O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Tabaqa-vakillik monarxiyasi (XIII asrning ikkinchi yarmi – XV asr).
Bu davrda ijtimoiy tuzumda muhim voqealar yuz beradi. Jumladan, 1215-
yil baronlar boshchiligida qirol hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘olon bo‘lib 
o‘tadi. Natijada Erkinliklarning buyuk xartiyasi qabul qilinadi. U rasman 
Angliyadagi birinchi konstitutsiyaviy qonun hisoblanadi. Shuningdek, 
1258–1267-yillarda fuqarolar urushi bo‘lib o‘tadi. Oqibatda oliy 
hokimiyat qo‘ldan qo‘lga o‘tib, qayta egallanadi va Angliyada parlament 
vujudga keladi. 
Davlat boshqaruvida qirol hokimiyatining mavqei tushib, cherkov 
uning ustidan o‘z ta’sirini o‘rnatadi. Parlament dastlab tabaqa-vakillik 
organi shaklida bo‘lib, unda uch toifa vakillari qatnashgan. So‘ngra tez 
orada yirik feodallar tarkibida yig‘iladigan bo‘ldi. 1295-yilgacha boshlab 
yana barcha tabaqa vakillaridan iborat holda muntazam yig‘iluvchi 
organga aylanadi. Parlament 1343-yildan boshlab yuqori – lordlar va 
umumpalataga bo‘linadi. U keyinchalik quyidagi vakolatlarni qo‘lga 
kiritadi: qonun chiqarishda ishtirok etish, qirol xazinasi foydasiga 
aholidan soliqlar olish haqidagi masalalarni hal etish, oliy mansabdor 
shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish hamda ba’zi hollarda maxsus 


 128
sud ishlarini yuritish. Parlament davlat boshqaruvini o‘ziga bo‘ysundirish 
yo‘lida XIV asrning oxirida impichment protsedurasini joriy etadi.
XIII asr davomida yangi ijroiya organi Qirollik kengashining 
rivojlanishi sodir bo‘ladi. Ilgarigi qirolning eng yirik vassallari yig‘ini 
bo‘lgan Katta kengashning funksiyalari endi parlamentga o‘tadi. Yangi 
kengash tor doiradagi oliy ijroiya va sud organi hisoblangan. Uning 
tarkibiga qirolning yaqin maslahatchilari, odatda kansler, xazinachi, 
sudyalar va vazirlar kirgan. 
Mahalliy boshqaruv vakolatlari eski sudlar va graflik majlislari 
qo‘lidan chiqib, yangi mansabdor shaxslarga va sayyor sudlarga o‘tadi. 
Ularning vakolatlari tobora kengayib boradi. Joylarda konstebllar 
politsiyachilik funksiyalariga ega bo‘lganlar.
XIII–XIV asrlarda sud tizimining ixtisoslashuvi jadallashgan. Biroq 
ko‘pgina muassasalarning ma’muriy va sud hokimiyati ajratilmagan. Bu 
davrda Angliyada Qirol kursisi sudi, Umumiy tortishuvli sud va Xazina 
sudi oliy sudlar hisoblangan. Ulardan adolat yuzasidan ish ko‘ruvchi 
Lord-kansler sudi ajralib chiqadi. XIV asrda umumiy sayyor sudlar 
o‘rnini ancha ixtisoslashgan sayyor komissiyalar egallaydi. Bu davrda 
shuningdek, cherkov sudlari ham faoliyat yuritgan.
Absolut monarxiya davri (XV asrning oxiri – XVII asrning o‘rtasi).
Angliyada absolut monarxiya boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi 
feodalizm inqirozi va kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining 
vujudga kelishi davrida o‘rnatilgan.
Bu davrda hokimiyat va boshqaruvning oliy organlari qirol, yashirin 
kengash va parlament edi. Real hokimiyat qirol qo‘lida to‘plangan. U 
ko‘p sonli va faqat o‘ziga bo‘ysunuvchi organlar orqali qonun chiqarish, 
ijro etish va oliy sud hokimiyatini amalga oshirgan.
Yashirin kengash oldin mavjud bo‘lib, bu vaqtda batamom 
rasmiylashgan. U davlatning oliy mansabdor shaxslari bo‘lgan lord-
kansler, lord-xazinasi, qirolning shaxsiy muhrini saqlovchi lord va 
boshqalardan iborat edi. Kengash tarkibi doimiy bo‘lmagan. Uning 
vakolatlarini qirol belgilagan bo‘lib, maslahat organi edi. Ushbu kengash 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organi sifatidagi faoliyatini 
komissiyalari va komitetlari orqali bajargan. Uning farmon va ordo-
nanslari parlament hujjatlari bilan tenglashtirilgan.
Parlamentning vakolatlari absolutizm davrida ham ilgarigidek 
saqlanib qoladi. U oldingi davrlardagidek, soliq va yig‘imlar miqdorini 
o‘rnatish imtiyoziga ega edi. 


 129
Cherkov ustidan ham bu davrda qirol hokimiyati o‘rnatilib, islohotlar 
o‘tkaziladi. Mamlakatda oliy cherkov organi – Yuqori komissiya tashkil 
etilgan. U diniy xarakterdagi ishlar yuzasidan tashkiliy va nazorat etish, 
diniy-targ‘ibot vakolatiga ega bo‘ladi.
Absolutizm o‘rnatilishi bilan mahalliy organ tizimi, ularning 
markaziy boshqaruv organlari bilan munosabati belgilanadi. Asosiy 
o‘zgarishlar tariqasida lord-leytenant mansabi joriy etiladi, cherkov 
prixodi (qavmi)ning quyi mahalliy birlik sifatida rasmiylashtiriladi. Lord-
leytenant bevosita qirol tomonidan graflikka tayinlangan. U mahalliy 
ko‘ngilli qo‘shinlarga boshchilikni, murosaga keltiruvchi sudyalar va 
konstebllar faoliyatiga rahbarlikni yuritgan. 
Angliya davlati XVI–XVII asrlarda Britaniya orolining egallanmagan 
hududlarini bosib olishga qaratilgan harakatini kuchaytiradi. Amalda bu 
bir necha davlatlar mustamlakaga aylantirilishi bilan tugaydi. Qo‘shinni 
tashkil etishning asosiy tamoyillari uncha o‘zgarmagan. Bu borada 
davlatning monopol huquqi o‘rnatiladi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling