O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


-§. Angliya huquqi manbalari


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

2-§. Angliya huquqi manbalari
Angliya huquqiy tizimi, jumladan huquq manbalari davlatchilik 
taraqqiyoti bilan o‘ta uzviy bog‘liqlikda shakllangan. Angliyada qabul 
qilingan konstitutsiyaviy qonunlar asosiy huquq manbalarini tashkil 
etgan. Jumladan, Lavellerlar tomonidan 1647 -yilda «Xalq bitimi» e’lon 
qilingan, bo‘lib, unda demokratik tamoyillar keng tarzda belgilangan, 
«umumiy huquq» tizimining isloh qilinishi talab etilgan.
1628-yilgi Huquq to‘g‘risidagi petitsiyada parlament oppozitsiyasi 
Erkinliklarning buyuk xartiyasiga tayangan holda qirolning fuqarolar 
hayoti va mulkiga nisbatan huquqlari cheklangan. 1640-yil 3-noyabrdan 
1653-yil aprelgacha, ya’ni «uzoq parlament» ish olib borgan davrda ikki 
palatadan iborat parlament vakolati doirasida qator qonun va ordonanslar 
chiqarilgan. 1649-yil 4-yanvarda umumpalata o‘zini Angliyada oliy 
hokimiyat egasi, uning qarorlari qirol va lordlar palatasining roziligisiz 
qonun kuchiga ega, deb e’lon qildi. 
1653-yilda uzoq parlament tarqatilgandan so‘ng Angliyaning 
«Boshqarish quroli» deb nom olgan yangi konstitutsiyasi ishlab chiqildi. 
U Kromvel protektorati nomli diktaturani mustahkamladi. 1660-yilda 
parlament «Bred deklaratsiyasi»ni qabul qilishi natijasida ilgari amal 
qilgan siyosiy tuzum qayta tiklandi.
Parlament tomonidan 1679-yil 26-mayda qabul qilingan Xabeas 
korpus akt (Habeas Corpus act), ya’ni shaxs huquqlari kafolatlari 
haqidagi akt – qonunga ko‘ra, har qanday qamoqqa olingan mahbus 
shaxsan o‘zi yoki qarindoshlari va tanishlari orqali yuqori sudlardan 


 182
biriga Xabeas korpus haqida buyruq berishini talab qilishi mumkin edi. 
Bunday sudyalar tomonidan berilgan yozma buyruqqa asosan 
mahbusning ishini yurituvchi shaxs 24 soat ichida qamoqqa olish 
sabablarini ko‘rsatgan holda uni sudga olib kelishi lozim edi. Aks holda 
ish yurituvchiga nisbatan birinchi marta jarima, ikkinchi marta 
mansabidan bo‘shatish jazosi belgilangan. Sud qamoqqa olish asoslarini 
ko‘rib chiqib, mahbusni sudgacha garovga qo‘yib yuborish yo qamoqda 
ushlab turish yoxud butunlay ozod qilish haqida qaror qabul qilgan.
O‘zbekiston Respublikasida ayni bugungi kunda mazkur «Xabeas 
korpus» institutining joriy etilishi, ya’ni 2008-yildan ehtiyot chorasi 
sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga 
o‘tkazilishi muhim qadam bo‘ldi
1
.
1673-yilda Qirol qasamyodi to‘g‘risidagi akt qabul qilinib, uni 
qo‘llashga 1689-yildan boshlab alohida e’tibor berilgan. 1689-yilda 
konstitutsiyaviy monarxiyaning o‘rnatilganligi parlamentda shu yil qabul 
qilingan «Huquqlar to‘g‘risidagi Bill», 1701-yilgi «Taxt vorisligi 
haqidagi akt»da mustahkamlangan. 
«Huquqlar to‘g‘risidagi Bill» davlatning shakli, oliy boshqaruv 
organlari va ularning vakolatlari, fuqaro huquqlari va erkinliklari, soliq va 
qo‘shin masalalarini ham tartibga solgan. 
1701-yilda «Huquqlar to‘g‘risidagi Bill» qirol hokimiyatini 
cheklovchi bir qancha qoidalar bilan to‘ldirilgan. Ushbu qoidalar ingliz 
konstitutsiyasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, sud 
hokimiyatining ijroiya hokimiyatidan ajratilganligi e’lon qilingan. 
Sudyalarning almashtirilmasligi tamoyili bo‘yicha ular mansablaridan 
parlament qarori bilan chetlashtirilishi mumkin bo‘lgan. 
1701-yilgi «Taxt vorisligi to‘g‘risidagi akt» yana bir juda muhim 
konstitutsiyaviy qonundir. U orqali taxtning keyingi davrlarda aynan 
kimga va qaysi sulolaga o‘tishi mustahkamlangan. Ingliz konstitutsiyasi 
izchillik bilan tuzilmagan bo‘lsa-da, unda hokimiyatning taqsimlanishi 
g‘oyasi mujassamlangan. Shu tariqa davlat hokimiyatining juda muhim 
institutlari rasmiylashtirilgan. 
Shunday qilib, XVIII asr boshiga kelib Angliyada quyidagi uchta 
muhim konstitutsiyaviy qonun: Xabeas korpus akt; Huquqlar to‘g‘risidagi 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ
ɱɭԕɭɪɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ:
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ
Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ
Ɉɥɢɣ
Ɇɚɠɥɢɫɢ
Ԕɨɧɭɧɱɢɥɢɤ
ɩɚɥɚɬɚɫɢ
ɜɚ
ɋɟɧɚɬɢɧɢɧɝ ԕʆɲɦɚ ɦɚɠɥɢɫɢɞɚɝɢ ɦɚɴɪɭɡɚ. – Ɍ., 2010. – Ȼ. 22.


 183
Bill; Taxt vorisligi haqidagi akt qabul qilingan. Ular ingliz konstitut-
siyasining yozilgan qismini tashkil etgan. 
Ingliz konstitutsiyaisning o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, u 
yagona qonun hujjati bo‘lmagan. Uning muhim qismini amaliyotda 
o‘rnatilgan va yozilmagan shartli qoidalar tashkil etadi. Ana shunday 
qoidalar, ya’ni konstitutsiyaviy pretsedent (konstitutsiyaviy odatlar)ning 
o‘rnatilishi XVIII asrda ingliz konstitutsiyasining rivojlanishini 
belgilagan. Ulardan asosiylari qirolning ministrlar kabineti majlislarida 
qatnashmasligi, hukumatning saylovlarda g‘olib chiqqan partiya 
a’zolaridan tuzilishi, ministrlar kabinetining jamoa javobgarligi, qirolning 
veto huquqidan voz kechishi hisoblanadi. 
1707-yildan boshlab qirolning veto huquqidan umuman foydalanmay 
qo‘yishi butun qonun chiqarish hokimiyatini parlamentga o‘tkazgan. 
Keyingi davrlardagi huquqiy islohotlar aynan parlament qonun ijodkorligi 
natijasida kechadi. Jumladan, 1832, 1867 va 1911-yillarda parlamentni 
isloh qilishga qaratilgan qonunlar qabul qilinadi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlariga qadar jamiyat siyosiy tizimi bir 
qancha demokratik qonun chiqarish orqali yaxshilanib boradi. 
Konservator partiyasi tomonidan matbuot, ishlab chiqarish, mehnat 
shartnomalari, ish vaqti, bolalarning mehnatini muhofaza qilish, jamoat 
sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilingan. 
XIX asr oxirida saylov huquqini demokratlashtirishga qaratilgan 
qator qonunlar qabul qilindi. 1865-yilda Angliya parlamenti «Mustam-
lakalar qonunlarining haqiqiyligi haqidagi akt»ni qabul qiladi. Unga 
binoan mustamlaka parlamentlarga Angliya qonunlariga xilof bo‘lmagan 
qonun chiqarish va sud organlarini tuzishga oid huquqlar beriladi. 


 184
XI BOB. YANGI DAVR FRANSIYA DAVLATI VA HUQUQI 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling