O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


-§. Mustaqil o‘zbek xonliklarining vujudga kelishi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

2-§. Mustaqil o‘zbek xonliklarining vujudga kelishi
va ularning davlat tuzumi 
XVIII–XIX asrlar o‘zbek davlatchiligi tarixidagi muhim 
bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu vaqtga kelib, 2400 yillik ulkan tarixiy 
taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lgan o‘zbek davlatchiligida tarqoqlik holati 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bir vaqtning o‘zida Buxoro, Xiva va Qo‘qonda 
alohida davlatlar faoliyat ko‘rsatadi. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib 
O‘rta Osiyoda boshlangan yangi davr xonliklarning iqtisodiy rivojlanish 
davri bo‘lib hisoblanadi. Bu davrda Xivada qo‘ng‘irotlar, Buxoroda 
mang‘itlar va Qo‘qonda minglar hokimiyatni egallaydi. XIX asrning 
ikkinchi yarmidan esa ular Rus davlati tomonidan mustamlakaga 
aylantiriladi. 
Buxoro amirligi XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab oliy 
hokimiyat vakillari – ashtarxoniy xonlari o‘rnini amirlar egallashi bilan 
tashkil topadi. Jumladan, Nodirshoh davrida amaldagi hokimiyat egasi 
Muhammad Hakim amiri kabir buyuk amir unvonini oladi. Uning o‘g‘li 
Muhammad Rahim otaliq (1747–1758-y.) 1748-yil Eron taxt vorisi 


 163
Abdulfayzning o‘g‘li Abdulmo’min (chingiziylardan bo‘lgan 9 yoshli 
bola)ni o‘ldiradi va 1753-yil zodagonlar hamda ruhoniylar roziligi bilan 
Buxoro taxtiga amir unvoni bilan o‘tiradi. Shu tariqa Buxoro xonligi 
negizida tashkil topgan bu davlat oliy hukmdor unvonidan kelib chiqib 
amirlik nomi bilan yuritila boshladi. Hokimiyat tepasiga mang‘itlar 
sulolasi keladi va bu sulola 1920-yili inqilob natijasida hokimiyatdan 
chetlashtiriladi. 
Buxoro amirligida dastlabki davrda Muhammad Rahim tomonidan 
mamlakatni markazlashtirishga qaratilgan ma’muriy-siyosiy islohotlar 
amalga oshiriladi. Shoh Murod (1785–1800-y.) soxta xonlik an’anasiga 
chek qo‘yilib, amir unvoni bilan rasman taxtga o‘tiradi. U mamlakatda 
qattiq tartib intizom o‘rnatadi. Soliq islohotini amalga oshirib, ayrim 
soliqlarni bekor qiladi. 
Oliy hokimiyat egasi amir hisoblangan. Uning huzurida yirik yer 
egalari, ruhoniylar va davlat xizmatchilaridan iborat maslahat kengashi 
mavjud bo‘lgan. 
Davlat boshqaruvida ko‘chmanchi aholi qabila boshliqlari, ya’ni 
inoqlar (katta inoq, kichik inoq) ham faol ishtirok etishgan. Ular ko‘proq 
qo‘shimcha topshiriqlarni ijro etishgan. Xususan, kichik inoqda oliy 
hukmdor muhri saqlangan.
Buxoro amirligida markaziy boshqaruv dargohda mujassamlangan. 
Qushbegi amirdan keyingi oliy mansabdor shaxsga aylangan. U mamlakat 
boshqaruvi, xazina va poytaxtdagi ahvolni nazorat qilgan. Shuningdek, 
unga barcha viloyatlar bo‘ysungan. Devonbegi oliy mansabdor 
shaxslardan hisoblangan. U xazina kirim-chiqimi, saroy xo‘jaligi va zakot 
yig‘ish ishlarini boshqargan. Odatda, u quyi qushbegi deb atalgan. Otaliq 
asosan Samarqand va Buxoro, ya’ni amirlikning markaziy hududlarining 
suv taqsimotiga bosh bo‘lgan.
Saroyda shig‘ovul amirning shaxsiy yordamchisi bo‘lgan. U elchilar 
qabulini ham uyushtirgan. Udaychilar amirga joylardagi ahvol to‘g‘risida 
axborot berib turuvchilar bo‘lgan. Mirza (munshiy) amirning shaxsiy 
kotibi va amir qabulxonasi boshlig‘i hisoblangan. Pavronachi oliy 
hukmdor yorliqlarini tegishli kishilarga yetkazish va arablar aholisi bilan 
shug‘ullanishni amalga oshirgan. Dodxoh amir nomiga kelgan arzlarini 
amirga va uning javobini manfaatdorlarga yetkazishga mas’ul bo‘lgan. 
To‘qsabo dastlab hukmdor oldiga taom tortish ishini bajargan. XIX asrga 
kelib esa harbiy mansabdor shaxs darajasiga ko‘tarilgan. Ko‘kaldosh 
mamlakat miqyosida xavfsizlik xizmatini boshqargan. Yuqorida 
ko‘rsatilgan mansabdorlardan tashqari qo‘shimcha lavozimlar ham joriy 


 164
etilgan. Ular zimmasiga ayrim hollarda boshqaruvga oid ishlar ham 
yuklatilgan. 
Qo‘shinga to‘pchilar qismining qo‘mondoni va Buxoro harbiy 
qarorgohi boshlig‘i rahbarlik qilgan. Qo‘rchiboshi qurol-aslahaga mas’ul 
hisoblangan. Udaychi urush paytida harbiylarni taqsimlovchi amaldor 
bo‘lgan. 
Shayxulislom mafkuraviy munosabatlar va din ishlarini boshqargan. 
Unga muxtasib, raislar, sadr (vaqf mulklari hisobi va nazorati bilan 
shug‘ullanuvchi)lar bo‘ysungan. Qozi Kalon umumiy sudlov va fuqarolik 
ishlarini yuritishga boshchilik qilgan. Unga qozi askar, joylardagi qozilar
va muftiy (rivoyat va fatvo bilan ta’minlovchi)lar bo‘ysungan. Amir Shoh 
Murod davrida sud tizimi islohotlari natijasida amir huzurida 40 nafar 
faqihdan iborat oliy mahkama ta’sis etiladi. XIX asr ikkinchi yarmiga 
kelib alohida ishlar va 2000 so‘mdan ortiq nizoli ishlar Qozi Kalon 
tomonidan ko‘rib chiqilgan. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling