O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
devonbegining mavqei kuchayadi. U asosan boshqaruv, saroy kotibiyati
va davlat devonini boshqarish, soliq, moliya ishlari, balki harbiy yurishlarga bosh bo‘lish, qo‘shin ta’minoti va dushman bilan muzokara ishlarini ham olib borgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ta’sis etilgan vaziri jumlat ul- muluk, bosh vazir xondan keyingi ikkinchi o‘ringa chiqqan. XX asr boshida esa devonbegining ayrim vakolatlari ham unga o‘tgan. Ular bevosita xonga bo‘ysunishgan va bir vaqtning o‘zida xon maslahatchisi ham hisoblanishgan. Ular xon ruxsati bilan xonlik nomidan ish ko‘rish, xususan qo‘shni xalqlar va davlatlar bilan sulh tuzish huquqiga ega bo‘lgan. Ba’zi hollarda oliy mansabdor shaxslardan iborat tor tarkibli majlis ishlagan. Unda ularning hisobotlari, taklif va e’tirozlari eshitilgan. Qushbegi mamlakatning janubiy qismini, mehtar esa shimoliy qismini idora qilgan. Xonlikdagi diniy ishlar nazorati shayxulislom zimmasida bo‘lgan. U diniy sohaga oid barcha huquqiy, fatvo chiqarish, axloqiy-tarbiyaviy, madaniy-ma’naviy ishlar va amaldorlar ustidan nazoratni amalga oshirgan. Ular turli siyosiy-diniy marosimlardan tashqari, harbiy yurishlarda ham fatvo beruvchi muftilar boshlig‘i, harbiy sharoitda shariat me’yorlarini bajarish yuzasidan mas’ul va qo‘shin shaxsiy tarkibini 167 ma’naviy-ruhiy rag‘batlantiruvchi ruhoniy, qozi askar nazoratchisi va gohida biror harbiy bo‘linma boshlig‘i sifatida qatnashgan. Joylardagi shariat bo‘yicha axloqiy normalar bajarilishini raislar bajargan. Ular qozilar bilan sheriklikda ish olib borishgan. Bosh mutavalliy xonlikdagi katta lavozim sanalgan. Mutavalli vaqf bo‘yicha masjid, madrasalar faoliyatini boshqargan va nazorat qilgan. A’lam muftilar boshlig‘i, tabiblar boshlig‘i (sarvari atibbo, tabiblar sarvari) ham markaziy boshqaruv amaldorlari hisoblanadi. Amir ul-umaroga xonlikning chegara viloyatlarida qo‘shinni qurollantirish va saflash, o‘q-dori va qurol-yarog‘ bilan ta’minlash vazifalari yuklatiladi. Asosan u harbiy ta’minotni amalga oshiruvchi amaldor bo‘lgan. Ushbu lavozim 1763–1770, 1855–1873-yillardagina mavjud edi. Davlatdagi shariatga asoslangan sud-jazo normalarini tartibga solish, ijrosini nazorat etish ishlarini qozikalon boshqargan. U qozilar ishlari nazorati, ular chiqargan ayrim hukmlarni bekor qilish ishlarini bajargan. Qozilarni mansabga tayinlash ishlarini xon tasdig‘idan o‘tkazib olgan. Yer-mulk, qarz tilxati kabilarga muhr bosgan. Aytish lozimki, joylardagi qozilar qozikalon tavsiyasi, ammo, xon hukmi bilan mansabga tayinlanib, ozod qilinganlar. Qozi askar yoki qozi urdu harbiy sud ishlarini amalga oshirgan. Harbiy safarlarda xon bilan birga ishtirok etishi shart bo‘lgan. Tasodifiy yoki baxtsiz hodisalar to‘g‘risida hukm chiqarish uning zimmasida bo‘lgan. Suv xo‘jaligi sohasi mirobboshi tomonidan boshqarilgan. Naqib ruhoniylar va ta’lim-tarbiya sohasidagi mutasaddilar boshlig‘i, saroydagi diniy-siyosiy, xarajat ishlarni nazorat etuvchi va urush oldidan harbiy ishlarning moliyaviy tomonlarini tartibga solish bilan shug‘ullangan. Yasovulboshi shaxsan xon muhofazasi, saroy qo‘riqchiligi, maxfiy mahkama va harbiy ishlarda rahbarlik faoliyatini amalga oshirgan. Unga yasovullar, mirshablar, mahallalardagi militsiya xizmatini o‘tovchi dorug‘alar, urug‘lar ichidagi bahodurlar, shotirlar, saroydagi eshikog‘alari bo‘ysungan. XX asr boshlarida saroyda yasovulboshi lavozimining mavqei oshadi. Saroyda doimiy majburiyat yuklatilmagan, lekin davlat ishlarida muhim rol o‘ynovchi, xususan xon topshiriqlari ijrosini amalga oshiruvchi, xon tomonidan berilgan vaqtinchalik vakolatlardan foydalanuvchi va meros tariqasida o‘tuvchi yordamchi mansabdor shaxs lavozimlari toifasi va saroy xo‘jalik mansablari (xon chuhralari) joriy etilgan. Jumladan, saroyda mahrambegi va mahramlar (xonning bevosita 168 xizmatchisi yoki shaxsiy yordamchisi), mirzaboshi (kotiblar boshlig‘i), mirza(lar), maxfiy kotib (maxfiy hujjatlarni tayyorlovchi), xazinachi, xudaychi (davlat boshqaruviga oid barcha hujjatlarni saqlovchi), muftilar, mushriflar, eshikog‘asi, ikki eshikog‘asi, munodargon (xon farmonlarini xalqqa yetkazuvchi), devon (she’riy devon tartib qiluvchi), poshshob (jallod) va boshqa shaxslar faoliyat ko‘rsatgan. Qo‘shin boshqaruvida naqib bosh qo‘mondon hisoblangan. Yasovulboshidan keyin mingboshi mansabi turgan. Mingboshi shamxolchi, ya’ni, mergan o‘qchilar dastasiga boshchilik qilgan. Yuzboshi ham o‘qchilar boshlig‘i hisoblanadi. Yuzboshilar qo‘l ostidagi sipohi (qurollangan harbiy)lar, sarhanglar (harbiy istehkom quruvchilar) va qutvollar qazuv va grajdanlik qurilish ishlariga ham jalb etib turilganlar. Mamlakatda huquq-tartibot ishlari yasovullik, mirshablik, posh- shoblik, dorug‘alik, kalontarlik, tunqotarlik xizmatlari va qozixonalar zimmasida bo‘lib, eshikog‘alari, oqsoqollar, miroblar, o‘nboshi va yuzboshi, navkarlar, dorug‘alar, kadxudo, kalontarlar tomonidan amalga oshirilgan. Butun xonlik miqyosida joylarda asosan shaharlarda mirshablar xavfsizlik, jamoat tartibi va intizomni saqlash faoliyat bilan shug‘ullangan. Shuningdek, shariat normalarining buzilishini oldini olish, qamoq joyi, ya’ni zindonda hukm qilinganlarni saqlash va qo‘riqlash ishlarini ham amalga oshirganlar. Ular yuzboshi va yasovulboshiga bo‘ysungan. Xonlik ma’muriy-hududiy jihatdan viloyatlarga taqsimlangan va hokimlar tomonidan boshqarilgan. Quyi boshqaruv oqsoqollar tomonidan yuritilgan. Ko‘chmanchi o‘zbek qabilalari boshliqlari, ya’ni oliy mansabdor shaxslari «inoq» (jami 4 ta ) deb atalgan. Qoraqalpoq aholisi va turkman xalqlarida oliy mansabdor shaxslar «biy» deb yuritilgan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling