O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


-§. Chingizxon «Yasog‘i» – asosiy huquq manbai


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

2-§. Chingizxon «Yasog‘i» – asosiy huquq manbai
O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullar hukmronligi davrida huquqning asosiy 
manbalari qatorida Chingizxon yusunlari bilan birga o‘troq aholi 
yashaydigan hududlarda shariat qonunlari, ko‘chmanchi aholi hududida 
odat huquqi normalari amal qilgan.
Ulkan davlat tuzgan Chingizxon bu davlatning ichki mustahkamligini 
ta’minlab turishda qonunlarning ahamiyati katta ekanligini tushungan, bu 
holat uning bitiklarida o‘z aksini topgan. 1206-yilda Yoso qonuni qabul 
qilindi. Bu huquqiy qoidalar to‘plami shaxsan Chingizxon tomonidan 
ishlab chiqilgan va qabul qilingan. Chingizxonning aytishicha, uning 
davriga qadar o‘g‘rilik, vahshiylik, talonchiliklar, tartibsizliklar, xiyonat 
va jirkanch illatlar oddiy bir hol bo‘lgan. Farzandlar ota-onalariga itoat 
etmas, yoshlar kattalarga quloq solmas, erlar xotinlariga ishonmas, 
xotinlar erlariga bo‘ysunmas, qaynona kelinni va kelin qaynonani hurmat 


 140
qilmasdi, boylar kamabag‘allarga yordam bermas edi. Chingizxon bu 
ishlardan nafratlanadi, o‘zi bosh bo‘lgan mamlakatda qattiq tartib intizom 
o‘rnatishni maqsad qiladi. Shu boisdan ham «Yaso» qonunida bunday 
tartib intizomning huquqiy qoidalari ishlab chiqilgan.
Unda mulkiy tengsizlik ko‘zga tashlanib, hukmron tabaqa tarhon-
larga katta imtiyozlar berilgan. 
Ko‘chmanchi yoki yarim ko‘chmanchi aholi o‘rtasida tuman va 
uluslarda ayniqsa, aholi o‘z urf-odatlari, qabila urug‘chilik an’analariga 
qat’iy amal qilib kelganlar. Shu boisdan ham Chingizxon Yaso qonunlari 
xususiyatlarini o‘zida singdirgan. Odat huquqi mazkur yerlarda ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solish, xususan harbiy hizmatni o‘tash, sha’nu-
sharaf, izzat-nafs, chorvani o‘g‘irlash, kelin o‘g‘irlash, qalin to‘lash, 
qarindoshlarni o‘ldirganlik uchun qasd olish kabi nizolarni muhokama 
qilish va hal etishda taomilga asoslangan holda qo‘llanilgan. 
Yasoni tuzishdan maqsad markazlashgan mo‘g‘ul davlatini tuzishdan 
iborat edi. Unda davlat huquqi, harbiy qurilish, davlat boshqaruvi, beklar, 
noyonlar va amaldorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga oid qoidalar, 
jinoyat, fuqarolik, sud yuritish, jazo va uning turlariga, oila-nikoh va 
mulkka tegishli me’yorlar to‘planib metall taxtalarga o‘yilib yozilgan va 
har safar yangi xonni saylash vaqtida e’lon qilingan. Yasoning 33 
parchasi hamda Chingizxonning davlat boshqaruvi, harbiy ishlar, jinoyat 
va jazoga oid 27 nutqi – biliklari, parchalar tarzida bizgacha yetib kelgan.
Har bir yangi saylangan xon birinchi navbatda o‘zi «Yaso»ga qat’iy 
rioya qilish to‘g‘risida qasam ichishi lozim bo‘lgan. Xalqqa «Yaso»ga 
xiyonat qilgan xonni taxtdan ag‘darish va uni umrbod qamoq jazosiga 
solish huquqi beriladi. 
Yusunlarda osmon va yerni yaratuvchi, hayot va o‘lim, boylik yoki 
kambag‘allik beruvchi, ibodatlarimizni qabul qiladigan yoki qilmaydigan 
yagona xudoni tan olish haqida qoida mavjud. 
Unga ko‘ra islom dini boshliqlari qalandarlar, qorilar, darveshlar, 
so‘filar, yuvg‘uvchilar, zohidlar, gadolar, qozilar, tabiblar soliq to‘lash, 
og‘ir ishlardan va jamoat ishlaridan ozod qilinadilar. 
Urushlar davrida ayollarning gunohi afv etish lozimligi belgilandi. 
O‘g‘rilarga nisbatan qattiq jazo tartiblari joriy qilingan. Agar o‘g‘ri 
chorvani o‘g‘irlasa, u chorva haqqini to‘qqiz barobar to‘lashi lozim. 
To‘lash imkoniyati bo‘lmasa, o‘g‘rining farzandlari asoratga solinishi, 
farzandlari va mablag‘lari bo‘lmagan taqdirda esa u o‘lim jazosiga 
mahkum etilardi. 


 141
«Yaso»da mo‘g‘ullar ongiga urush olib borishning yalpi qirg‘in 
uslubini singdirish faxrli ish ekanligi alohida ta’kidlanadi. Umuman 
olganda, o‘lim jazosi mo‘g‘ul harbiy-feodal davlati tuzumini 
mustahkamlashning birdan-bir samarali vositasi hisoblangan. Jumladan, 
fohishalar, poraxo‘rlar, yolg‘onchilar, suv va olovni haqoratlaganlar 
uchun hamda sutni yerga to‘kkanlik uchun o‘lim jazosi belgilangan.
Ayniqsa, qo‘shinni mustahkamlash va unda tartib intizomni yo‘lga 
qo‘yish maqsadida o‘lim jazosi keng qo‘llanilgan. Xonning buyrug‘ini 
bajarmaslik eng oliy gunoh hisoblangan. Xon buyruqlari uning 
ixtiyoridagi amaldorlar tomonidan bevosita tumanbegilarga va qabila 
boshliqlariga yetkazilgan. Boshliqlarga o‘zga boshliqqa tobe jangchilarni 
qabul qilish qat’iyan taqiqlangan. Belgilangan joyga qo‘yilgan har bir 
boshliq boshqalar yordamga muhtoj bo‘lgan taqdirda ham ruxsatsiz o‘z 
joyidan keta olmas, o‘z navbatida boshqalar ham undan yordam kutishga 
haqlari yo‘q edi. Bu qonunni buzish o‘lim bilan jazolangan. Maxsus 
buyruqsiz dushmanni talon-toroj qilish ham o‘lim bilan jazolangan. U 
yoki bu mamlakatga urush ochish va qo‘shin tortib borish masalasini 
faqat qurultoy hal qilar edi. 
Yaso ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun harbiylar tomonidan, 
ayniqsa, harbiy amaliyotlar davrida taqiqlangan 36 xil harakatdan 13 
tasiga o‘lim jazosi berish belgilangan. Jumladan, boshliqqa itoatsizlik, 
belgilangan joyga qo‘yilgan boshliqning o‘z o‘rnini o‘zboshimchalik 
bilan tashlab ketishi, o‘z boshlig‘ining buyrug‘ini bajarmaslik, jang 
vaqtida qochish, kelishmay turib chekinish, sotqinlik va xoinlik, qochoq 
qulni egasiga qaytarmaganlik hamda asirga olingan kishiga asirga 
oluvchining ijozatsiz yordam berish kabi jinoyatlarga bir jazo – o‘lim 
jazosi berilgan. 
Bulardan tashqari, ayg‘oqchilar, soxta guvohlik beruvchilar, 
jodugarlar, axloqsizlar, tabiatni ifloslantiruvchilar, vazifasidan foydalanib 
pora oluvchilar, fohishalar va unga dalolatchilarga nisbatan ham o‘lim 
jazosi tayinlangan
1
.
Mol-mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlardan mayda o‘g‘rilik uchun 
o‘g‘irlangan narsaning uch baravari (ba’zi hollarda 9 baravari) miqdorida 
jarima undirish, agar uni to‘lay olmasa, 7–700 martagacha qamchi bilan 
urish, ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik uchun esa o‘lim jazosi belgilangan.
1
Qarang: ɆɭΙɢɦɨɜ Ɂ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɞɚɜɥɚɬɢ ɜɚ ԟɭԕɭԕɢ ɬɚɪɢɯɢ. – Ɍ., 2003.
– Ȼ. 139. 


 142
Mo‘g‘ullarning jinoiy jazo siyosatida amal qilgan din – buddaviylik 
huquqiy mafkurasining ta’siri sezilib turadi. Masalan, yolg‘on ko‘rsatma 
berganlik, suv va o‘t (yaylov)ni ifloslantirganlik hamda muqaddas 
ichimlik hisoblangan sutni yerga to‘kkanlik uchun qatl etish jazosi 
tayinlangan.
Yaso qoidalariga ulug‘ xonlari, ayniqsa, Chig‘atoyxon qattiq amal 
qilgan. Ba’zi hollarda ularning o‘zlari ham bu qoidalarning benuqson 
bajarilishi uchun buyruqlar chiqarganlar. 
Yaso qonunlar Mo‘g‘ullar hukmronligi tarkibida bo‘lgan barcha 
hududlarda, jumladan Oltin Urda doirasida ham qo‘llanilgan. Ammo 
o‘zbekxon davrida mo‘g‘ullar yoppasiga islom dinini qabul qilib, o‘zlari 
turklashib ketganlar. O‘sha davrdagi o‘zbek tili – turk-chig‘atoy tili Oltin 
O‘rda adabiy muhitda, shuningdek, davlat ishlarini yuritishda ham 
shakllana borgan. Binobarin, mazkur xonlikda Yaso qonunlaridan ko‘ra 
shariat huquqi asosiy huquq manbaiga aylangan
1
.
Sud tizimi borasida shuni aytish mumkinki, Oltin O‘rda yoki bu 
davrda Chig‘atoy ulusining tarkibiga kirgan hozirgi O‘zbekiston hududida 
sud ishlarining tashkil qilinishi masalalariga doir manbalar yoki maxsus 
bir asar hozirgi kunga qadar ma’lum emas. Dastlabki vaqtlarda, ya’ni 
jamiyatning yuqori tabaqasi musulmon dinini qabul qilmagan va mo‘g‘ullar 
hokimiyati musulmonlashmagan davrlarda mo‘g‘ullarga taalluqli ishlarda 
sud yuritish Yasoga asoslangan. XIV asrning 30-yillarida Oltin O‘rdaning 
eng madaniy o‘lkasi – Xorazmning poytaxti Urganchga borgan arab sayyohi 
Ibn Batutta o‘z esdaliklarida Oltin O‘rdaning Xorazmdagi noibi Qutlug‘ 
Temurxonning qabul marosimida bo‘lib sud masalalari xususida 
quyidagilarni yozib qoldirgan: «Bu amirning adolatlaridan biri shuki, har 
kuni qozi uning qabulxonasiga keladi va o‘ziga ajratilgan kursiga o‘tiradi, 
uning bilan birga faqihlar va kotiblar keladilar. Qozining ro‘parasiga 
amaldorlardan biri o‘tiradi, uning qabulida org‘uchi (yorg‘uchi) 
deb 
ataladigan sakkizta amir va turk shayxlari ham ishtirok etadilar. Odamlar 
ularning huzuriga sudlashish uchun keladilar. Diniy ishlarga taalluqli 
janjallarni qozi hal qiladi, boshqa ishlarga shu amirlar yechim topadilar. 
Ularning qarorlari aniq va adolatlidir»
2
.
Professor Z. Muqimovning fikri mazkur shahodatlarni dalolatlaydi, 
ya’ni quyidagi xulosalarni ilgari suradi: sud ishlari markazda bevosita xon 
1
Qarang: ɆɭΙɢɦɨɜ Ɂ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɞɚɜɥɚɬɢ ɜɚ ԟɭԕɭԕɢ ɬɚɪɢɯɢ. – Ɍ., 2003.
– Ȼ. 140. 
2

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling