O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


-§. Yangi davr Fransiya huquqiy tizimining xususiyatlari


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

2-§. Yangi davr Fransiya huquqiy tizimining xususiyatlari 
Ko‘rib chiqilayotgan davrda Fransiya huquqi tubdan isloh qilindi. 
1789-yilning may oyida yig‘ilgan General shtatlar deputatlari hudud 
bo‘yicha tubdan islohot o‘tkazib, Fransiyaning yagona huquqiy 
tizimini shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydilar. 
Ta’sis majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlar, aynan yangi 
jamiyatni qurish uchun yaratilgan qonunlar edi. 1789-yilning 29-av-
gusti va 18-sentabrida Ta’sis majlisi tomonidan qabul qilingan 
qonunlar erkin savdo prinsipini joriy qilishga olib keldi. Oktabr oyida 
zayomlar bo‘yicha foiz olishni taqiqlovchi qonunlar bekor qilingandan 
so‘ng, kredit operatsiyalarini o‘tkazishga keng yo‘l ochildi. 1790-
yilning 29-sentabrida o‘rta asr huquqi uchun xos bo‘lgan umrbod ijara 
huquqi bekor qilinib, mulkiy ijara muddati uchun yuqori muddat, ya’ni 
99 yil qilib belgilandi. 
1791-yilning fevralida Ta’sis majlisi o‘rta asr sexlarini tarqatib 
yubordi. 1791-yilning 2–17-maylarida bir qator qonunlar chiqarilib, 
o‘rta asrlarga taalluqli bo‘lgan savdo va hunarmandchilikka oid 
cheklashlar bekor qilindi va tadbirkorlik erkinligini e’lon qilindi. 
Ta’sis majlisining bu sohadagi faoliyatini qonunchilik majlisi va 
Milliy konvent davom ettirdi. 1790-yili qonun yo‘li bilan mayorat 
instituti tugatildi. 1791-yilning aprelida qabul qilingan meros huqu-
qiga o‘zgartirishlar kiritilib, bolalarning merosga teng huquqi 
belgilandi. 
1792-yili fuqarolik holatlarini belgilab beruvchi aktlarni o‘zgarti-
ruvchi qonunlar qabul qilinadi. Endilikda davlat tomonidan nikohdan 
o‘tilishi majburiy qilib belgilandi. Nikohni bekor qilishda keng 
erkinliklar berildi. Qonuniy va nikohsiz tug‘ilgan bolalarning 
huquqlari tenglashtirildi. 
Ta’sis majlisi 1790-yilning 21-avgustida dekret chiqarib, fuqaro-
lik, jinoiy va protsessual kodeks yaratish zarurligini e’lon qiladi. 
Ammo Ta’sis majlisi faqat jinoyat kodeksini ishlab chiqishga ulgurdi. 
Fransiya jinoyat kodeksi 1791-yilda qabul qilinib, u sodda va aniq 
tuzilishga ega edi. Uning «jazolar to‘g‘risida»gi birinchi qismida tan 
jazolari berish to‘g‘risida o‘rta asrlarga xos bandlar olib tashlandi. 
Jinoyat kodeksining ikkinchi qismi «jinoyatlar va jazolar to‘g‘risida» 
deb nomlanib, unda qanday qilmishlar jinoyatlar turkumiga kirishi 
to‘la yoritib berildi. 


 194
Jinoyat kodeksining o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, unda har 
bir qilmish uchun aniq mo‘ljallangan mutlaq-aniq sanksiyalar ko‘zda 
tutilgandi. Barcha jinoyatlar ikki guruhga bo‘linib, birinchi guruh, 
davlat manfaatiga qarshi qaratilgan jinoyatlardan, ikkinchi guruh esa, 
xususiy shaxs manfaatlariga qarshi jinoyatlardan iborat. Xususiy 
shaxsga qarshi jinoyatlar o‘z navbatida shaxsga va mulkka qarshi 
qaratilgan jinoyatlar guruhiga bo‘lingan. 
Qo‘llaniladigan jazo choralari 35 ta moddada o‘z aksini topgan. 
Kishilarning qadr-qimmatiga ta’sir etuvchi jazo choralaridan, oshkora 
tarzda shaxsning g‘ururini toptash, ustunga bog‘lab qo‘yish kabi 
jazolar saqlanib qolingan. Undan tashqari, katorga ishlari va yakka 
tartibda qamoqda saqlash kabi jazo choralari mavjud bo‘lgan. 
XIX asrning boshlarida (1804–1810-y.) o‘sha davrdagi barcha 
huquq sohalarini qamrab olgan beshta kodeks qabul qilindi. Bu tarixga 
Napoleon kodekslari nomi bilan kirdi. Ulardan 1804-yilgi Fuqarolik 
kodeksi tahsinga sazovordir. Fuqarolik kodeksi kirish, uchta kitobdan 
iborat bo‘lib, 2281 moddadan tashkil topgan. U rim huquqi singari 
tuzilishga ega bo‘lib, shaxs, buyum, meros va majburiyat huquqlaridan 
iborat tarzda edi. 
Birinchi kitob «shaxslar to‘g‘risida» deb nomlanib, fuqarolarning 
huquqlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beradi. Kodeksda belgilab 
qo‘yilgan fuqarolarning huquqlari chet el fuqarolariga nisbatan tegishli 
bo‘lmagan. Kodeksda yuridik shaxs tushunchasi berilmagan. 
Birinchi kitobda oila huquqining asosiy prinsiplari ham 
mustahkamlab qo‘yilgan. Fuqarolik kodeksining alohida moddalari er 
va xotinning teng huquqligini ko‘rsatib o‘tgan bo‘lsa-da, umuman 
olganda, oilada otaning roli hukmron mavqega ega edi. Kodeksga 
ko‘ra, oila uchun turar joyni er belgilab berishi, xotin esa uning 
orqasidan borishi kerak edi. Kodeksda xotin erga xiyonat qilganda, er 
ajralish uchun uni sudga berishga haqli edi. Ammo er xotiniga xiyonat 
qilganda, xotin ajralishi uchun er u bilan bir uyda yashagan bo‘lishi 
kerak edi. Bu qoida 1884-yili bekor qilingan. Er va xotin huquqining 
notengligi oiladagi mulk munosabatlarida ham aniq ko‘zga tashlangan, 
ya’ni oila mulki bilan shug‘ullanish erning tasarrufida bo‘lib, buning 
uchun xotinning roziligini olish shart emas edi.
Kodeksda er va xotinning bolalarga bo‘lgan munosabatlarida teng 
huquqlilik bo‘lmagan. Ota 16 yoshga yetmagan bolalarni bir oygacha 
muhlatga ozodlikdan mahrum qilishga haqli edi. 25 yoshga yetmagan 
o‘g‘il va 21 yoshga yetmagan qiz bolalar uchun uylanish va turmush 


 195
qurish uchun ota-onaning roziligi kerak bo‘lgan. Agar ota-ona fikrida 
farq bo‘lsa, otaning fikri inobatga olingan. 
Ikkinchi kitob mulk va xususiy mulkning turli ko‘rinishlarini 
tartibga solgan. Bu ham rim huquqidagi uzufrukt, xususiy mulk kabi 
institutlardan tashkil topgan edi. Kitobda markaziy o‘rinni xususiy 
mulk instituti egallaydi. Kitobda yerga xususiy mulk to‘g‘risida so‘z 
borib, yerning osti va usti ham yer egasiga tegishli ekanligi 
mustahkamlangan. Yer egasi yer osti va usti boyliklariga ham egalik 
qilishi mumkin bo‘lgan. Faqat 1810-yilga kelib, kodeksga maxsus 
o‘zgartirish kiritilib, konlar faqat davlat tasarrufida bo‘lishi qayd etib 
qo‘yilgan. 
Uchinchi kitob «xususiy mulkka egalik qilishning turli usullari 
to‘g‘risida» bo‘lib, unda xususiy mulkka egalik qilish meros huquqi 
orqali, vasiyat bo‘yicha hamda majburiyat huquqi bo‘yicha egalik 
qilish mustahkamlangan. Meros huquqi bo‘yicha o‘lgan shaxsning 
merosxo‘rlari bo‘lib, bolalari va boshqa 12-darajagacha bo‘lgan 
qarindosh-urug‘lari hisoblangan. Noqonuniy tug‘ilgan bolalar faqat 
ota-onaning merosiga haqli bo‘lib, boshqa qarindoshlarning merosiga 
haqli bo‘lmaganlar. Uchinchi kitobda asosan majburiyat huquqi, 
shartnoma munosabatlari o‘z ifodasini topgan. Ularning hammasi rim 
huquqidan o‘zlashtirib olingan. 
1807-yili fuqarolik kodeksiga qo‘shimcha ravishda maxsus savdo 
kodeksi qabul qilingan. Bu kodeks Fransiya huquqiy tizimiga yangilik 
kiritdi, ya’ni Fransiya xususiy mulk huquqini ikkiga bo‘linishi, 
fuqarolik va savdo huquqiga bo‘linishini mustahkamlab berdi. 
Savdo kodeksi to‘rtta kitobdan iborat bo‘lib, birinchi kitobda 
umumiy qoidalar berilgan. Unda tijoratchilar, savdo birjalari, 
kompaniyalar va hokazolarning haq-huquqlari belgilab qo‘yilgan. 
Ikkinchi kitob xalqaro va dengiz savdosi masalalariga bag‘ishlan-
gan bo‘lib, dengiz kemalarining huquqiy maqomini, dengizda yuklarni 
tashish, ularning sug‘urtasi kabi masalalarga bag‘ishlangan. Uchinchi 
kitob bankrotlik masalalarini, to‘rtinchi kitob savdo yurisdiksiyasini 
tartibga solgan. 
Umuman olganda, Fransiya savdo kodeksi fuqarolik kodeksiga 
qaraganda uncha mukammal bo‘lmagan darajada tuzilgan edi. Unda, 
masalan, oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha faqat bitta modda bor edi. 
Shuning uchun tijoratchilar o‘rtasida bahs vujudga kelganda, ular 
Fuqarolik kodeksi moddalari bilan hal etilgan. 


 196
Fransiya jinoyat kodeksi 1791-yilgi inqilobdan keyin qabul 
qilingan kodeks qisqa vaqt amalda bo‘ldi. 1810-yili imperator 
Napoleon rahbarligida Fransiyaning yangi Jinoyat kodeksi ishlab 
chiqildi. Bu kodeks o‘z zamonasi uchun progressiv xarakterga ega edi.
Kodeks kirish, to‘rtta kitobdan iborat edi. Kirishda umumiy qoidalar, 
birinchi kitobda jazo choralarining umumiy masalalari, ikkinchi 
kitobda jazo turlari va jinoiy javobgarlik masalalari mustahkamlangan 
edi. Shunday qilib, birinchi va ikkinchi kitoblar Jinoyat kodeksining 
umumiy qismini tashkil etib, jinoyat huquqining asosiy tushunchasi va 
prinsiplarini o‘zida mujassamlagan. Kodeksning uchinchi va to‘rtinchi 
kitobi maxsus qismni tashkil etib, jinoiy qilmishning turlari va ular 
uchun belgilangan jazo choralari ifodalangan. 
Qonun bilan taqiqlangan barcha qilmishlar jinoyat deb hisob-
langan. Unda qonunlarning orqaga qaytish kuchi yo‘qligi e’lon 
qilingan. Shuningdek, kodeksda jinoyat ishtirokchilarining javobgar-
ligi hamda qattiq ruhiy holatda va majburlov yo‘li bilan jinoyat sodir 
etganlarni javobgarlikka tortmaslik masalasi belgilab qo‘yilgan. 
Jinoyat kodeksida jinoiy harakatlarni tasniflashda, jazolarni og‘ir-
yengilligiga qarab uch guruhga bo‘lingan. Jumladan, birinchi guruhga 
eng og‘ir jinoiy qilmishlar kiritilgan. Ularga nisbatan ko‘zda tutilgan 
jazolar azobli va sharmandali bo‘lgan; ikkinchi guruhga axloq-tuzatish 
choralari belgilangan jinoyatlar kiritilgan; uchinchi guruh 
huquqbuzarliklar politsiya tomonidan jazo beriladigan qilmishlar 
hisoblangan. 
Kodeksda davlatga qarshi jinoyatlar eng og‘ir jinoyatlar sirasiga 
kiritilgan. Ularga davlatning tashqi xavfsizligiga qarshi jinoyatlar, 
shpionaj, imperator va uning oila-a’zolariga suiqasd qilish, davlat 
boshqaruv shaklini to‘ntarish yoki o‘zgartirishga urinishlar kirgan. 
1808-yilda qabul qilingan Fransiya Jinoyat-protsessual kodeksi 
bilan aralash protsess joriy etilgan. Tergov sudyasi aybdorning 
tergovga kelishi to‘g‘risida buyruq chiqarishi, kelmagan taqdirda 
majburiy ravishda olib kelish yoki qamash to‘g‘risida buyruq 
chiqarishi mumkin bo‘lgan. U aybdorni, guvohlarni so‘roq qilish, 
jinoyat sodir etilgan joyni borib ko‘rishi va boshqa tergov harakat-
larini amalga oshirgan. 
Jinoyat ishlarini sudda ko‘rib chiqish oshkora og‘zaki va majlis 
tarzida olib borilar edi. Jinoyat protsessual kodeksi sudda maslahat-
chilarni ham ishtirok etishini belgilab bergan. Ular aybdorning 
aybdorligi yoki aybsizligi haqida o‘z fikrlarini bildirganlar.


 197
Shunday qilib, Fransiya Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari 
XIX asrlarda hukumat tomonidan jamoat tartibini tutib turish uchun 
faol ravishda qo‘llanilgan. Ammo o‘ta og‘ir siyosiy vaziyatlarda 
hukumat tomonidan nafaqat sudda, balki suddan tashqarida ham ishlar 
ko‘rib chiqilgan. 
1881-yili matbuot to‘g‘risidagi maxsus qonun chiqarilib, unda 
matbuot orqali sodir etiladigan jinoyatlar uchun jinoiy jazo choralari 
belgilangan. 1884-yili Prezident Karnoga suiqasd qilib o‘ldirilganligi 
munosabati bilan ham, maxsus qonun chiqarilib anarxistik propaganda 
uchun jazo choralari ko‘zda tutilgan. Ammo Fransiyada demokratiya-
ning mustahkamlanib borishi, alohida olingan jinoiy-huquqiy 
institutlarning liberallashuviga olib keldi. Masalan, 1832-yili qulga 
tamg‘a bosish va uni kesib tashlash kabi jazo chorasi, 1848-yilda 
siyosiy jinoyatlar uchun o‘lim jazosi bekor qilingan. 
1885-yili maxsus qonun qabul qilinib, yarmidan ko‘p jazosini o‘tagan 
shaxslarni shartli ravishda ozod qilingan. Retsidiv jinoyatchilar uchun bu 
muddat 2/3 qism qilib belgilangan. Shartli ravishda ozod qilish umrbod 
qamoq jazosiga hukm qilinganlarga hamda mustamlakalarga 
jo‘natilganlarga qarshi qo‘llanilmagan. 
Shunday qilib, XVIII asrning oxirida Fransiyada burjua inqilobi 
g‘alaba qozondi, bu borada eski iqtisodiy ijtimoiy munosabatlar 
jamiyatning keyingi rivojlanishi uchun to‘siq bo‘lib qoldi. Milliy 
davlatning tashkil topishida muhim ahamiyatga molik bo‘lgan mutlaq 
monarxiya tuzumi, yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy munosabat-
larning taraqqiy topishiga monelik qilgan. Inqilob natijasida davlat 
tuzumi, ijtimoiy-siyosiy tizimda yirik o‘zgarishlar ro‘y bergan. 


 198

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling