O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Xorazm davlati 712-yildan XI asr boshlarigacha arab xalifaligiga 
qaram bo‘lgan. X asr boshlaridan mustaqil davlat sifatida Somoniylar 
davlati tarkibida bo‘lgan. 1017–1040-yillarda G‘aznaviylar imperiyasi, 
1040–1097-yillarda Saljuqiylar imperiyasi tarkibida edi. 1097-yildan 
1231-yillargacha Xorazmshohlar Anushtaginiylar mustaqil davlati sifatida 
yirik va qudratli davlatga aylangan. 
Xorazmshohlar davlati asoschisi turk o‘g‘izlarining Bekdili 
qabilasidan bo‘lgan Anushtegin (1072–1092-y.) hisoblanadi. U salju-
qiylar davrida oftobachi (toshtdor) mansabida faoliyat yuritgan bo‘lib, 
ularga bo‘lgan sodiqligi uchun shixna etib tayinlanadi. U Xorazmni o‘z 
boshqaruviga olib, Anushteginlar sulolasiga asos soladi
1
. Uning o‘g‘li – 
iste’dodli askarboshi sifatida nom chiqargan Qutbiddin Muhammad 
«Xorazmshoh» unvonini olib Saljuqiylar sultoni Sanjarning (1097–1127-
y.) vassaliga aylanadi. Bu davrda xorazmshoh Sulton Sanjarning farmoni 
asosida tayinlangan.
XII asr oxiri va XIII asr boshlarida Saljuqiylar, Arab xalifaligi, 
Qoraxoniylar davlatlari bosib olinadi. Bu davrda Xorazm Old va O‘rta 
Osiyodagi qudratli davlatga aylanadi. Movarounnahr, Xuroson, Sharqiy 
Eron, Ozarbayjon va Dashti Qipchoqdan iborat ulkan hududni o‘z ichiga 
oladi. O‘z davrida yirik imperiyaga aylangan. Takashning o‘g‘li Muham-
mad Xorazmshoh (1206–1220-y.) hukmronligi davrida qipchoq 
aslzodalarining davlat hayotidagi ta’siri kuchayishi Xorazm davlatining 
parchalanib olib kelgan. Ko‘p o‘tmay davlat Chingizxon boshchiligidagi 
mo‘g‘ul-tatar qo‘shinlari tomonidan bosib olinadi. Taxt vorisi Jaloliddin 
Manguberdi tomonidan turli qismlardan iborat davlat yana o‘n yil faoliyat 
ko‘rsatadi. 
2-§. IX–XIII asrlarda O‘zbekiston hududidagi davlatlarning 
ijtimoiy-siyosiy tuzumi
Somoniylar davlatining ijtimoiy tuzumi feodallar (iqtodorlar), 
savdogarlar, ruhoniylar, dehqonlar, hunarmandlar va qullardan iborat 
bo‘lgan.
Siyosiy tuzumiga e’tibor qilinadigan bo‘lsa, davlatda markazlashgan 
hokimiyat organlari tizimi shakllantirilgan. Boshqarish shakliga ko‘ra 
davlat monarxiya bo‘lib, davlat boshlig‘i amir deb atalgan. Amir butun 
hokimiyat egasi hisoblangan. U barcha oliy mansabdor shaxslarni 
1
Qarang: Ȼɭɧɢɹɬɨɜ Ɂ. Ƚɨɫɭɞɚɪɫɬɜɨ ɏɨɪɟɡɦɲɚɯɨɜ-Ⱥɧɭɲɬɟɝɢɧɢɞɨɜ (1097–
1231). – Ɇ., 1986. – ɋ.24. 


 104
lavozimga tayinlagan va lavozimdan ozod qilgan. Barcha turdagi 
jinoyatlarni ko‘rib chiqqan va jazo belgilagan. O‘zining shaxsiy 
qo‘riqchilariga ega bo‘lgan. Eng katta yer egasi bo‘lgan. 
Davlat hokimiyati amir saroyi, ya’ni dargoh va devonlarga bo‘lingan. 
Devonlar o‘zining keng qamrovli tarmoqlariga ega edi. Dargohning 
asosiy vazifasi davlat boshlig‘ining hukmlari ijrosini ta’minlash bo‘lgan. 
Unga sohibi xaros (amiri xaros) boshchilik qilgan. Unga devonboshilar va 
boshqa mansabdor shaxslar bo‘ysungan. Saroyda devonbegi, mirza-
boshilar, mirzalar va boshqalar faoliyat ko‘rsatgan. Saroy xo‘jaligi vakil 
tomonidan boshqargan. Shayxulislom mamlakatdagi diniy ulamolarga 
rahnamolik qilgan va diniy ishlarni boshqargan. 
Markaziy boshqaruv mahkamalari o‘nta devondan iborat edi. 
Ularning viloyatlarda ham boshqaruv idoralari (arabcha «kasaba») ish 
olib borishgan. Ular ichida eng kattasi Vazir (Bosh Hojib, Hojib ul-
hujjob, Hojib ul-buzruk) devoni sanalgan. Barcha devonlar unga 
bo‘ysungan va uning farmoyishlarini bajargan. Vazirlik mansabi meros 
tariqasida o‘tgan. Vazir qo‘shinga rahbarlikni ham amalga oshirgan. 
Qo‘shinda xizmat muddatiga qarab beriluvchi unvonlar joriy etilgan. 
Undan keyin Mustafiy devoni turgan. U davlatning daromad va 
xarajatlarini yuritgan. Unda mustaufi (xazinador), hisobchilar faoliyat olib 
borgan. 
Devoni rasoil (devoni insho, umid ul-mulk) boshqa davlatlar bilan 
tashqi aloqalar va davlat hujjatlarini yuritish kabi ishlarni borgan. 
Devoni ariz (Soqchilar devoni, Devoni shurat) – qo‘shin ta’minotini 
yuritgan. Ushbu devonga maxsus mansabdor shaxs – Ariz boshchilik 
qilgan. Uning joylardagi xodimlari mahalliy boshliqlarga emas, Devoni 
baridga bo‘ysungan.
Devoni barid (aloqa devoni) pochta-aloqa xizmati bilan shug‘ullan-
gan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri markazdan xat-xabarlar yetkazib turgan. Mahalliy 
hokimlar faoliyati ustidan kuzatuv olib borgan. Bu haqda amirga hisobot 
bergan va faqat amirga bo‘ysungan.
Muhtasib devoni savdogarlarning tosh-tarozisini, hunarmandlar mah-
sulotining sifatini tekshirib turgan. Keyinchalik u shaharlarda din va ax-
loq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilib turuvchi mansabga aylangan.
Mushrif devoni asosan xazinadagi daromad va xarajatlarni nazorat 
qilgan. Davlat mablag‘larining sarflanishini kuzatib borgan. 
Devoni az-ziyo esa davlatning yer mulklarini boshqaruvchi devon 
bo‘lgan. Hukmdor sulola egalik qiluvchi yerlar o‘z navbatida davlat 
yerlari hisoblangan. 


 105
Qozilar devoni shariat asosida sud ishlarini olib borgan. Vaqf devoni 
diniy muassasalar va ularga tegishli mulklarni boshqargan.
Viloyatlarda boshqaruvni hokimlar (eroncha «kadxudo», ya’ni yaxshi 
xo‘jayin) amalga oshirgan. Hokimlar amir tomonidan tayinlangan bo‘lib, 
lavozimi meros tariqasida o‘tishi mumkin bo‘lgan. 
Alohida ɦɚɜԕɟɝɚ ega bo‘lgan viloyatlar (Masalan, Xuroson) 
Nishopurda joylashgan Sipohsalarga bo‘ysungan. Xuroson sipohsalari 
bevosita amirga va vazirga bo‘ysungan. Shaharlar raislar tomonidan 
boshqarilib, ular hokimlar tomonidan tayinlangan. 
Qoraxoniylar davlatining ijtimoiy tuzumi shu davr davlatlaridagi 
singari chorvadorlar, dehqonlar, hunarmandlardan iborat edi. Mamlakatda 
iqtadorlik keng tarqalgan. Xususiy boshqaruvga olingan katta yer va 
chorva mollari – qo‘riq
1
deb atalgan.
Qoraxoniylar davlat boshqaruvida Somoniylar boshqaruv tartibining 
ko‘p qismini saqlab qolganlar (faqat udel boshqaruv tizimi keng 
ɬɚɪԕɚɥɝɚɧ). Qoraxoniylarning markaziy ma’muriy apparati, xuddi 
Somoniylardagidek dargoh ɜɚ devonga bo‘lingan. Qoraxoniylar markaz-
lashgan davlat idoralarini tuzganlar. Davlat ilk tashkil topgan vaqtlarda 
uning boshlig‘i eng yuqori unvon bilan xon deb atalgan. Keyinchalik 
imperiya vujudga kelgach, davlat boshlig‘i xoqon (tamg‘achxon) deb 
atalgan. Rasmiy o‘rnatilgan qoida bo‘yicha butun imperiya, yerlar va 
barcha turdagi mulklar uning mulki hisoblangan. Taxt meros tariqasida 
otadan o‘g‘ilga qoldirilgan. Harbiy qo‘mondonlar va viloyatlar 
hokimlarini lavozimga tayinlagan. O‘z huzuridagi kengashni idora etgan. 
Dargohda vazir, saroy boshqaruvchisi, xos hojib va boshqa 
amaldorlar faoliyat ko‘rsatgan. Mamlakat boshqaruvida vazir mavqei 
kuchli bo‘lgan xoqondan keyingi yuqori mansabdor shaxs hisoblangan. 
Mamlakat bo‘laklari sulola a’zolaridan iborat ilekxonlar tomonidan 
idora etilgan. Ko‘chmanchi xalqlar el boshliqlari, ya’ni elchilar 
tomonidan boshqarilgan. Bu lavozimga odatda beklar tayinlangan. Ular 
xoqonga bo‘ysungan. Bir necha beklar ustidan beklar begi (ulug‘ bek, 
buyuk bek) tayinlangan. 
1
Izoh: XIX asr oxirida qadimshunos olim M.S.Andreyev tomonidan Farg‘ona 
vodiysida, Isfara soyining yuqorisidagi Vorux qishlog‘idan topilgan qoyatoshdagi 
arabiy yozuvlarning birida Qoraxoniy sulolasiga mansub Isfara hukmdori Abul Fazl 
Abbos Arslon Teginning nomi va mansabi hamda shu hududdagi keng o‘tloq va 
ovloq yerlar qo‘riq joyga aylantirilganligi, ya’ni hukmdorga tegishli (boshqalarga 
man qilingan) mulk ekanligi yozilgan.


 106
Beklar jamoat tartibini saqlash, sud hukmlarining ijrosini ta’minlash, 
urf-odat huquqlarining bajarilishini nazorat qilish, davlat chegaralarini 
qo‘riqlash ishlarini bajarishgan. 
Shaharlarda Somoniylar davrida mavjud bo‘lgan lavozimlardan rais, 
muhtasib va boshqalar saqlangan. Qishloq va ovullarda-boshqaruvni 
oqsoqollar (koxgen-sanam) olib borgan. U o‘z yordamchisiga ega 
bo‘lgan. 
Qoraxoniylar davlatining o‘troq, ya’ni shahar va qishloq aholisi 
o‘rtasida musulmon huquqi, ko‘chmanchi aholi orasida odat huquqlari 
(tura) huquq manbai bo‘lib xizmat qilgan.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling