O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Germaniyada huquqning asosiy belgilari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
Germaniyada huquqning asosiy belgilari. V asrdan XI asrgacha
bo‘lgan davrda sharqiy franklarning arxaik xalq huquqi qabilaviy xarakterga ega bo‘lgan. Unda urf-odatlar muqaddas hisoblangan. Jamoaviy javobgarlik, qonli qasos, ardaliya va boshqa ramziy odatlar saqlanib qolgan. Germaniyada huquqiy partikulyarizm mavjud bo‘lgan. Turli hududiy birliklar va shaharlarning huquqi amal qilib, umumgerman huquqi yaratilmagan. XII–XIII asrlarda imperiya markaziy organlarining qarorlari asosida umumimperiya qonunchiligi shakllanadi. An’anaviy tarzda umumim- periya huquqi jinoiy-huquqiy normalarni belgilagan. Huquq tizimida XIII asrdan boshlab len huquqi (oliy feodal tabaqaga taalluqli huquq) alohida rivojlangan. Len huquqi, zemstvo (yer, hudud) huquqi, shahar huquqi va kanonik huquq ayni paytda bir xil munosabatlarni turlicha tartibga solgan. German huquqining rivojlanishida odat huquqining mahalliy tizimlashtirilishi ham muhim rol o‘ynagan. Bunda imperiya qonunlari va sud amaliyoti qoidalari ham hisobga olingan. Ularga misol tariqasida «Sakson zersalosi» (1220-y.), «Shvab zersalosi», «Frankon zersalosi» va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bu to‘plamlarning normalari va 131 prinsiplari ko‘pincha o‘z huquqiy doirasidan ancha chetga chiqib, huquqning birxillashtirilishiga ko‘maklashgan. Ularning tuzilishi alohida masalalarga oid normalardan iborat qismlardan tashkil topgan. Ularda, jumladan, fuqarolik, jinoyat, protsessual va qisman davlat huquqi normalari belgilangan. XIV–XVI asrlarda Germaniyada huquqiy birlikning o‘rnatilishiga rim huquqining o‘zlashtirilishi ham ko‘maklashgan. Bu borada turli sohalarga taalluqli huquq to‘plamlar (qonunnomalar)i yaratilgan. Masalan, 1532-yilda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunlari bo‘lgan «Karolina» nashr qilinadi. Absolutizm o‘rnatilgandan so‘ng knazlar qonunchiligi rivojlanib, yangi qoidalarni o‘zida mujassam etgan umumdavlat qonunnomalari va sohaviy kodekslar qabul qilingan. Knazliklar umumdavlat huquqida fuqarolik, oila va boshqa «noommaviy» huquq sohalari rivojlangan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling