O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Angliyada huquqning asosiy belgilari


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Angliyada huquqning asosiy belgilari. Dastlabki davrlardagi Ang-
liya feodal huquqi o‘zining murakkabligi, chalkashligi va ustamonlik 
bilan qilinganligi (kazeistikligi) bilan ajralib turgan. Bu holat uning 
alohida yo‘llar bilan rim huquqi ta’sirisiz shakllanganligiga bog‘liqdir. 
XV asrda normandlar bosqiniga qadar Angliyada huquqning asosiy 
manbalari odatlar va qirollik qonunlari hisoblangan. Odat huquqining 
sudnoma va qonunnomalar deb yuritiluvchi ko‘plab to‘plamlari tuzilgan. 
Bularga misol tariqasida Etelbert sudnomasi, Ien qonunlari, Buyuk Alfred 
sudnomasi, Etelstan va Knut qonunlari sigari yetakchi rol o‘ynaganlarini 
ko‘rsatish mumkin. Bulardan tashqari huquqning muhim manbalari 
qatoriga joriy qonunlarni ham kiritish mumkin. Jumladan, Xlotar (673–
685-y.), Edrik (685–686-y.), Eduard (899–925-y.), Edmund (939–946-y.), 
Edgar (959–975-y.), Etelred II (979–1014-y.) va boshqa qonunlar. 
Angliyaning XI asr boshlarida Daniya qiroli Knut tomonidan bosib 
olinishi natijasida Daniya (Knut) qonunlariga Angliya qonunlari bilan 
teng huquq berilgan. Angliya Normandiya tomonidan egallanishi 
oqibatida esa qirollar ingliz-sakslarning eski va asl odatlariga rioya 
etishga qaratilgan siyosat yuritadi.
XII asrda qirollik sayyor sudlarining doimiy faoliyat yuritishi 
natijasida mamlakatning umumiy huquqi tashkil topadi. Umumiy huquq 
qonunchilikdagi kamchilik natijasida normand va ingliz-sakslar odat 
huquqlari asosida vujudga keladi. Sayyor sudlar «sudya harakatdagi 
huquq normasini qo‘llaydi», degan prezumpsiyadan foydalangan. Ular 
tomonidan o‘rnatilgan tamoyil sud odatiga aylanib, barcha sudyalar uchun 
bajarilishi majburiy bo‘lgan. Faqat yuqori sud organlari tomonidangina 


 132
bekor qilinishi mumkin edi. Ulardan foydalanish uchun qulaylik yaratish, 
nazorat o‘rnatish maqsadida sud ishlari materiallarining e’lon qilinishi 
bilan birga sud pretsedenti nazariyasi ham shakllandi. So‘ngra ilgarigi 
qarorlarda mustahkamlangan rahbariy tamoyil kelajakda shunga o‘xshash 
masalalarni ko‘rishda asta-sekin namuna kuchiga ega bo‘la boshladi. 
XIV asrda tarixiy sharoitlar ta’sirida Angliyada adolat sudi paydo 
bo‘la boshladi. Shu bilan birga, yana bir huquqiy tizim – adolat huquqi 
shakllanib boradi. U sudlarda himoyalanmaganlarni himoyaga olish 
barobarida yuzaga kelgan. XIV asr boshida lord-kansler huzurida adolat 
me’yorlariga tayanuvchi sud organi ish olib borgan.
XV asrdan olimlarning muhim va murakkab huquqiy masalalar 
bo‘yicha traktatlari paydo bo‘la boshladi. Ular amaldagi (statut) huquq 
normalari bo‘yicha qo‘llanma asarlar bo‘lib, ingliz huquqining o‘ziga xos 
manbai xarakteriga ega bo‘lgan.
Qirollik qonunlari assizalar, xartiyalar, ammo ko‘proq ordonanslar, 
statutlar deb atalgan. Ayrim qirollarning qonunlari ma’lum darajada 
umumiy huquqning shakli va mazmunini belgilagan. Uning asosiy 
qoidalari va tamoyillarini ishlab chiqqan. 
Angliyaning o‘rta asrlardagi huquq manbalari ichida savdo va 
kanonik huquqi me’yorlari alohida o‘rin tutadi. Ularning huquqiy kuchi 
ko‘pincha qirollik statutlari bilan mustahkamlangan. 


 133
VII BOB. MO‘G‘ULLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling