O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Xiva xonligi. Xorazm dastlab temuriy Sulton Husaynga, XVI asr 
boshlarida Muhammad Shayboniyxon hukmronligi ostida bo‘lib, 
Samarqand siyosiy doirasida edi. So‘ngra qisqa muddat Eron shohi Ismoil 
safaviy noiblari tomonidan boshqarilgan. 1511–1514-yillarda Xorazmda 
mahalliy namoyandalar harakati bilan Dashti qipchoqlik ko‘chmanchi 
o‘zbeklar vakili Elbarsxon hokimiyatni egallaydi. Shu tariqa 1505–1770-
yillarda Xorazmni asosan shayboniylar sulolasi namoyandalari boshqar-
gan. 1770-yili esa Xorazmda hokimiyat amalda qo‘ng‘irot sulolasidan 
Muhammad Amin inoq qo‘lida mujassamlashadi. Shu tariqa mazkur 
hududda yangi sulola – qo‘ng‘irotlar faoliyati boshlangan. 1763–1806-
yillarda ular umumtan olinguncha rasmiy davlat boshlig‘i sifatida tan 
olingan chingiziy xonlarni taxtga o‘tqazib kelganlar. Bu sulolaning 
vakillari Xorazmda 1920-yilgacha hukmronlik qilganlar. 
Dastlab siyosiy markaziy Urganch hisoblangan. Arabxon (1602–
1621) davrida poytaxt Xivaga ko‘chirilgan. Shunga ko‘ra xonlikni Xiva 
xonligi deyish odat tusiga kirgan. Mamlakat 1873-yildan boshlab Rossiya 
imperiyasiga yarim qaram holatida bo‘lib kelgan. 
Xiva xonligining boshqaruvi Buxoro amirligi boshqaruvidan ko‘p 
farq qilmagan. Bu davlatda ham boshqa xonliklarda ko‘rganimizdek, 
saroy lavozimlari va mansablar mavjud. Davlat hokimiyatining o‘ziga xos 
tizimi mavjud bo‘lgan. Siyosiy boshqaruvda xonlik tashkil topgan ilk 
davrlardan boshlab yuz berayotgan o‘zgarishlar jarayonida yangi 
lavozimlar joriy etilib, ba’zi lavozimlarning mavqei va vakolat doirasi 


 165
nisbatan o‘zgarib borgan bo‘lsa-da, siyosiy tuzumda jiddiy o‘zgarishlar 
ro‘y bermagan. 
Xiva xonligi uncha kuchli bo‘lmagan tarqoq davlat bo‘lgan. XVI 
asrda xonlik hududi xon xonadoniga mansub bo‘lgan sultonlar o‘rtasida 
taqsimlangan bo‘lib, ular o‘zlariga tegishli yerlarni mustaqil bosh-
qarganlar. Shunga ko‘ra xon mamlakatda mutlaq hokimiyatga ega 
bo‘lmagan. Xon hokimiyati uning yoshlikdagi otalig‘i tomonidan 
bamaslahat holda kelishib olib borilgan. Oila a’zolari maslahati bilan xon 
majburan taxtdan chetlashtirilishi mumkin bo‘lgan. Umumiy boshqaruvni 
kelishuv asosida amalga oshirgan. 
Mamlakat boshqaruvida ko‘chmanchi o‘zbek qabilalarining boshliq-
lari inoqlar katta ta’sirga ega bo‘lishgan. Ular xon saylash tadbirida 
ishtirok etishgan. O‘z qabilasi va uning hududini boshqarishgan. Bir 
vaqtning o‘zida xonning maslahatchilar hisoblanishgan. 
Oliy hokimiyat deyarli barcha davrlarda vasiyat asosida sulolaning 
yoshi katta vakiliga meros tariqasida o‘tgan. Odatda, taxt otadan o‘g‘ilga 
meros qolgan. Yangi xonning taxtga o‘tirishi munosabati bilan xonni 
ko‘tarish, ya’ni saylash tadbiri o‘tkazilgan. 
Oliy hokimiyat xon qo‘lida bo‘lib, u davlat, qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud hokimiyati boshlig‘i hisoblangan. Xonlikdagi eng oliy 
mansabdor shaxs va oliy hokimiyat egasi bo‘lib, o‘z navbatida oliy 
qo‘mondon sifatida harbiy sohaga boshchilik qilgan. Shuningdek, 
ko‘chmanchi aholi vakillarining yer, suv, soliq va harbiy munosabatlarini 
hal etgan. Ayrim hollarda aholi murojaatiga ko‘ra ichki munosabatlarga 
xon tomonidan aniqlik kiritilgan.
Xon davlat boshlig‘i sifatida mamlakat ichki va tashqi siyosatda uzil-
kesil qaror qabul qilish, xalq safarbarligini e’lon etish, bosh qo‘mondon 
sifatida qo‘shinga rahbarlikni qo‘lga olish vakolatiga ega bo‘lgan. Xon 
sudi saroy markaziy harbiy sudi hamda siyosiy, o‘ta og‘ir va mansabdor 
shaxslarga oid jinoyatlarni ko‘ruvchi oliy suddan tashkil topgan. Xonlar 
o‘z vakolati doirasida islom qonunchiligi usuli va yassa aqidalariga 
tayangan holda nishon, yorliq, farmon va hukmlar chiqargan.
Xonlar odatda, aholining mansabdor shaxslar ustidan shikoyati bor 
paytda saroyda arz so‘raganlar. Saroyda arz so‘rashning ma’lum kunlari 
tayin etilgan. Zaruriy suratlarda xon mamlakatdan uzoqda payti arzni 
Kengash a’zolari tinglashgan. Bundan tashqari, xonlar muayyan vaqtlarda 
xalq oldiga chiqib turgan. Davlat boshlig‘i uchun ham farz ham qarz 
hisoblangan bu an’ana «ko‘rinush» deb atalgan. 


 166
Rus podsholigi mustamlakachiligi davrida xon vakolatlari bir muncha 
o‘zgaradi. Mamlakat ichki boshqaruvida vakolatlar deyarli bekor 
qilinmaydi. Balki, rus davlati manfaati nuqtai nazaridan majburiyatlar 
yuklanib, tashqi faoliyat bilan bog‘liq vakolatlari qisqaradi. 
Saroyda oliy maslahat kengashi mavjud edi. U yuqori qonun 
chiqaruvchi, ma’muriy va sud hokimiyatini amalga oshirgan. Uning 
yig‘ilishlari «mashvarat», «majlis» deya nomlangan. Tarkibi turli 
davrlarda mahalliy miqyosiga ko‘ra turlicha bo‘lgan. Unda asosan 
siyosiy, moliyaviy va harbiy ishlar muhokama qilingan.
Xonlik aholisining muqim yashashiga ko‘ra, davlat hududi ikki 
qismga, ya’ni ko‘chmanchi aholi istiqomat qiladigan shimoliy hudud va 
o‘troq aholi yashaydigan janubiy hududga bo‘lingan holda boshqarilgan. 
Har bir oliy va markaziy mansabdor shaxslar xon tomonidan 
lavozimga tayinlangan va lavozimdan ozod etilgan. Odatda, lavozimlar 
xon tasdig‘idan so‘ng meros tariqasida o‘tgan. Ularning huzurida doimiy 
faoliyat ko‘rsatuvchi mahkamalar joriy etilgan. 
XIX asrning birinchi yarmida xondan keyin oliy lavozim qushbegi 
mansabi hisoblangan. U vaziri a’zam maqomida bo‘lgan. XIX asrning 
ikkinchi yarmiga kelib vaziri a’zamlik mehtarga o‘tadi. Keyinchalik esa 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling