O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
ȺɛɭɥΕɨɡɢɣ ȻɚΣɨɞɢɪɯɨɧ. ɒɚɠɚɪɚɣɢ ɬɭɪɤ. –Ɍ., 1992. – Ȼ. 60.
135 o‘g‘li O‘qtoyxon – mamlakat tadbirlariga, To‘lixon – saroy va davlat amaldorlarning muhofazasiga qo‘yilgan. Chingizxon tomonidan amalga oshirilgan davlat boshqaruviga oid islohotlardan biri shuki, barcha mo‘g‘ullarni mingliklarga bo‘lib, ularga mingboshilarni tayinlaydi. Natijada, 95 kishi bahodir, mingboshi lavozimiga tayinlanadi. Yer islohoti o‘tkazilib, bir necha ming kishi tarxonlarga aylantiriladi. Saroy boshqaruvida o‘nta lavozim ta’sis etiladi. Xon xavfsizligi bo‘yicha 150 kishidan iborat shaxsiy gvardiya tuzadi. Qo‘shin tarkibida 1000 ta dovyurak, ishonchli kuchlardan iborat shaxsiy drujina tashkil etadi va ularning soni 10 000 kishiga yetkaziladi. Bu drujina qo‘shinlar sarasini tashkil etib, eng og‘ir va hal qiluvchi paytda jangga kiritilgan. Mo‘g‘ullar davlatida aholi ham xuddi mo‘g‘ul qabilalari singari o‘nlik, yuzlik, mingliklarga bo‘lingan. Shu tartibda 10000 qo‘shinlik 10 000 o‘tov yoki 40-50 mingga yaqin aholi hududidan iborat ma’muriy- hududiy birlik – «tumanlar» joriy qilingan. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, aholi va qo‘shin mutanosibligi jihatidan mo‘g‘ullar davlati boshqaruvi – ko‘pgina manbalarda harbiy- ma’muriy boshqaruv tuzumi sifatida ham e’tirof etiladi. Belgilangan tartibga ko‘ra bir ovuldan boshqa ovulga o‘tish taqiqlangan. Umuman olganda, mo‘g‘ul qabilalari o‘nlik, yuzlik, minglik, tumanlarga bo‘lingan. Ularga shu miqdor nomi bilan ataluvchi shaxslar boshchilik qilgan. Bu shunday birliklar guruhiki, ular zarur hollarda o‘n, yuz, ming, o‘n ming navkar tuza olishi kerak bo‘ladi. Xalqni yuzlik va mingliklarga taqsimlash alohida qayd etib borilgan. Yuzboshi, mingboshi, tumanboshi unvonlari meros tariqasida otadan o‘g‘ilga yoki yaqin qarindoshga qolishi mumkin. Bu unvonni olgan shaxslar – «no‘yon» (nuyun)lar deb atalgan va ularga xon tomonidan yorliq berilgan. No‘yonlar o‘z navbatida shahzodalar va xonning vassallari hisoblangan. Shu bilan birga doim yuzboshilar mingboshilarning, mingboshilar tumanboshilarning vassallari hisoblangan. Boshqacha aytganda, davlat boshqaruvi yuqoridan quyiga xoqon-shahzoda (ulus hukmdori)-tumanboshi-mingboshi-yuzboshi shaklida bo‘lgan. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, mo‘g‘ullar davlatining dastlabki davrlarida, ya’ni XIII asrda Papa Innokentiy IV ning Chingizxonga yuborgan elchisi Plano Karpini (1246 y.) xristianlik diniga chaqirish va do‘stlik maqsadida tashrif buyuradi. Elchi Plano Karpini mo‘g‘ullar davlatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi bilan yaqindan tanishadi. 136 Chingizxon hali hayotligi chog‘idayoq, ya’ni 1224-yilda bosib olingan hududlarni o‘z yaqinlari (harbiy sarkardalaridan – Subitoy, Xubiloy, Jebe) va farzandlari o‘rtasida taqsimlab beradi. To‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘jiga Janubiy Sibir, Dashti Qipchoq, Itil (Volga) bo‘yi, Shimoliy Xorazm (ayrim manbalarda keltirilishicha Xorazm to‘laligicha Jo‘ji ulusiga kiritilgan va qisqa vaqt ichida mahalliy so‘fiylar sulolasi namoyandaligida ajralib chiqqan) va Darbandgacha bo‘lgan yerlar tegadi. Jo‘ji vafotidan so‘ng bu yerlar uning o‘g‘li Botuxonga (1227–1255-y.) qoladi. U Sharqiy Yevropaning katta qismini bosib olib, Oltin O‘rdaga asos soladi. Shuningdek, Movarounnahrning katta hududlari ham uning ixtiyoriga o‘tadi. Ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxonga Sharqiy Turkiston, Yettisuv o‘lkalari, Movarounnahr, Xorazmning janubiy (markazi Qiyot shahri) hududlari, ya’ni O‘rta Osiyoning Olmaliqdan Amudaryogacha qadar hududi. Shuningdek, Balx, Badaxshon, Qobul, G‘azna va Sind daryosigacha bo‘lgan yerlar ham beriladi. Uchinchi o‘g‘li O‘qtoyga (1227–1241-y.) Chingizxon o‘z vatani Mo‘g‘ulistonni va Xitoyni hadya qiladi. Kenja o‘g‘li Tulu (To‘luy)ga esa Xuroson, Eron va Hindiston tegadi. Chingizxon lashkarlarni ham farzandlari o‘rtasida taqsimlab beradi. Shu tariqa mo‘g‘ullar zabt etilgan ulkan hududni uluslarga bo‘lib boshqaradilar. Uluslar markaziy hokimiyatga – xonlar xoniga bo‘ysunadi. Chingizxon vafotidan keyin xonlar xoni, ya’ni qoon O‘qtoy bo‘lgan. Ulug‘ xonning poytaxti – Qoraqurum shahri hisoblangan. Ulus egalari o‘z uluslarida xon unvoni ostida raiyatni boshqarganlar. Viloyat beklarini lavozimga tayinlagan va lavozimidan ozod etgan (Masalan, Movarounnahrda Kesh, Buxoro, Shosh, Badaxshon, Xo‘jand bekliklari). Oliy sud hokimiyatini amalga oshirib, nizoli masalalarni hal qilganlar. Odatda, mamlakatdagi uluslar salohiyati unda yashovchi o‘troq aholi soni, ko‘chmanchi ovullar miqdori, ko‘chib yurish uchun zarur bo‘lgan hudud va yig‘ilishi mumkin bo‘lgan askarlardan iborat holda belgilangan. O‘troq aholi yashovchi madaniy o‘lkalar ulus tarkibiga kirsa-da, dastlabki davrlarda xoqon tomonidan boshqarilgan. Xon-imperator bu yerlarni alohida tayinlangan gubernatorlar orqali boshqargan. Shahzodalar bu yerlardan tushadigan soliqlar daromadidan foydalanishi mumkin. Lekin o‘zlari mustaqil tarzda soliq yig‘a olmagan. Movarounnahr, Sharqiy Turkiston, Yettisuv o‘lkalari va Xorazmning janubiy hududlari Chig‘atoyxon (1227–1241-y.) ulusiga qarashli bo‘lib, ulus poytaxti Beshbaliq shahri hisoblanadi. Bu suloladan 32 xon 137 hukmdorlik qilgan. Ulus XIV asrning 40-yillariga qadar mavjud edi. XIV asr o‘rtalariga kelib, Chig‘atoy ulusi 15 ga yaqin yerlar mulklarga bo‘linadi. Jaloyir va boshqa qabilalarning ko‘chib ketishi, bosh kent Turkistonga ko‘chirilishi, mo‘g‘ullarning islom dinini qabul qilishlari bilan Chig‘atoy ulusi ikkiga bo‘linib ketadi. Boshqacha aytganda, shimoliy-sharqiy qismda Yettisuv va Qoshg‘ardagi mo‘g‘ullar o‘z mustaqilligini e’lon qilishlari tufayli Yettisuv va Sharqiy Turkistondan iborat Mo‘g‘uliston davlati (hokimlik) paydo bo‘ldi. Bu vaqtda Movarounnahr Amir Xusayn tomonidan idora etiladi. Jo‘ji ulusiga kirgan turkiy xalqlarning ko‘pchiligi O‘zbekxon davridan boshlab «o‘zbeklar», Chig‘atoy ulusi tarkibidagi turkiy xalqlar esa «chig‘atoylar» deb atala boshlanadi. Mo‘g‘ullar davlatining maslahat organi bo‘lgan qurultoy qisqa muddat ichida alohida ulus bo‘yicha ham chaqirilib turilgan. Jumladan, 1240–1241-yillarda Ug‘adayxon Katta qurultoy chaqirgan. Unda akalari, o‘g‘illari, qarindoshlari ishtirok etib, Yaso qonunlari yana bir bor e’lon qiladi. 1269-yilda Qurultoy chaqirilib, unda Turkistonning og‘ir iqtisodiy ahvoli muhokama etilib, Chingizxon vorislarining o‘zboshimchaligi va o‘zaro janjallariga qarshi qaror qabul qilgan. Xususan, har bir shahzoda shartnomaga ko‘ra o‘ziga tegishli minglik (hazora) bilan hamda Samarqand va Buxorodagi hunarmandchilik ustaxonalari bilan qanoatla- nishi lozimligi haqida qaror chiqarilib, qo‘shinlarni shaharlarga va ekin yerlariga yaqin kelishlari taqiqlanadi. Chig‘atoy ulusida 1235, 1251-yillarda ikki marta aholi ro‘yxati o‘tkazilib, hatto hunarmandlar ham mo‘g‘ul feodallariga, oilalar hazora, ya’ni mingliklarga biriktirilgan. Minglik deganda, daromad keltiruvchi soliq to‘lovchi aholi tushunilgan. Chig‘atoy ulusida Ug‘odoyxon davrida soliq islohoti o‘tkazilgan. Unga ko‘ra dehqonlardan hosilning 10 foizini (kalon, xiroj), chorvadorlardan 1 foiz (natura, qopchur), podadan 1 ta ikki yashar qo‘y (shulen), 1000 ta otdan 1 ta biya yillik soliq sifatida olinishi belgilangan. Keyinchalik Munkaxon soliqlarini pul bilan belgilaydi. Har kishidan 11 dinorgacha «tuz», «jon va kumush solig‘i» soliq olishni joriy etgan. Bundan tashqari, qator natura to‘lov va maxsus o‘lponlar joriy etilgan. Xususan, hunarmand molning 1/30, savdogarlar 1/40 miqdorida soliq to‘lagan. Movarounnahr mo‘g‘ullar istilosidan keyin Chig‘atoy ulusiga kirsa- da, Chingizxon vafoti (1227-y.)ga qadar barcha uluslar qatori dastlab 138 to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ulug‘xon tomonidan boshqarilgan. Keyinchalik, Chingizxon vafotidan so‘ng Ug‘adoyxon Chig‘atoy ulusida hokimiyatni boshqaradi. Bu davrda (1227–1241-y.) Chingizxonning ilgarigi elchisi bo‘lgan mahalliy savdogar Mahmud Yalavoch (keyin Pekin hokimi), so‘ngra uning o‘g‘li Ma’sudbek (1238–1289-y.) mo‘g‘ul davlati nomidan Movarounnahr va Qoshg‘arni noib-ijarador sifatida idora qilishadi. Ular Movarounnahrdan olinadigan o‘lpon va soliqlarni o‘zlari to‘lab boshqarganlar. Bu davrda davlatning markazi Xo‘jand (Sirdaryo)ga ko‘chirilgan. Ularga hoqon nomidan raiyatni boshqarish va soliqlarni yig‘ish huquqi berilgan. Mo‘g‘ul bosqoqlari ixtiyoridagi ko‘p sonli jangchilar ham ular ixtiyoriga biriktirilgan. Shu asnoda ular 70 yildan ortiq davrda Movarounnahrni mo‘g‘ullar nomidan boshqarganlar. Harbiy hokimiyat, aholini ro‘yxatdan o‘tkazish, soliq yig‘ish ishlari esa doruxachi va tamg‘ach, deb ataluvchi mo‘g‘ul amaldorlari qo‘lida bo‘lgan. Ma’sudbek (1238–1289-y.) 1271-yilda pul islohoti o‘tkazadi. Unga ko‘ra Movarounnahrning ko‘pgina shaharlarida bir og‘irlik sifatiga ega bo‘lgan kumush tangalar zarb etiladi. Shuningdek, u mahalliy yurt vakili sifatida savdoni rivojlantiradi, mo‘g‘ullarning soliq va to‘lovlariga oid o‘zboshimchaligiga chek qo‘yadi. Islom dini va musulmon ruhoniylarining mavqei oshadi hamda aholining o‘troqlashishi kuchayadi. Chig‘atoy sulolasidan bo‘lgan Duvaxon davrida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, Farg‘onada Andijon, Xorazmda Yangi shahar (Urganch) shaharlari quriladi. Chig‘atoyxon avlodidan Duvaxonning o‘g‘li Kebek- xon (1318–1326/1334-y.) esa poytaxtni ko‘chirib, Qarshi shahriga asos soldi. Shuningdek, Kebekxon Chig‘atoy ulusida pul va ma’muriy-hududiy islohotlarni ham o‘tkazdi. Uning pul islohotiga ko‘ra yangi tangalar – «kapaka» zarb etilib, katta va kichik kumush tanga – tilla dinor va dirhamlar joriy bo‘ladi. Kebekxonning ma’muriy islohoti asosida ulusni aholisi 40–50 ming kishidan iborat ma’muriy-hududiy birlik – tumanlarga bo‘lish yotadi. Bundan maqsad davlatni markazlashtirish, bekliklarning o‘zboshim- chaligini tugatish edi. Shuning uchun ilgarigi bekliklar tugatilib, tumanlar tashkil qilingan (Samarqandda 7 ta, Farg‘onada 9 ta). Endi tuman boshliqlari xonning amirlari bo‘lib qoladi. Shahar hokimlari tuman boshliqlarining noiblari hisoblanadi. Tumanboshi bir vaqtning o‘zida ham hokim va umumiy sud ishlarini ko‘ruvchi bo‘lgan. Davlatda oliy sud – hoqon hisoblangan. U eng og‘ir jinoyatlarni ko‘rib chiqqan va hal etgan. Joylarda sudlov ishlarini yorg‘uchilar olib borgan. 139 Qo‘shin tizimli bo‘linmalarga bo‘lingan. O‘n jangchiga bitta boshliq, ya’ni o‘nboshi, o‘nta o‘nboshiga bitta yuzboshi, …mingboshi va tumanboshilar ta’sis etilgan. Qo‘shin tarkibida bir qancha maxsus lavozimlar joriy etilgan. Jumladan, yurtchi – mansabdor shaxs bo‘lib, uning asosiy vazifasi xon va qo‘shinning yozgi va qishki ko‘chish qarorgohini oldindan belgilash, xon, amaldorlar va harbiylar o‘tovini maxsus qoida asosida joylashtirishdan iborat bo‘lgan. Bu qonun-qoidalarga ko‘ra xon o‘tovining o‘ng tomonida hokimlar, amirlar, qo‘shin boshliqlarining o‘tovlari joylashgan. Chap tarafida esa vazirlar, to‘ralar, Qurultoy a’zolarining o‘tovlari joylashgan. Devonxona kotiblari, qozilar va muhim diniy amaldorlar xon o‘tovining qarshisiga joylashgan. Odatda o‘tovlar aholi yashaydigan hudud va ekin maydonlaridan uzoqda joylashtiradi. Qo‘shinda joriy etilgan bo‘larg‘uvchining asosiy vazifasi o‘rdadan qo‘zg‘algan paytda o‘tovlarda odamlar, buyumlar, qoramol, qullar va anjomlar qolgan yoki qolmaganligini nazorat qilish, esdan chiqarilgan narsalarni egasiga qaytarish edi. Tevachi, ya’ni tuyakash bo‘lgan. Bakovul qo‘shinga maosh berish, qo‘lga kiritilgan o‘ljaga muhr qo‘yish, o‘ljani saqlash va taqsimlash bilan shug‘ullangan. Torg‘uvchi esa qo‘shin muhrini saqlovchi hamda harbiy mansabdorlar orasida yuzaga keluvchi nizolarni hal qiluvchi qozi vazifasini bajargan. Yasovullarning vazifasi harbiy amaldorlarning marosim, ko‘rik, ov va o‘rdadan chiqish paytlarida egallashlari lozim bo‘lgan joylarni ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling