O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMIR TEMUR DAVLATI VA HUQUQI
ɂɛɪɚɝɢɦɨɜ ɇ. ɂɛɧ Ȼɚɬɭɬɬɚ ɢ ɟɝɨ ɩɭɬɟɲɟɫɬɜɢɟ ɩɨ ɋɪɟɞɧɟɣ Ⱥɡɢɢ. – Ɇ.:
ɇɚɭɤɚ, 1998. – ɋ. 78. 143 noibining huzurida, uning nazorat ostida olib borilgan; diniy ishlar shariat huquqi asosida yorg‘uvchilar (sudyalar) tomonidan hal etilgan; sudyalar – yorg‘uchilar nufuzli, e’tiborli zodagonlardan tayinlanganlar; sud funk- siyasi kundalik ish bo‘lgan. XIV asrlarga kelib, Yaso asta-sekinlik bilan o‘z o‘rnini uzil-kesil shariat normalariga bo‘shatib bera boshlagan 1 . Shuni alohida qayd qilmoq lozimki, Chingizxon vafotidan keyin mo‘g‘ul davlati uluslar mulki tarzida yashadi. Keyinchalik o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, boshqird, totar va boshqa xalqlar tarkibiga kirgan turk urug‘ va qabilalari bu davlatning tayanch kuchlariga aylandi. Zero, Yaso qonunlari O‘zbekiston davlatchiligi va huquqi tarixida o‘z ta’sirini qoldirdi. Zotan, o‘zbek davlatchiligi va huquqining keyingi taraqqiyot bosqichlarida sezilarli iz qoldirdi, ayniqsa bu, odat huquqining ko‘p jihatlarida namoyon bo‘ldi va ko‘chmanchi aholi o‘rtasida keng tarqalib uzoq vaqt amal qilib keldi. Mo‘g‘ullarning O‘rta Osiyoni bosib olishi bilan bu yerda davlat va huquq, armiya bilan bog‘liq masalalarda ham mo‘g‘ullar davri ma’lum darajada iz qoldirdi. Jumladan, bu hududdagi davlatlar hayotiga qurultoylar o‘tkazish, mahalliy-ma’muriy bo‘linish, soliq birliklarini aniqlash, tumanlarning joriy etilishi, hujjat evaziga ma’lum shahar, qishloq va tumanlarni suyurg‘ol (hadya) qilib berish, ba’zi bir jinoyat (o‘g‘rilik, talonchilik, bosqinchilik) uchun Yaso qonunlariga binoan og‘ir jazo tayinlash, armiya ta’minoti va tuzilishi, tartibi kabi davlat boshqaruvi unsurlari kirib kelib o‘zbek xonliklari davrida ham ma’lum darajada amalda bo‘ldi. Ularning ko‘plari qadimgi turkiy xalqlardan olingan bo‘lsa-da, Turkistonga bosqinchilar orqali joriy bo‘lgan islohotlar sifatida baholanishi mumkin. Chig‘atoy ulusining ikkinchi qismi Mo‘g‘ulistonga kelsak, uning aholisi turkiy va turkiylashgan mo‘g‘ul qabilalaridan iborat bo‘lib, ular Tug‘luq Temurxon davridan, xususan, u xonlikka ko‘tarilgan davrdan (1347–1348-y.) e’tiboran islom dinini qabul qila boshladilar. Shu munosabat bilan Chingizxon yasosidan ko‘ra shariat huquqi ular orasida keng yoyila boshladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Movarounnahrdagi mo‘g‘ullargina emas, balki Mo‘g‘uliston yoki «Jete»da ham mo‘g‘ullar turklashib, islom dinini qabul qildilar va shariat huquqini XV asrning birinchi yarmidayoq huquqning asosiy manbai sifatida tan oldilar. 1 Qarang ɆɭΙɢɦɨɜ Ɂ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɞɚɜɥɚɬɢ ɜɚ ԟɭԕɭԕɢ ɬɚɪɢɯɢ. – Ɍ., 2003. – Ȼ. 141. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling