O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Saljuqiylar davlatiga asos solgan turkiy tilli xalqlar – o‘g‘uzlar 
(turkmanlar) X asrlarda Sirdaryoning o‘rta va quyi qismida yashaganlar. 
Ular keyinchalik nufuzli boshliqlaridan biri Saljuq ibn Tug‘loq nomini 
olib, Saljuqiylar deb atala boshlaganlar. Boshqaruv Saljuqning avlodlari 
tomonidan turli guruhlar shaklida amalga oshiriladi.
XI asrning birinchi yarmida Saljuqiy Muhammad Tug‘rulbek (1038–
1062-y.) G‘aznaviylar davlati tarkibidagi yerlarda o‘z hukmronligini 
o‘rnatadi. 1038-yilda arab xalifasidan Sulton unvonini oladi. 1040-yilda 
G‘aznaviylar qo‘shinini yengib Saljuqiylar davlatiga asos soladi. 
Dastlabki davrda u Xuroson hukmdori hisoblanadi. Shu bilan 
Saljuqiylarning uyushgan, markazlashgan davlati vujudga keladi.
Davlat yuz yillar mobaynida O‘rta Osiyoning katta qismi, Yaqin 
Sharq mamlakatlarining siyosiy-ijtimoiy hayotida hal qiluvchi mavqeni 
egallaydi. Bu davlat eng rivojlangan davrida hozirgi Markaziy Osiyoning 
deyarli butun hududini, Eron, Afg‘onistonning bir qismi, Kavkaz orti, Old 
va Kichik Osiyoni o‘z tarkibida birlashtiradi. Hatto, 1056-yilda Arab 
xalifalari ustidan ham siyosiy nazorat o‘rnatadi. XI asr oxiri va XII asr 
boshlarida Movarounnahrda saljuqlar hukmronligi o‘rnatiladi. 
Sulton Berkyoruq davriga kelib (1092–1105-y.) taxt uchun kurash va 
o‘zaro nizolar boshlanib ketadi. Oqibatda imperiya inqirozga yuz tutadi. 
XI asr oxiri va XII asr boshlarida uning g‘arbiy mulklari bo‘lgan 
Kavkazorti, Eron, Iroq, Suriya va Kichik Osiyo mustaqil davlatlariga 
bo‘linib ketadi. Imperiya hududida Xuroson, Iroq, Rum va Shimoliy 
Xuroson sultonliklari vujudga keladi. Qisqa vaqt ichida Saljuqiylar 
mamlakatni birlashtirishga qaratilgan harakatlarni amalga oshiradilar. Bu 
davrdan e’tiboran Saljuqiylar davlati ilgari hududlarida o‘z hokimiyatini 
tiklaydi. 1120-yilda Saljuqiylar davlati rasman ikkiga – Iroq (G‘arbiy) va 
Xuroson (Sharqiy) sultonliklariga bo‘linadi. Hozirgi O‘zbekiston hududi 
Xuroson sultonligi tarkibida qoladi. Sharqiy Saljuqiylar davlatiga 
Movarounnahr va Xorazm vassal hisoblanib, o‘z hukmdorlari tomonidan 
idora etilgan. Boshqa hududlar sultonning qarindoshlari tomonidan 
boshqarilgan. Mahalliy hukmdorlar amalda mustaqil ish yuritganlar. Shu 
jihatiga ko‘ra saljuqiylar davlati alohida bekliklarni birlashtiruvchi ittifoq 
(federatsiya)ni eslatadi. 
XII asr o‘rtalariga kelib Qoraxitoylar va mahalliy o‘g‘uzlarning 
hujumi natijasida Xuroson sultonligi yemiriladi. 1150–1160-yillarda 
uning o‘rnida bir nechta yirik va kichik davlatlar tashkil topadi. 


 103

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling