O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
Ʌɨɤɤ Ⱦ. ɂɡɛɪɚɧɧɵɟ ɮɢɥɨɫɨɮɫɤɢɟ ɩɪɨɢɡɜɟɞɟɧɢɹ. Ɍ.2. – Ɇ., 1960. – ɋ. 116.
3 O‘sha joyda. – Ȼ. 16–17. 4 Ɇɨɧɬɟɫɤɶɟ ɒ.Ʌ. ɂɡɛɪɚɧɧɵɟ ɩɪɨɢɡɜɟɞɟɧɢɹ. – Ɇ., 1955. – ɋ. 289. 309 Huquqiy davlat nazariyasining falsafiy isboti va talqini I. Kant qalamiga mansubdir. Uning davlat va huquq haqidagi qarashlari «Fe’l- atvor metafizikasining asoslari to‘g‘risida» (1785), «Amaliy aql tanqidi» (1788), «Huquq to‘g‘risidagi ta’limotning metafizik asoslari» (1797), «Boqiy dunyoga» (1793) asarlarida bayon etilgan. Kant falsafasining mohiyati, uning o‘z ta’biri bilan aytganda, transsendental idealizmdan iborat bo‘lib, obyektiv olamni uni o‘rganuvchi subyektning ongidan tashqari anglash mumkin emasligidadir 1 . I. Kant davlatga ham idealistik pozitsiyadan yondashadi. «Davlat, – deydi u, – bu huquqiy qonunlarga itoat etuvchi kishilar jamoasining birligidir». Kant fikriga ko‘ra: davlatning farovonligi davlat tuzilishining huquqiy prinsiplar bilan oliy darajada muvofiqlashganligiga bog‘liqdir; bunday muvofiqlikka bizni qat’iy imperativ orqali aql majbur qiladi. Kant falsafasida davlatchilik sohasida qat’iy imperativ talablarini amalga oshirish davlatning hokimiyatlar taqsimlanishi bilan birga huquqiy tashkil etilishidir. Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi mavjudligi yoki yo‘qligi munosabati bilan u boshqaruvning ikki shaklini: respublika (mohiyatan bu huquqiy davlatdir) va despotiyani bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi. I. Kantning xalq suvereniteti g‘oyasidan kelib chiquvchi nazariyasida qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarni chegaralash hal qiluvchi kasb etadi. «Respublikanizm, – deb yozadi u, – ijroiya hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratishning davlat prinsipidir; despotizm – davlat qonunlarini o‘zboshimchalik bilan ijro etish prinsipidir; bunda ijtimoiy iroda hokimning xususiy irodasi sifatida maydonga chiqadi» 2 . Qonun chiqaruvchi hokimiyatga nisbatan I. Kant quyidagi cheklovchi prinsipni ifodalaydi: xalq o‘ziga nisbatan hal eta olmagan (ya’ni o‘ziga ravo ko‘rmagan – M.M.) narsani qonun chiqaruvchi xalqqa nisbatan hal eta olmaydi. Agar I. Kant ta’limotida huquqiy qonunlar va huquqiy davlat mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan narsalar bo‘lsa, Gegelda ular real voqelikdir, ya’ni insonlar voqeligining, shaxsning, oilaning va jamiyatning huquqlarini muayyan shaklda aqlni amaliy realizatsiya qilinganligidir. Davlat, – Gegelning fikricha, – u ham huquqdir, ya’ni – konkret huquq, dialektik talqinga ko‘ra, eng rivojlangan va mazmunan boy huquqdir, barcha abstrakt huquqlarni – o‘ziga qamrab oluvchi butun huquq sistemasidir. Davlat huquqiy ehrom cho‘qqisiga qo‘yiladi. Davlat 1 ɂɫɬɨɪɢɹ ɩɨɥɢɬɢɱɟɫɤɢɯ ɭɱɟɧɢɣ. – Ɇ., 1960. – ɋ. 381–383. 2 Ʉɚɧɬ ɂ. ɋɨɱ. Ɍ.6. – ɋ. 269. 310 individ va jamiyat ustidan qo‘yilib, go‘yo «xudoning bu dunyodagi sayl- yurishi» sifatida ko‘klarga ko‘tarib maqtaladi 1 . Gegel huquqiy etatist. U huquqiy davlatni olqishlaydi va ilohiylashtiradi 2 . Gegelning fikricha, inson erkinligi hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipiga asoslangan (podshoh, hukumat va qonun chiqaruvchi hokimiyat) konstitutsion monarxiya sharoitida ta’minlanadi. Davlatda hokimiyatlarning oqilona taqsimlanishi «ijtimoiy erkinlikning kafolati- dir» 3 . Umuman huquqiy davlatning gegelcha konstruksiyasi to‘g‘ridan- to‘g‘ri va qat’iy tarzda zo‘ravonlikka, huquqsizlikka va xususiy shaxslar, siyosiy birlashmalar va davlat hokimiyati tomonidan kuch ishlatishning har qanday g‘ayrihuquqiy shakllariga qarshi qaratilgan. Qadimgi Sharq, shu jumladan Markaziy Osiyo hududida o‘tmishda yashab ijod etgan alloma bobokalonlarimiz ham huquqiy davlat, adolatli ijtimoiy tuzum haqida o‘z ilg‘or qarashlariga ega bo‘lganlar. Insonlarning ozod, erkin va tenglik asosida munosabatda bo‘lishlari, jamiyatda adolat va haqiqat tantana qilishi, shohlar ma’rifatparvar va odil bo‘lishlari haqidagi qarashlar Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Hamadoniy, Najmiddin Kubro, Xo‘ja Axmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Forobiy, Bedil va boshqalarning falsafiy ta’limotlarida ilgari surilgan. Xususan, Xo‘ja Samandar Termiziy o‘zining «Dastur al-muluk» asarida «Jonivor kuyiga tushib beaql o‘jarlik va nobop xatarli intilish qilayotgan kimsalarni qamchin bilan jazolangki, toki ular o‘zgalarga zarar yetkazmasinlar, aks holda boshqaruvda qat’iy hokimiyatni ta’minlovchi tartibga putur yetadi. Kimki zo‘rlik boltasi bilan adolatsizlik payini qirqmas ekan, u zamon bog‘ida yosh umid daraxtini o‘stira olmaydi... Magar mamlakatni boshqaruvchi qonunlar zavol topsa, Dunyoning asosi barbod bo‘ladi» 4 . Jaloliddin Davoniy fikriga ko‘ra: «Har qanday davlat tashkiloti o‘zining mo‘tadilligi bilan ajralib turadi, qonunlar esa o‘z tartibi bilan ijro etiladi. Bu qonundan chetga ketiladigan bo‘lsa, har bir qoida qarama- qarshilik manbaiga aylanadi hamda u do‘stlik munosabatlarining buzilishiga, yomonlik va parokandalikka sabab bo‘ladi. Zero, har qanday 1 Qarang: Ƚɟɝɟɥɶ. Ɏɢɥɨɫɨɮɢɹ ɩɪɚɜɚ. – Ɇ., 1934. – ɋ. 268. 2 Qarang: ɇɟɪɫɟɫɹɧɰ ȼ.ɋ. Ƚɟɝɟɥɟɜɫɤɚɹ ɮɢɥɨɫɨɮɢɹ ɩɪɚɜɚ. – Ɇ., 1974. – ɋ. 97–110. 3 Qarang: Ƚɟɝɟɥɶ. Ɏɢɥɨɫɨɮɢɹ ɩɪɚɜɚ. – Ɇ., 1934. – ɋ. 293. 4 ɏɨɞɠɚ ɋɚɦɚɧɞɚɪ Ɍɟɪɦɢɡɢ. ɇɚɡɢɞɚɧɢɟ ɝɨɫɭɞɚɪɹɦ. – Ɇ., 1971. – ɋ. 27–28. 311 davlatning asosini a’zolari qonun oldida teng bo‘lgan jamiyatning ittifoqi va fikri tashkil etadi» 1 . Hazrati Alisher Navoiyning ijtimoiy-siyosiy, adabiy va falsafiy qarashlari uni butun dunyoga buyuk gumanist, ma’rifatparvar inson, erkinlik va adolat kuychisi sifatida tanitdi. Navoiy «odil podshoh» siymosini chizdi. Xalq farovonligi va madaniyatining ravnaqi bobida jon kuydirib, hukmdorlarni adolat va insofga chorladi: «Podshoh o‘z fuqarolari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi, umumxalq farog‘ati yo‘lida posbon bo‘lishi; u – xudoning noibi sifatida olloh singari saxovatli, rahmdil bo‘lishi kerak; Podshoh – rahm-shafqat va jazo berish manbai» 2 . Navoiy o‘zining «Mahbub ul-qulub» asarida quyidagilarni yozadi: «Qozi musulmonlik binosining tayanchidir va musulmonlarning yaxshi va yomon ishlari yuzasidan hukm chiqaruvchidir… Qozining mahkamasi shariat ilmining xazinasi bo‘lmog‘i … u hukm vaqtida oshnaga ham, begonaga ham bir saviyada qaramog‘i… Qozi qonun yo‘lidan bir qadam ham toymasligi – to‘g‘ri yo‘ldan chiqmasligi lozim… Modomiki, hukm elning moli va joniga taalluqli ekan, qozining shiori to‘g‘rilik va adolat bo‘lmog‘i lozim…» 3 . Navoiyning bu fikrlarida huquqiy davlat asosini tashkil etuvchi qonuniylik, adolatlilik, sudlov hokimiyatining halol va bukilmas bo‘lishi kabi prinsiplar o‘z ifodasini topgan. Adolat tantanasiga chorlash, insonning erkin va ozod bo‘lishi, uning dunyodagi eng oliy ne’mat ekanligini ta’kidlash Umar Hayyom falsafasining negizini tashkil etadi. Uning tarixiy va adabiy asarlarida inson qadri benihoya ulug‘vorlik kasb etadi. Yaqin o‘tmishda yashab ijod etgan vatandoshimiz Abdurauf Fitrat ham ilg‘or fikr namoyandasi bo‘lib, huquqiy davlat g‘oyasi va amaliyotini o‘zbek davlatchiligi voqeligiga aylantirishga intilgan. Fitrat tomonidan tuzilgan va Yosh buxoroliklar qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan «Islohotlar loyihasi»da ikki maqsad ko‘zlangan edi: Buxoroda huquqiy davlatchilikni joriy etish; Buxoroni xalqning farovonligi va madaniyligi zaminida iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan mustahkamlash 4 . 1 Ⱦɠɚɥɚɥɚɞɞɢɧ Ⱦɚɜɚɧɢ. Ⱥɯɥɨɤɢ ɠɚɥɨɥɢ. Ɋɭɤɨɩɢɫɶ. ɂȼ. Ⱥɇ Ɋɍɡ. ɢɧɜ. 7703. 2 ɂɫɬɨɪɢɹ ɩɨɥɢɬɢɱɟɫɤɢɯ ɭɱɟɧɢɣ. – Ɇ., 1960. – ɋ. 151. 3 Ⱥɥɢɲɟɪ ɇɚɜɨɢɣ. Ɇɚԟɛɭɛ ɭɥ-ԕɭɥɭɛ. – Ɍ., 1983. – Ȼ. 23–24. 4 Qarang: Ɏɚɣɡɭɥɥɚ ɏɨɞɠɚɟɜ. ɂɡɛɪɚɧɧɵɟ ɬɪɭɞɵ. Ɍ.1. – ɋ. 124. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling