O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
Fransiya davlati (IX asrning o‘rtasi – XVIII asr oxiri). Verden
shartnomasi asosida tashkil topgan davlatlar ichida eng yaxliti «g‘arbiy franklar» davlati bo‘lib, u keyinchalik tashkil topgan Fransiyaning asosi bo‘ldi. G‘arbiy franklar davlati aholisining asosiy ommasi endi tashkil topayotgan fransuz xalqidan iborat bo‘lib, alohida shimoliy roman tilida ilk fransuz tilida gaplashgan. Poytaxti Parij shahri bo‘lib, X–XI asrlarda davlat Fransiya deb atala boshlangan. O‘rta asrlar Fransiya davlati va huquqi tarixini quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin: 116 – sen’orlik monarxiyasi davri – IX–XIII asrlar; – tabaqa-vakillik monarxiyasi davri – XIV–XV asrlar; – mutloq monarxiya davri – XVI–XVIII asrlar. Ushbu har bir bosqichning ijtimoiy va siyosiy tuzumida o‘ziga xos o‘zgarishlarning uchrashi ularni alohida o‘rganishni talab qiladi. So‘nggi bosqichda feodal tuzumning inqirozi 1789-yilgi inqilobga olib keladi. Ushbu inqilob natijasida Fransiyada absolutizm va eski siyosiy tartib batamom barham topadi. Sen’orlik monarxiyasi (IX–XIII asrlar). Davlatda Karolinglar X asrning oxirigacha hokimiyatni o‘z qo‘llarida saqlab keladi. Dastlabki davrlarda birinchi fransuz qiroli Karlning hokimiyati zodagonlar tomonidan cheklangan. Ilk davrlardayoq davlat xilma-xil mustaqil yerlar – sen’orliklardan iborat bo‘lib, nomiga yagona davlat bo‘lgan. Bu davrda hokimiyat qirol va feodallar o‘rtasida taqsimlangan. Erkin dehqonlar yer egaligi tugatilgan. Bu davrda siyosiy tarqoqlik hukm surgan. Feodal titul va unvonlar meros tariqasida o‘tgan. IX–X asrlarda dunyoviy va diniy feodallarning yuqori qismi tomonidan saylangan. 987-yilda Gugo Kapetning saylanishi bilan Kapetinglar sulolasiga asos solinadi va XII asrdan taxt meros tariqasida o‘tgan. XII asrga kelib qirol ahamiyatining kuchayishi natijasida barcha vassallar qirol vassalliga aylantiriladi (immediatizatsiya). Qirolning yirik feodallarning katta kengashi roziligi bilan qonun hujjatlari (etablissement) chiqarish amaliyoti tiklanadi. XIII asrda qirol Lyudovik IX tomonidan o‘tkazilgan islohotlar natijasida qirol barcha feodallarning syuzereniga aylanadi. Markaziy boshqaruv organlari mamlakat tarqoqligi sababli aniq o‘rnatilmagan. Qirol saroyi xizmatchilari (vazirlar) orqali davlat boshqa- ruvi ta’minlangan. Saroyda senashel (qirol saroyining boshlig‘i, armiya qo‘mondoni, davlat xizmatlarini imzolovchi) eng katta ahamiyatga ega bo‘lib, keyinchalik u tugatiladi. Seneshaldan keyin Konnetabl – qirol otliq askarlarining boshlig‘i turgan. Uning yordamchisi marshal XIII asrdan boshlab qirollik admirali hisoblangan. Qirol xazinachisi xazina va davlat arxiviga boshchilik qilgan, uning vakolatlari XIII asrda qisqartiriladi. Unga kamerger yordam bergan. Qirollik devonxonasiga kansler rahbarlik qilib, davlat ishlariga ta’siri katta bo‘lgan. U qirol hujjatlarini tahrirdan o‘tkazib, qirolga imzo uchun taqdim etgan va muhr qo‘ygan. 117 Oliy boshqaruv organi sifatida qirol kuriyasi faoliyat ko‘rsatgan. U dastlab qirol vassallaridan iborat bo‘lib, maslahat xarakteriga ham ega bo‘lgan. Unda siyosiy, moliyaviy, sud, harbiy va diniy ishlar muhokama qilingan. Uning majlislarida qudratli vassallar ishtirok etmagan. Mahalliy boshqaruvda lavozimlar saroydan tayinlangan. Odatda, davlat amaldorlari joylarda turli xil ma’muriy, harbiy, sud va moliyaviy ishlarni boshqarishgan. XI asrda prevotlik (maxsus okrug)ka boshchilik qiluvchi prevo, uning qishloqlardagi yordamchilari serjantlar, shaharlar mayorlar tomonidan idora etilgan. Prevo xazinaga soliq yig‘ish, qo‘shin tuzish, boshqaruv va sud ishlarini hal etish bilan shug‘ullangan. Filipp II Avgust davrida (1180–1223-y.) ko‘p yerlar qo‘shib olinishi natijasida ma’muriy islohot o‘tkaziladi. Barcha mulklar balya tomonidan boshqariladigan yirik hududga ega va o‘suvchi balyajlarga bo‘lingan. Janubda va chegara hududlarga balyalar o‘rniga senashallar tayinlangan. Prevo ustidan balya nazorat etgan. Prevo, balya va seneshallar sud, soliq, harbiy va ijroiya ishlariga boshchilik qilishgan, nazorat va kuzatuvni yuritishgan. Sud ishlari har bir toifaga nisbatan alohida olib borilgan. U ma’muriyatdan ajratilmagan. Lyudovik IX tomonidan harbiy, ma’muriy, sud va moliya islohotlari o‘tkazilishi natijasida qator o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Jumladan, shahar militsiyasi va yollanma qo‘shin tashkil etiladi. Qirollik kuriyasi (kengashi) markaziy muassasaga aylanib, bir qancha boshqarmalarga bo‘linadi. Undan oliy mansabdor shaxslardan iborat va doimiy ish yurituvchi tor doiradagi kengash ajralib chiqadi. Sud ishlarini yurgizuvchi boshqa qism (parlament) hamda qirollik daromad va xarajatlari ustidan qaraydigan alohida hisoblash palatasi ham kuriyadan ajralib chiqadi. Ular orasida sud islohoti keyingi davr taraqqiyoti uchun ijobiy sharoit yaratadi. Bu davrda feodallardan olinadigan to‘lov va cherkov in’omlari hisobiga qirollik budjeti juda o‘sadi. Shuningdek, mamlakatning siyosiy jihatdan markazlashuvi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini taraqqiy etishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, XIII asrda Fransiya ijtimoiy va davlat tuzumida yuz bergan o‘zgarishlar tabaqa vakillik monarxiyasining kelib chiqishi uchun zamin tayyorlaydi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling