚɪɢ. – Ɍ., 1995. – Ȼ.14. 2 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ XXI ɚɫɪɝɚ ɢɧɬɢɥɦɨԕɞɚ: ɯɚɜɮɫɢɡɥɢɤɤɚ ɬɚԟɞɢɞ, ɛɚɪԕɚɪɨɪɥɢɤ ɲɚɪɬɥɚɪɢ ɜɚ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɤɚɮɨɥɚɬɥɚɪɢ. – Ɍ., 1997. – Ȼ.173. 3 Ƚɟɝɟɥɶ. Ɋɚɛɨɬɢ ɪɚɡɧɵɯ ɥɟɬ. Ɍ.2. – Ɇ., 1973. – ɋ. 50. 323 birinchidan, shaxslar o‘z xususiy manfaatlaridan kelib chiqib harakat qiladilar; ikkinchidan, insonlar shunday ijtimoiy munosabatlar tizimini vujudga keltiradilarki, bunda har kim boshqa kimsaga bog‘liq bo‘ladi, ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlik mavjud bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati – davlatdan mustaqil va undan holi munosabatlar hamda vositalar tizimi bo‘lib, u shaxs va jamoalarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy hayot sohalaridagi xususiy manfaat va ehtiyojlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi. Fuqarolik jamiyati insonlarning xususiy manfaat va ehtiyojlari sohasi (shu sohadagi munosabatlar yig‘indisi)dan iboratdir. Ma’lumki, fuqarolar huquq va erkinliklarining aksariyat qismi mana shu xususiy hayot sohasida ro‘yobga chiqariladi. Biroq buning zamirida turgan individualizm haddan (muayyan me’yordan) oshmaydi, shaxsning ijtimoiy hayotdan ajralib qolishiga, begonalashuviga olib kelmaydi. Chunki individlar o‘z xususiy manfaatlarini ta’minlash uchun birlashib, turli uyushma va tashkilotlarni vujudga keltiradilar. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling