O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
-§. Movarounnahrda markazlashgan Amir Temur davlatining
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
1-§. Movarounnahrda markazlashgan Amir Temur davlatining
tashkil topishi va uning davlat boshqaruv apparati Ma’lumki, Amir Temur butun jahonga mashhur va buyuk qudratli davlat barpo etgan. Uning tashkil etgan bu davlati o‘zbek milliy davlatchiligi davomi bo‘lib hisoblanadi. Bu fikrning tasdig‘ini Amir Temurning quyidagi so‘zlarida ham ko‘rishimiz mumkin: «Biz kim, Mulki Turon Amiri Turkistonmiz. Biz kim, millatlarning eng qadimi va eng ulug‘i Turkning bosh bo‘g‘inimiz». Amir Temur o‘zbek davlat- chiligini tashkil etish bilan Markaziy Osiyoda mo‘g‘ullar mustam- lakachiligiga barham berdi. Islom dini, shariat qoidalarini qo‘llab- quvvatladi. Amir Temurning o‘zbek davlatchiligi oldida qilgan xizmatlaridan biri shundaki, u 150 yillik uzoq bir davr o‘tib, odatlar, an’analarda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lganiga qaramay, qadimdan mavjud bo‘lgan o‘zbek davlatchiligi boshqaruv tizimining eng ilg‘or namunalarini qaytadan tikladi. Davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatini belgiladi. Jumladan, jamiyat a’zolarini 12 tabaqaga ajratib, davlatchilik asoslarini mazmunan boyitdi. Sohibqiron Amir Temur shaxsi va o‘gitlari bugungi kundagi ahamiyati kattadir. Hozirgi kunda istiqlol sharofati tufayli Amir Temur shaxsi va faoliyati milliy davlatchilik tajribasi nuqtai nazaridan o‘rganilmoqda. Temur tuzuklari esa boy ilmiy-ma’naviy meros sifatida qadrlanib kelinmoqda. Ushbu so‘zlarimizning isboti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tmoqchimiz: «Bizning tariximizda Amir Temurday ulug‘ siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pandu-o‘gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo‘l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o‘rganmasdan, ta’riflamasdan, targ‘ibot qilmasdan haqqimiz yo‘q» 1 . Mamlakatimiz rahbarining ushbu fikrida mavzuning dolzarbligini yana bir marotaba ko‘rish mumkin. 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ⱥɦɢɪ Ɍɟɦɭɪ – ɮɚɯɪɢɦɢɡ, ԑɭɪɭɪɢɦɢɡ// əɧɝɢɱɚ ɮɢɤɪɥɚɲ ɜɚ ɢɲɥɚɲ – ɞɚɜɪ ɬɚɥɚɛɢ. Ɍ.5. –Ɍ., 1997. –Ȼ.190–191. 145 Prezident Islom Karimovning yana quyidagi fikrlarini keltirish o‘rinlidir: «Hamisha xalq g‘amini, yurt g‘amini o‘ylab yashagan Sohibqiron yovlar oyog‘i ostida toptalgan o‘lkani dunyoning eng qudratli saltanatiga aylantirgan edi. Kelinglar, aziz do‘stlar, barchamiz yakdil bo‘lib, halol mehnatimiz, aqlu zakovatimiz, Vatanga muhabbatimiz bilan O‘zbekistonni jahon havas qiladigan buyuk davlatga aylantiraylik. Bu yo‘lda bobokalonimizning: «Adolat va ozodlik – dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin» degan dono o‘gitlari doimiy shiorimiz bo‘lsin» 1 . Amir Temur hijriy 736-yil (milodiy 1336-yil 9-aprel)da Qashqadaryo vohasining Shahrisabz (Kesh) bekligiga qarashli Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida, barlos Tarag‘ay xonadonida tavallud topgan. Otalari – turkiy barlos urug‘ining biyi (oqsoqol) Muhammad Tarag‘ay, onalari Sadr ash-shari’a ɭɪɭԑɢɞɚɧ Ȼɭɯɨɪɨ qonunlarini sharhlovchisining qizi Takina Muhibegimdir. Amir Temur quyidagi unvonlarga ega bo‘lgan: Sohibqiron - Zuhro va Mushtariyning bir-biriga yaqinlashish holati «Qiron burji» deb ataladi. Amir Temur Zuhro (Venera) va Mushtariy (ɘɩɢɬɟɪ) bir-biri bilan yaqinlashganda tug‘ilgan. E’tiqodga ko‘ra bunday bola kelajakda toj- saltanat va baxtu-iqbol egasi bo‘ladi; Qutbiddin – zamona peshvosi, yo‘l ko‘rsatuvchisi, avliyo; Ⱥɛɭɥɦɚɧɫɭɪ – zafarmand, g‘alaba qozonuvchi. Amir Temur 1405-yil 18-fevral kuni Xitoyga yurish chog‘ida O‘trorda vafot etadi. U umrining eng so‘nggi daqiqalarigacha faqat bir narsani – el-yurt osoyishtaligi va ravnaqini o‘yladi. Bu uning vasiyatlarida o‘z aksini topgan: Zo‘ravonlikka monelik qilish ishini kechiktirish mamlakatni xavfu xatar ostida qoldiradi, jumlayi xaloyiqning huzur halovatini buzadi, maslagu-tariqatning buzilishiga olib keladi. Qiyomat kuni bizdan so‘raydilar, surishtiradilar. Shu kundan e’tiboran farzandimiz (nabiramiz) Pir Muhammad (ibn) Jahongirni o‘zimizga valiahd va toju taxt vorisi etib tayinladikkim, Samarqand taxti uning amri farmonida bo‘lg‘ay, tamkinlik va istiqlol bilan mulku millat, lashkar va rayyatning muhim yumushlari bilan mashg‘ul bo‘lsin. Sizlar esa unga tobelik va bo‘ysunish marosimini o‘rniga qo‘yinglar, birgalikda uni qo‘llab-quvvatlanglar, toki olam buzilmasin… . Mamlakat manfaati va xalqlar farovonligi bobida (kishilar tajribasida) nimaiki aytilgan bo‘lsa, yodda tutinglar. Rayyat va qo‘l ostingizdagilar ahvolidan bexabar qolmang. Qilich dastasini shijoat va mardlik qo‘li bilan mahkam 1 Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling