O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 431.45 Kb.
bet21/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

Rim davlati. Qadimgi Rim davlatining tashkil topishi. Miloddan avvalgi 753-yilda Rim shahriga asos solingan vaqtda (Romul va Rem tomonidan) Tibr daryosi bo‘ylaridagi qabilalarda ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi jarayoni yuz berayotgan edi. Bu yer uchta qabila: qadimgi lotin, sabin va etrusklarning xuddi Afinadagi sinoykizmga o‘xshab urushlar yo‘li bilan birlashtirilishi natijasida Rim jamoasi tashkil topgan. Qadimgi rim urug‘lari a’zolari patritsiylar deb atalgan.

Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi mulkiy tabaqalanishga va xususiy mulkning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Turli manbalar asosida qulchilik kelib chiqqan. Kambag‘allashgan jamoachilar, kelgindilar va ozodlikka chiqqan qullardan – kliyentlar guruhi paydo bo‘lgan. Qulay shart-sharoitlar natijasida Rimga ko‘chib kelganlar plebeylar deb atalgan. Ular o‘rtasida jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy farqlar mavjud bo‘lgan.

Rim jamoasi tepasida senat tomonidan saylab qo‘yiladigan reks (ryex


  • podsho) turgan. Uning vakolatlari cheklangan bo‘lib, asosan harbiy, diniy va sud vakolatlariga ega bo‘lgan. Reks senatga raislik qilgan, fuqarolar lashkari – legionga boshchilik qilgan. Umummajburiy qarorlar chiqargan.

Rim jamoasining muhim boshqaruv organi urug‘larning oqsoqollari kengashi – senat bo‘lgan. U sud vazifasini ham bajargan. Har bir urug‘ boshlig‘i senatga a’zo bo‘lib kirgan. Rim jamoasi 300 ta urug‘dan iborat bo‘lganligi uchun senat ham 300 ta senatordan tashkil topgan.

Jamoaning muhim masalalari xalq yig‘inida ko‘rilgan. Biroq uning qarorlari senat va reks tomonidan bekor qilinishi mumkin bo‘lgan. U muhim hukumat organi ham hisoblanadi.

Rim jamoasining tashkil etilishi izchilligi va mukammalligi bilan ajralib turgan. Qabilalar – tribalar deb atalib, urug‘lar birlashmalari – kuriyalardan tashkil topgan. Tribada 10 kuriya bo‘lgan, har bir kuriyaga 10 ta urug‘ kirgan. Shunday qilib, aholisi 3 ta qabila 300 ta urug‘dan iborat edi. Xalq yig‘ini ham aynan kuriyalar bo‘yicha chaqirilgan va qaror qilgan. Rim jamoasi boshqa xalqlar uchun yopiq bo‘lgan.

Plebeylar va patritsiylar o‘rtasida ijtimoiy tengsizlik natijasida yuzaga kelgan urush miloddan avvalgi VI asrda plebeylarning g‘alabasi bilan tugaydi. Oqibatda ijtimoiy jamoa tuzumi yemirilib, davlatning

tashkil topish jarayoni yuz beradi. Plebeylar g‘alabasi va qadimgi Rimda davlatning tashkil topishi miloddan avvalgi VI asrda reks Serviy Tulliy tomonidan o‘tkazilgan islohotlar bilan mustahkamlanadi.

Bu islohotlar Rimning ijtimoiy tuzumi asosiga mulkiy va hududiy tamoyillarni qo‘ygan. Ular yangi davlat organlarini shakllantirish yo‘lidan borgan. Islohotlar natijasida aholi mulkiga ko‘ra ma’lum qo‘shin beruvchi 6 ta sinfga ajratiladi. Buning natijasida senturiyalar majlisi (senturiya - yuzlik) deb ataluvchi xalq majlisi vujudga kelgan. Erkin aholi hududiy belgilariga qarab bo‘linishida 4 ta shahar va 17 ta qishloq tashkil etilgan.



Ayni bu davrda XII jadval qonunlari qabul qilinganligini unutmaslik kerak. Bu davrda shuningdek, qator podsholar va oliy mansabdor shaxslar tomonidan plebeylar huquq holatini yaxshilashga qaratilgan joriy qonunlar ham amalga kiritilgan.

Miloddan avvalgi 509-yilda oxirgi (yettinchi) reks Tarkviniy Superb haydab yuborilgandan so‘ng Rimda respublika tuzumi o‘rnatilgan. Bu davrda Rim ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, hududiy va harbiy jihatdan ancha mustahkamlanadi. Chegaralari kengayib, u dunyodagi eng qudratli davlatga aylanadi. Miloddan avvalgi III asrga kelib qishloq jamoalari 31 ta yetgan.

Respublika davrida davlat hokimiyati sodda shaklda tashkil etilgan. Keng hududlar ustidan markaziy boshqaruvni amalga oshiruvchi oliy organlar tizimida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmagan. Bu esa boshqaruv samarasini kamaytirib, vaqt o‘tishi bilan respublika tuzumining qulashi sabablaridan biri bo‘lib qolgan.

Rim respublikasida aristokratik va demokratik boshqaruv belgilari qo‘shilib ketgan. Bu oliy organlar – xalq majlislari, senat va magistraturaning vakolatlari va o‘zaro munosabatlarida ham o‘z aksini topgan. Davlat chegaralarining kengayishi va erkin kishilar sonining oshishi munosabati bilan majlislar tarkibida o‘zgarishlar kuzatilgan.

Rim respublikasida xalq majlislarining quyidagi uch turi: sentu- riyalar, tribalar va kuriyalar komitsiyalari (kengashlari) mavjud bo‘lgan. Senturiyalar davlat boshqaruvida katta o‘rin tutgan. Senturiyalar komitsiyasi (majlisi) vakolatlariga quyidagilar kirgan: respublikaning oliy mansabdor shaxslari (konsullar, pretorlar, senzorlar)ni saylash, urush e’lon qilish, sulh tuzish va o‘lim jazosiga hukm qilinganlar shikoyatlarini ko‘rib chiqish masalalarini hal qilish kabilar kirgan.

Triba xalq majlislari triba aholisidan iborat bo‘lib, ularning vakolatlari quyidagicha bo‘lgan: quyi mansabdor shaxslar (kvestor, edillar va boshq.)ni saylaganlar, jarimaga undirish haqidagi hukmlar

ustidan tushgan shikoyatlarni ko‘rganlar. Miloddan avvalgi III asrga kelib, ular qonun chiqarish vakolatini ham qo‘lga kiritadilar. Kuriyalar kengashi bu davrlarda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan va asosan vasiyat qilish, o‘g‘il qilib olish kabi masalalarni hal qilgan.

Davlat mexanizmida senat muhim o‘rin tutgan. U respublikaning oliy davlat organi hisoblangan. Senatorlar saylanmagan. Ularning soni dastlab

300 ta, miloddan avvalgi I asrda 600 ta, keyinchalik esa 900 taga ko‘paytirilgan. Rasman senat maslahatchi organ bo‘lib, uning qarorlari senatus-konsult deb atalgan. Lekin senatning vakolatlari juda keng bo‘lgan. Xalq majlislarining qarorlarini tasdiqlagan va faoliyatini nazorat etgan. Uning vakolatlariga davlat xazinasini va harbiy hayotni boshqarish, davlat mulkini idora qilish, soliqlarni joriy etish, diniy marosimlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish ham kirgan. Senatning tashqi siyosiy vakolatlari ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.

Magistraturalar deb davlat mansabdorlariga aytilgan. Ularga nisbatan saylab qo‘yishlik, muddatlilik, kollegiallik, haq to‘lamaslik va javobgarlik tamoyillari amalda bo‘lgan. Hamma mansabdorlar senturiyalar yoki tribalar majlislari tomonidan bir yilga saylangan. Magistrlarning hokimiyati oliy va umumiyga bo‘lingan. Oliy hokimiyat faqat diktatorga, konsullarga va pretorlarga berilgan. Mansabdor shaxslar o‘z vakolatlari doirasida farmoyishlar berib, bajarilishini nazorat etganlar.

Magistrlik odatiy va odatdan tashqari (favqulodda) magistrlikka bo‘lingan. Oddiy-odatiy-doimiy magistraturalarga konsullar, pretorlar, senzorlar, kvestorlar, edillar va boshqa mansablar kirgan.

Konsullar ikki nafar (biri patritsiylardan, biri albatta plebeylardan) bo‘lib, oliy magistratlar bo‘lgan va butun magistratura tizimiga boshchilik qilgan. Ular har yili senturiya kengashlarida saylangan. Harbiy va fuqarolik hokimiyati ular qo‘lida bo‘lgan.

Pretorlar lavozimi miloddan avvalgi IV asrda konsullarning yordam- chilari sifatida paydo bo‘lgan. Konsullar yo‘q vaqtida Rim shahrini boshqargan, sud ishlarini yuritishga rahbarlik qilganlar. Shuningdek, viloyatlarni boshqarganlar, senat topshirig‘i bilan legionlarga qo‘mon- donlik qilganlar va umummajburiy qarorlar qabul qilib, huquqning yangi me’yorlarini chiqara olganlar. Ular dastlab 1 ta, keyin 2 ta saylanadigan bo‘lgan. Biri rim fuqarolari va yana biri chet elliklar ishlarini ko‘rganlar. Asta-sekin ularning soni 8 taga yetgan.

Senzorlar – rim fuqarolarining ro‘yxatini tuzish, ularni mulkiy ahvoliga qarab darajalarga ajratish hamda senatorlar ro‘yxatini tuzish uchun senturiya komitsiyalari tomonidan 5 yilda 1 marta 2 tadan

saylangan. Ular vakolatiga axloqi kuzatib turish va tegishlicha ediktlar chiqarish ham kirgan.

Kvestorlar – kichik magistratlarga mansub bo‘lib, ular triba komit- siyalarida saylangan. Vaqt o‘tishi bilan ular senat roziligi ostida moliyaviy xarajatlarni yurita boshlaganlar, xazinachilik vazifasini bajarishgan, davlat arxivini qo‘riqlashgan, viloyat hokimlariga yordamchi bo‘lganlar va harbiy xazinaga mudirlik qilganlar. Shuningdek, ba’zi jinoiy ishlar bo‘yicha tergov olib borganlar. Respublikaning oxiriga kelib ularning soni 20 taga yetgan.

Edillar ham ikkita bo‘lishgan. Ular kichik magistratlardan bo‘lib, shaharda jamoat tartibini, bozorda savdoni va obodonchilikni kuzatganlar, shaxsni oziq-ovqat bilan uzliksiz ta’minlashga javob berganlar, bayramlar va xalq tomoshalarini tashkil etganlar.

«Yigirma oltita erkaklar» kollegiyalari 26 kishidan tashkil topib, beshta kollegiyadan iborat bo‘lgan. Ular qamoqxonalar, pul zarb etish, yo‘llarni tozalash masalalarini va ba’zi sud ishlarini yuritganlar.

Har bir magistrat ixtiyorida o‘z mahkamasi, unda ko‘pdan-ko‘p xattotlar, jarchilar va boshqa xizmatchilar bo‘lgan.

Odatdan tashqari magistrlardan Diktator – senatning taklifi bilan konsullarning biridan tayinlangan. Ba’zi hollarda senturiyalar kengashi bevosita diktator tayinlashga haqli bo‘lgan. Diktator cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lib, barcha magistratlar unga bo‘ysungan. Harbiy va fuqarolik hokimiyati 6 oy mobaynida diktator qo‘lida bo‘lgan. Veto huquqi unga ta’sir etmagan va uning faoliyatidan shikoyat qilish mumkin bo‘lmagan.

Odatdan tashqari favqulodda magistratlar qatoriga detsemvirlar komissiyasini ham kiritish mumkin. Bu komissiya plebeylarning teng huquqlar uchun navbatdagi kurashlardan biri ko‘tarilgan davrda mil.avv.

450 – 451-yillardagi XII jadval qonunlarini tayyorlash uchun tashkil etilgan edi.

Rim respublikasi tarixida armiya juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Armiya o‘ta intizomli va yaxshi qurollangan edi. Armiyaning bosh ko‘tarishi natijasida miloddan avvalgi 88-yilda Sulla davrida mavjud hokimiyat ag‘darib tashlanadi.

Binobarin, miloddan avvalgi II–I asrlarda quldorlik munosabatlari rivojlanishi natijasida sinfiy va ijtimoiy ziddiyatlar yanada keskinlashadi. Bu davrda aka-uka Tiberiy va Gay Grakxlar (tribunlar) tomonidan triba majlislari orqali zodagonlar siyosiy nufuzini zaiflashtiruvchi, kambag‘al va yersiz dehqonlarni mulk egasiga aylantirishga qaratilgan qonunlar amalga kiritilgan.

Siyosiy vaziyat keskinlashuvi natijasida davlat muassasalarini yangi tarixiy sharoitlarga moslashtirishga qaratilgan harakatlar qilingan. Bunday harakatlardan eng muhimi Sulla diktaturasi davrida (mil. avv. 82–79-y.) amalga oshirilgan edi.

Sulla diktaturasidan keyin qisqa vaqt o‘tgach YU. Sezar diktaturasi o‘rnatilib, u miloddan avvalgi 45-yilda imperator unvonini olgan. Miloddan avvalgi 27-yilda Rim davlatining imperiya davri boshlanadi.

Imperiya davrida imperator hokimiyatining kuchayib borishi ko‘zga tashlangan. Boshqaruv imperator boshchiligidagi amaldorlardan iborat byurokratik va harbiy apparat ixtiyoriga o‘tgan.

Milodning 476-yilida esa german qabilalari G‘arbiy Rim imperiyasini bosib olishi natijasida bu davlat tugatilgan.




  1. Download 431.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling