O’zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiya m. A. Rustamov ingliz tili darslik
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
M.A.Rustamov Ingliz tili 2010
INGLIZ TILI GRAMMATIKASI (MA’LUMOTNOMA) - 186 - OT THE NOUN Otlar shaxslar, hayvonlar, joylar, narsalar, hodisalar va turli-tuman mavhum tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar bo‘lib, Who? (kim?) va What? (nima?) so‘roqlariga javob bo‘ladi. Sanaladigan va sanalmaydigan otlar Ingliz tilidagi otlar ham o‘zbek tilidagi kabi o‘zi ifodalagan tushunchaga ko‘ra sanaladigan yoki sanalmaydigan otlarga bo‘linadi. Ba’zi ko‘p ma’noli otlar bir ma’nosida sanaladigan otlar sirasiga kirsa, boshqa ma’nosi bilan sanalmaydigan otlar qatoridan o‘rin olishi mumkin. Sanaladigan va sanalmaydigan otlar quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: Sanaladigan otlar birlik va ko‘plik shakllariga ega bo‘ladi birlik yoki ko‘plikda kelishiga qarab birlik yoki ko‘plik shaklidagi fe’l bilan keladi birlik shaklida kelganda oldida a, an, yoki one kabi aniqlovchilar bo‘lishi mumkin ko‘plik shaklida kelganda oldida many yoki few aniqlovchilari bo‘lishi mumkin faqat ko‘plik shaklida kelganda oldidan some aniqlovchisi ishlatilishi mumkin faqat ko‘plik shaklida oldidan number of kelishi mumkin Sanalmaydigan otlar faqat birlik shakliga ega birlik shaklidagi fe’llar bilan keladi oldidan a, an yoki one so‘zlari aniqlovchi sifatida kelmaydi oldidan aniqlovchi sifatida much ishlatilishi mumkin oldidan aniqlovchi sifatida some kelishi mumkin oldidan amount of qo‘llanishi mumkin - 187 - Muayyan turdagi otlar odatda doim sanaladigan bo‘ladi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Odam, hayvon, o‘simlik, hasharot va ularning qismlarini atovchi otlar: a boy (bir bola), a girl (bir qiz), a man (bir kishi), a student (bir student), a teacher (bir o‘qituvchi), a wife (bir rafiqa), a woman (bir ayol), a cat (bir mushuk), a dog (bir it), a horse (bir ot), a mouse (bir sichqon), a tiger (bir yo‘lbars), a wolf (bir bo‘ri), a zebra (bir zebra), a cactus (bir kaktus), a bush (bir buta), a flower (bir gul), an oak (bir eman), a potato (bir kartoshka), a rose (bir atirgul), a tree (bir daraxt), an ant (bir chumoli), a butterfly (bir kapalak), a caterpillar (bir qurt), a fly (bir pashsha), a mite (bir burga), a tick (bir kana), a wasp (bir ari), an ankle (bir to‘piq), a bone (bir suyak), a face (bir yuz), a head (bir bosh), a nose (bir burun), an ear (bir quloq), a wing (bir qanot) va boshqalar. 2. Turli shakllarga ega bo‘lgan narsa va obyektlarning nomlari: a ball (bir to‘p), a building (bir bino), a house (bir uy) a tent (bir palatka), a car (bir mashina), a door (bir eshik), a window (bir deraza), a shop (bir do‘kon), a mountain (bir tog‘), a river (bir daryo), a lake (bir ko‘l), a valley (bir vodiy), a street (bir ko‘cha), a church (bir cherkov), a stadium (bir stadion), a tree (bir daraxt), a lamp (bir lampa), an umbrella (bir soyabon), a book (bir kitob), a pen (bir ruchka) va boshqalar. 3. O‘lchov birliklari (uzunlik, maydon, og‘irlik, hajm, harorat, bosim, tezlik va boshqalarni o‘lchashda ishlatiladigan so‘zlar) va tasnif so‘zlari (turlarni atash uchun xizmat qiladigan so‘zlar). Sanalmaydigan otlar o‘lchanishi yoki tasniflanishi mumkin: an inch (bir dyum = 2,54 sm.), a foot (bir fut = 30,48 sm.), a type (bir tur), a bit (bir chimdim, ozgina), a piece (bir bo‘lak), a square foot (bir kvadrat fut), a square meter (bir kvadrat metr), a cubic inch (bir kub dyum), a cubic centimeter (bir kub sm.), a part (bir qism), a degree (bir daraja), a drop (bir tomchi), a gramm (bir gramm), a meter (bir metr), a pound (bir funt), an item (bir band) va boshqalar. 4. Jamiyatdagi tasniflanishga oid otlar: a family (bir oila), a clan (bir to‘da), a tribe (bir qabila), a country (bir mamlakat), a city (bir - 188 - shahar), a state (bir davlat), a word (bir so‘z), a phrase (bir ibora), a language (bir til) va boshqalar. 5. Ba’zi mavhum tushunchalarni ifodalovchi otlar: a help (bir yordam), a hindrance (bir to‘siq), an idea (bir fikr), an invention (bir kashfiyot), a nuisance (bir noxushlik), a plan (bir reja), a rest (bir hordiq), a scheme (bir chizma), a taboo (bir tabu/taqiq) va boshqalar. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling