O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLAT VA HUQUQ
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLAT VA HUQUQ
1-§. Chig‘atoy ulusining tashkil topishi va uning ijtimoiy-siyosiy tuzumi Chingizxon 1155/1161-yilda tug‘ilgan bo‘lib, otasining ismi Yesugay bahodir, onasining ismi esa O‘lun bo‘lgan. Asli ismi Temuchin bo‘lgan. Manbalarda keltirilishicha, Temuchin o‘ng qo‘li yumilgan holda kaftida qon bilan tug‘ilgan. Bu xabarni u yer yuzida hukmdor bo‘lishi, butun dunyo podsholari uning oyoqlari ostida bo‘lishini bashorat qilishgan. 1205/6-yilda poytaxt Qoraqurumda imperator deb saylanish arafasida u mo‘g‘ul-tatar xonlarining ulug‘ xoni – qooni, Chingizxon nomini oldi. Unga Chingizxon nomini, mo‘g‘ul dashtlarida yuradigan Tib Tangrisi bergan. Mazkur qurultoy paytida Temuchinni minglab xos soqchilari qo‘riqlayotgan joyga qanday o‘tib borganligini hech kim bilmaydi. U Temuchinni ko‘rib, kecha menga Xudodan sado keldi. Biz yer yuziga yangi hukmdorni tanladik. Butun dunyo podsholarini unga bo‘ysundirdik, unga Chingizxon deb nom qo‘ydik, deydi. Bu nom Temuchinning o‘ziga ham yoqadi, ayonlar esa uni «Chingizxon» deb tan oladi. XII asrning oxirlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda quyi bosqichlarda turgan mo‘g‘ul qavm-qabilalarida qudratli mo‘g‘ul davlatini barpo qilish uchun o‘zaro kurash olib borilgan. Hokimiyat uchun janglarda Temuchin g‘alaba qozonadi va XII asr so‘ngida ko‘plab turkiy elatlardan iborat kuchli mo‘g‘ul davlatiga asos soladi. U ko‘chmanchi mo‘g‘ullarning odatlarini asos qilib, kuchli va markazlashgan davlat tuzadi. XIII asr boshlariga kelib qo‘shni davlatlarni bosib olishga kirishiladi. Jumladan, bu davr oralig‘ida Sibir, Sharqiy Turkiston va Xitoy yerlari egallanadi. 1218-yilga kelib Temuchin davlati hududiy tuzilishi bo‘yicha 60 ta tumandan iborat bo‘lgan. 1219-yil fevralda O‘trorga mo‘g‘ullar qo‘shinining kirib kelishi bilan O‘rta Osiyo hududida hukmronlik qilayotgan Xorazmshohlar davlatiga yurish boshlanadi. 1221-yilda butun O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullar hukmronligi o‘rnatiladi. Davlat tizimining tepasida oliy hukmdor – xon turgan. U maxsus chaqiriladigan qurultoyda saylangan. Shu bilan birga oldin hokimiyatni boshqargan xonning vasiyati ham hisobga olingan. Taxt meros tariqasida 134 o‘tishi mumkin bo‘lgan. U urush va tinchlik masalalarini, oliy boshqaruv lavozimlariga tayinlash va chetlatish masalalarini hal qilgan. Davlat va harbiy boshqaruvda o‘zini faol ko‘rsatgan mansabdor shaxslarni taqdirlash ishlarini olib borgan. Xon Chingizxon davrida va undan keyin ham davlatning asosiy hududi egasi bo‘lgan. U tarhon yorliqlarini chiqargan. Davlat boshqaruvida markazlashgan davlat mahkamalari tashkil etilmagan. Oliy boshqaruv saroy tomonidan amalga oshirilgan. Mamlakat hududi u tashkil topgan davrlardanoq uluslarga taqsimlanganligi bois markaziy boshqaruv ta’sis etilmagan. Faqat ulus boshqaruvlari o‘rnatil- gan. Udel-ulus (o‘lkalar) xon yaqinlari hamda shahzodalar tomonidan meros tariqasida olingan va ular xoqonning vassallari bo‘lib hisoblangan. Markaz va ulus o‘rtasidagi aloqalar saroy tomonidan olib borilgan. Uluslar boshqaruvi borasida xon ulus hukmdori vafotidan so‘ng uni marhumning o‘g‘illari, nabiralari, yaqin qarindoshlaridan kimga o‘tishini tasdiqlagan. Masalan, Jo‘jining o‘limidan so‘ng Botuxon uning ulusiga hukmdor qilib tayinlangan. Shuni ta’kidlash joizki, Chingizxon barcha o‘g‘illarini davlatni hamjihatlikda boshqarishga chaqiradi. Jumladan, u shahzodalar oldida to‘rtta kamon o‘qini alohida sindirib ko‘rsatadi. Keyin esa to‘rtta o‘qni birlashtirib, sindirish uchun berganda hech bir o‘g‘ili sindira olmaydi. Shunda aytadiki bu o‘qlar ham sizlarga o‘xshar, agar barchangiz birikib, biringizni podshoh qilib unga bo‘ysunsangiz, sizlarni hech kim mahv eta olmaydi» 1 . Davlatning oliy boshqaruv organi Qurultoy bo‘lgan. Unda yuqori mavqega ega urug‘ zodagonlari, yirik harbiy qo‘mondonlar ishtirok etgan. U juda muhim masalalarni hal qilishga vakolatli hisoblanadi. Uning yig‘inida xon yakka holda zodagonlarni jazolashi mumkin bo‘lgan. Saroy boshqaruv tizimida saroy xo‘jaligi boshqaruvchilari, tungi tanaqo‘riqchilari, tana qo‘riqchilari, qo‘riqchilar, kamonchilar, kunduzgi xizmatchilar, tungi xizmatchilar va boshqalar faoliyat olib borgan. Chingizxon o‘zining eng ishonchli va fidoyi odamlarini saroyning asosiy muhim lavozimlariga qo‘yadi. Masalan, o‘zining to‘rt o‘g‘lini har qaysisining qobiliyati va saviyasini hisobga olib, davlat lavozimlariga biriktiradi. Jumladan, katta o‘g‘li Jo‘jixon – saroydagi tantana va ovni tartib etishga, ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxon – lashkar ishlariga, uchinchi 1 Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling