O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
devon nazorat qilgan. Dargoh tizimidagi bu devonga devonbegi
boshchilik qilgan. Devonbegi davlat moliyasini boshqargan va vazirliklar faoliyatini, xazinadan maqsadga muvofiq foydalanishlarini nazorat qilib turgan. Oliy devonning ahamiyati shu qadar baland bo‘lganki, manbalarda ba’zan uni dargoh bilan bir ma’noda ta’riflash hollari ham kuzatiladi. Oliy devonda har kuni to‘rt vazir: ya’ni, ijroiya idoralari nomidan Bosh vazir, harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri hamda moliya vaziri hozir bo‘lib, hisobot berib borgan. Sarhad va boshqa tobe mamlakatlar boshqaruvi bilan bog‘liq yana uch vazirlik - xolisa ham devonbegiga hisobot berganlar. Dargohdagi muhim lavozimlardan biri – arzbegidir. U dargohga arz- dod, shikoyat bilan kelganlar hamda mamlakatda sodir bo‘layotgan 149 voqealarga o‘z munosabatini bildiruvchilarni qabul qilishni uyushtirish, tushgan ariza, shikoyat va takliflarni oliy hukmdorga yetkazib turishga mas’ul bo‘lgan. Dargohda adolat amiri lavozimi mavjud bo‘lib, u turli o‘lka va shaharlarda «sipoh va orasida urf-odatlarga oid janjalli ishlar haqida» boxabar bo‘lib, oliy hukmdorga hisobot va ma’lumot yetkazib turgan. Ma’lumot olingach, maxsus vakillar – aminlar (ya’ni ishonchli vakillar) joylarga borib voqeani o‘rganib, taftish qilgan. Adolatni tiklab, tegishli choralar ko‘rgan va yozma hisobot bergan. Tobe yerlar to‘lovini yig‘ib kelish ham ularning vazifasi hisoblangan. Oliy farmonga ko‘ra joylarga borib harbiy yurish uchun lashkar to‘plash bilan tavochi shug‘ullangan. Bu vazifa nihoyatda muhim bo‘lgani uchun u oliy hukmdordan keyingi yuqori darajadagi davlat mansabi deb qaralgan. Ma’lumki, tobe o‘lkalar, hukmron sulola vakillari, nufuzli amirlarga taqsimlab berilgan yurtlar oliy ko‘rsatma bo‘lganda tegishli harbiy kuch bilan doim shay turishlari ko‘zda tutilgan. Tavochilar esa xuddi mana shu avval boshdan belgilangan lashkar sonining taxt bo‘lishi, tayyorgarlik darajasi, ta’minoti ko‘ngildagidek talabga javob berishi, ko‘rsatilgan muayyan yo‘l bilan o‘z vaqtida yetib borishi kabi g‘oyatda mas’uliyatli tadbirlarga javob berganlar. Sharafiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, tavochilar bosh tavochi, piyoda askar tavochisi kabilarga taqsimlangan. Bosh tavochilar tumanot (o‘n minglik), hazorajot (minglik), sadajot (yuzlik) yetakchilaridan, viloyat kattalaridan qo‘shinni o‘z vaqtida, belgilangan son va sifat bilan yetkazib berish to‘g‘risida tilxat olganlar. Shu bilan birga tavochi harbiy yurish chog‘ida qo‘shinlarning joylashuvi, berilgan buyruqlarning ijro etilishi hamda tinchlik paytlarida katta qurilishlarda ish taqsimlash kabilar ham shug‘ullangan. Chunonchi, Baylaqon kanalini qazishda 60–70 km masofani har bir harbiy qismga taqsimlab berishga tavochilar bosh bo‘lgan. Dargohda shuningdek, Devonbegi (saroy vaziri)ga bo‘ysunuvchi bir qancha lavozimlar ta’sis etilgan. Ular bosh hojib va hojiblar (rasmiy tadbirlar tashkilotchilari va boshqaruvchilari), xazinador (xazinachi), nosolar (dargohda va oliy farmon bilan boshqa yerlarda, masalan, yurishlarda o‘tkaziladigan to‘y, bazmlar, katta ziyofatlarda stol tuzatishga bosh-qosh bo‘luvchi), jibachi (qurol-aslaha saqlovchi), qushchi (podshohona ovlar uyushtirilganda maxsus o‘rgatilgan ov qushlarini olib yuruvchi, parvarish qiluvchi) va shu xizmatni boshqaruvchi qushbegi, bakovulboshi (saroy oshpazlarining boshlig‘i) va bakovullar, kotiblar 150 (bitikchilar), choparlar, tabiblar, sozandalar, g‘azalxonlar, farroshlar, Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling