O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Xorazmshohlar davlatining
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘RTA ASRLARDA YEVROPA MAMLAKATLARI
Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy tuzumi haqida ma’lumot
beruvchi xatlar va yorliqlar tarixchilarning asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Ijtimoiy tuzumda ruhoniylar, harbiy va fuqarolik boshqaruvidagi amaldorlar, hunarmandlar va dehqonlarga alohida e’tibor berilgan. Hunarmandlar va dehqonlarning jamiyatdagi o‘rniga yuksak baho berilgan. 109 Xorazmshohlar davlati siyosiy tuzumiga ko‘ra, G‘aznaviylar va Saljuqiylar davlatlarida bo‘lgan mansablarning deyarli barchasi saqlangan, bo‘lib ularning nomlari arab tilida yuritilgan. Davlat feodal davlat bo‘lib, davlat boshlig‘i shoh deb atalgan. Shoh hokimiyati cheklanmagan bo‘lib, keyingi davrlarda kelib uning mavqei zaiflashadi. U o‘zining shaxsiy qo‘riqchilari – xarosga ega bo‘lgan. Oliy hukmdorning shaxsiy gvardiyasi bo‘lib, uning soni o‘n mingdan ortiq edi. U birinchi bor Xorazmshoh Takash davrida tuzilgan. Asosan mamlyuklar (urush vaqtida asir tushgan harbiylar)dan iborat bo‘lgan. Mamlakat boshqaruvida markazlashgan davlat boshqaruv mansab va idoralari tizimi tashkil etilgan. Davlat boshqaruvi dargoh va devonlar tizimi orqali olib borilgan. Oliy boshqaruvda dargoh mahkamasi katta vakolatlarga ega bo‘lib, sulton tomonidan idora etilgan. Markaziy davlat boshqaruvi (devonlar boshqaruvi) «Al – majlis ul oliy al fahri at – toji» deb nomlangan bo‘lib, unga vazir raislik qilgan. Vazirlik lavozimi Sulton Otsiz davrida ta’sis qilingan. U davlat boshlig‘ining birinchi maslahatchisi hisoblangan. Vazir lavozimiga tayinlanuvchiga aniq mezonlar o‘rnatilgan. Xorazmshohlarning vazirlari odatda fors va arab xizmatchi amaldorlaridan, arab va fors tillarini mukammal bilgan, bilimli, dono, tadbirkor shaxslardan tanlab qo‘yilgan. Vazir hukmdorning yaqin kishilaridan bo‘lib, bevosita unga bo‘ysungan va uning topshiriqlarini so‘zsiz bajargan. Qabul marosimlarida vazir Xorazmshohning o‘ng tomonida o‘tirgan. Vazir sadr, dastur, xo‘jai buzrug kabi unvonlar bilan atalgan. Nizom al-mulk unvonini olgan vazir nihoyatda obro‘li hisoblanib, shahzodalar oldida ham o‘rnidan turmagan. U tashqi va ichki siyosatni, qo‘shinni va yurishlarni boshqargan. U barcha mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan chetlatish, ular faoliyatini nazorat qilish vakolatiga ega edi. Davlatning barcha amaldorlari, mahalliy boshqaruv beklari va harbiy qo‘mondonlar ham vazirga bo‘ysungan. Amaldorlarga nafaqa va turli to‘lovlar belgilagan, xazina ustidan nazorat olib borgan. Hukmdorni xalqaro aloqalar, rasmiy marosimlarda rasmiy ravishda tanishtirish, uning nomidan ish tutish, mahalliy vazirlar hisobotini olib turish; hukmdorga muntazam hamrohlik, zarur paytlarda qo‘shin yuborish va unga boshchilik qilish kabi vazifalarni bajargan. Bundan tashqari, xos jihatlardan biri shuki, viloyatlar, o‘lkalar va shaharlarga vazirlar tayinlangan. Masalan, Sayfiddin al-Akra sultonning O‘trordagi vaziri qilib tayinlangan. Sulton Jaloliddin davriga kelib, shaharlarni ham vazirlar boshqargan. Ular o‘lkada adolat o‘rnatish, soliq undirish ustidan nazorat etish kabilarni bajargan. 110 Mo‘g‘ullar bosqiniga yaqin vaqtda Muhammad Xorazmshoh vazir xizmatidan voz kechib, nazorat uchun mo‘ljallangan masalalarni olti nafar vakildorga topshirgan. Ular kengashi biror masala bo‘yicha bir qarorga kelsa va shoh buni ma’qullasa, u kuchga kirgan. Davlatda muhim lavozimlardan biri hojiblik va ulug‘ hojib mansablari bo‘lgan. Bosh (buyuk) hojib hukmdorning yaqin va ishonchli kishilaridan hisoblanib, shohning muhim topshiriqlarini bajargan. Mamlakatlarning ishlari va hukmdorning o‘ziga taalluqli ishlar bo‘yicha ma’lumotlar yetkazib turgan. Unga saroyda o‘tkaziladigan turli marosimlarni nazorat qilish, vazirlar faoliyatini taftish qilish, maxsus muzokaralar olib borish, viloyatlardan biriga noiblik qilish va hokazo vazifalar topshirilgan. Hojiblar odatda turkiy qavm vakillaridan tayinlangan. Alouddin Muhammad Xorazmshohning bir qancha hojiblari bo‘lib, ular hukmdorning turli muhim topshiriqlarini bajarish bilan bir qatorda uni hamma joyda kuzatib yurganlar. Ustozdor deb ataluvchi mansabdor shaxs saroy xo‘jaligini boshqargan va saroy hujjatlarini yuritgan. Oshxonalar, novvoyxonalar, turli ichimliklar saqlanadigan omborxonalar, seysxonalar (otlar turadigan xona) uning ixtiyorida bo‘lgan. Undan tashqari saroyda yashovchi shoh oilasi a’zolarini ta’minlash vazifasi ham ustozdor zimmasiga yuklatilgan. Xorazmshohlar xazinasiga tushadigan daromadlarning bir qismi ustozdor ixtiyoriga berilib, oshxona, novvoyxona, seysxona, saroyda yashovchi hukmdor va amaldorlar oila a’zolari xarajatlari uchun sarflangan. Tarqatilgan pul, qimmatbaho buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari uchun vazir va uning muovinlari tomonidan muhr bosilgan tilxat olingan. Qissador saroy xizmatchisi bo‘lib, sulton nomiga tushgan iltimosnoma va shikoyatlarni jamlab, ularni hukmdorga topshirgan va javobini manfaatdor kishilarga yetkazgan. Bundan tashqari, saroyda turli vakolatlarni amalga oshiruvchi lavozimlar ham joriy etilgan. Bular: Davatdor – sultonning shaxsiy kotibi; Amir axir-seys – ot boqar yoki seysxona boshlig‘i; Alamdor (amir-alam) – hukmdorning bayroqdori; Amiri shikor – sulton shikorining boshlig‘i, ovga chiqish ishlarini tashkil qiluvchi; Tashtdor – sulton va uning oila a’zolarini yuvintirish, cho‘miltirish ishlarini tashkil qilish bilan shug‘ullangan. Unga hukmdorning o‘ta nozik ishlari ishonib topshirilgan. Ular hukmdorning hurmatida bo‘lib, Malik unvoniga ham sazovor bo‘lganlar. Undan tashqari sultonning shaxsiy elchisi vazifalarini ham bajarganlar. Ayrim tashtdorlar hatto o‘n ming askarga boshchilik qilib, harbiy yurishlarda ham qatnashganlar; Sharobdor – turli ichimliklar saqlanadigan omborxona boshlig‘i; Jashnigir – sulton va uning oila 111 a’zolariga beriladigan taomlar va ichimliklarni tatib tekshirib ko‘ruvchi. U taom va ichimliklarning zaharlanmaganligi va buzilmaganligiga ishonch hosil qilgandan keyin ularni iste’mol qilishga ruxsat bergan. Markaziy boshqaruv tizimida quyidagi devonlar faoliyat yuritgan: – Insho yoki tug‘ro devoni. Bu devon rasmiy hujjatlar, yozishmalarni tuzish bilan shug‘ullangan; – Istifo devoni – moliya ishlari bilan yuritgan; – Ishrof devoni – davlat nazorati ishlari bilan shug‘ullangan; – Al-ard (al-jaysh) devoni – harbiylar soni va ta’minotini ro‘yxatga olish hamda nazorat etish, harbiy ko‘riklarni o‘tkazish, qo‘shinni qurol- aslaha bilan ta’minlash, harbiylarga ajratilgan yer-suv masalalarini nazorat qilish ishlari bilan shug‘ullangan. Uning boshlig‘i sohibi divani al ard deb atalgan. Joylarda mirshablik va jazolash vazifalarini amalga oshiruvchi – shixne deb ataladigan mansabdor shaxslar faoliyat olib borgan. Ular hokimiyatga aralashuvchi barcha ishlarga aralashishi mumkin bo‘lgan. Davlatda sud ishlari qozilar tomonidan olib borilgan. Harbiy ishlarni esa qozi askar – harbiy qozilar ko‘rib chiqqan. Qo‘shinning o‘rtacha soni 400–600 minggacha bo‘lib, shundan taxminan 300 mingga yaqini otliq askarlar bo‘lgan. Turli harbiy unvonlar ham ta’sis qilinib, u harbiy boshliqlarga, amaldorlarga berilar edi. Shular jumlasidan yuqori unvon amir – Isfaxsalar, Soib al – Jaysh, Amir al- umaro, Malik va hokazolar kirgan. Qo‘shinlar qo‘mondoni qoid (muqaddam) deb atalgan. Qo‘shin amirlari ustidan amirlar amiri tayinlangan. Malik harbiy unvoni 10 kishilik otliq qo‘shin boshlig‘iga berilgan. Urushlarda jasorat ko‘rsatgan maliklar xon unvonini olgan. Qo‘shinda harbiy qismlarga xabar yetkazib turuvchi qismlar – chovush, dushman qo‘shinlari holatini kuzatib ma’lumot beruvchi josuslar va boshqalar mavjud bo‘lgan. Davlat ma’muriy-hududiy jihatdan vassal davlatlar, qaram otabek- liklar (Iroq, Ozarbayjon)ga bo‘lingan. Viloyatlar noib hisoblanuvchi hokimlar va shahzoda (sulton)lar tomonidan idora etilgan. Yuqorida keltirilganidek, Somoniylar davlati va huquqi, uning ijtimoiy- siyosiy tuzumi O‘zbekiston tarixida muhim davrlardan birida amal qilgan. Saljuqiylar, Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davlatlari harbiy demokratiyaga tayangan imperiya ko‘rinishidagi musulmon davlatlari bo‘lgan. Mapzkur davrda musulmon diniy g‘oyaviyligiga asoslangan shariat huquqning asosiy manbai bo‘lib, davlat va qo‘shin, qisman oila-nikoh masalalarida odat huquqiga tayanilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling