O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 431.45 Kb.
bet51/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

Devoni sarkori xossa hukmron sulolaga tegishli yer-suv va mol-mulk boshqaruvi, nazorati hamda soliq ishlariga mas’ul hisoblangan. Boshqa devonlar nomlari esa manbalarda uchramaydi.

Dargohda katta mavqega ega bo‘lgan lavozimlardan biri Shayx ul- islom bo‘lib, u davlat va jamiyatdagi mafkuraviy hayotda asosiy o‘rinda turgan. U shariat qoidalarining to‘g‘ri tatbiq etilishi va ularga rioya etilishining umumiy nazoratini yuritgan va doimo xabardor bo‘lib turgan.

Joylarda axloqiy normalarga rioya qilinishi, amaldorlar va ruhoniylarning bu masalaga munosabatini bilib borish bilan muxtasib shug‘ullangan. Joylarga muxtasibga bo‘ysunuvchi raislar tayinlangan.

Bosh sadr diniy muassasalar ta’minoti uchun ajratilgan vaqf mulklarini boshqargan. Joylarda esa unga bo‘ysunuvchi sadrlar faoliyat ko‘rsatgan.

Qozi kalon (bosh qozi, katta qozi) mamlakatda shariat sud ishlariga yetakchilik qilgan. Harbiylar hayotida yuz beradigan huquqiy masalalarni qozi askar hal qilgan. Unga qozi askar va mahalliy qozilar bo‘ysungan. Qozi kalonga viloyat qozilari ustidan shikoyat qilish mumkin bo‘lgan. Agar qozi fisq yo‘liga kirsa, masalan pora olsa, zino qilsa yoki xamr ichsa ishdan chetlatilgan.

Davlat ahamiyatiga molik mansablardan yana biri otaliqdir. «Otaliq qilmoq», «otasining o‘rnini bosmoq» mazmunini beruvchi mazkur amaldor markaziy hokimiyatning joylardagi vakili bo‘lgan. Oliy hukmdor viloyatlar boshqaruviga shahzodalarni tayinlash barobarida ularga otaliq, ya’ni o‘z nazoratchisini, ishongan shaxsini biriktirgan. Ayniqsa, balog‘at yoshiga yetmagan shahzodalar viloyatlarga tayinlangan hollarda, ular to ulg‘ayib mustaqil faoliyat ko‘rsatish darajasiga yetguniga qadar davlat ishlarini boshqarish shu otaliqlar zimmasiga yuklatilgan. Bunday hollarda otaliqlar amalda viloyat boshqaruvini, markaz bilan munosabatlar holatini hal etib kelgan. Bundan kelib chiqadiki, otaliqlarning asosiy vazifasi joylar – viloyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan.



Yasovullar oliy hukmdor va shahzodalar o‘rtasidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yish ishlarini olib borgan. Shahzodalarni xon tomonidan qabul qilish, ularning arzi va iltimoslarini yetkazish kabi tadbirlar shular jumlasidandir. Oliy hukmdor chiqargan hukmlar, yorliqlar va boshqa rasmiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish ishlariga parvonachi javobgar bo‘lgan.

Urush paytlarida esa ular harbiy yetakchilik vazifalari bilan ham shug‘ullangan.

Dargohga tushgan arzlarni qabul qilish, javobini berish hamda mamlakatdagi ijtimoiy adolat tartiblariga rioya qilishning nazorati kabi yumushlarga dodhoh mutasaddi edi.

Dargohdagi xavfsizlik, tartib-intizom, kirish-chiqishdan xabardorlik kabi tadbirlar eshikog‘aboshi boshchiligida olib borilgan. Uning

bo‘ysunuvida chap eshikog‘asi, o‘ng eshikog‘asi, eshikog‘asi bo‘lgan. Ular urush paytlarida oliy hukmdorning eng muhim harbiy topshiriqlarini ham bajarib borgan.

Bundan tashqari, yana dargohda quyidagi lavozimlar ta’sis etilgan: Mirzaboshi (uning bo‘ysunuvida mirzalar bo‘lgan); shig‘ovul (elchilarni qabul qiluvchi); qo‘rchiboshi (qurol-aslaha xizmati boshlig‘i, uning amaldori jibochi); chuhraboshi (maxsus qullardan iborat harbiy qism boshlig‘i); miroxur (oliy hukmdorga tegishli yilqi, ot-ulov, ularning ta’minotiga mas’ul); qushbegi (podshohona ov todbirlarini uyushti- ruvchi); qorovulbegi; tug‘begi; kitobdor; munshiy; muhrdor; xazinachi; tavochi; bakovulboshi; dasturxonchi; jarchi va boshqalar.



Mahalliy boshqaruv. Ma’muriy jihatdan Shayboniylar davlati, yoinki XVI asrning ikkinchi yarmidan Buxoro xonligi deb ataluvchi bu davlat ilk davrlardayoq viloyat va tumanlarga taqsimlangan. Viloyatlarni hokimlar boshqargan, ular bevosita xon tomonidan tayinlangan. Dastlabki davrlarda viloyatlar asosan hukmdor sulola namoyandalari orasida mulk o‘rnida taqsimlab berilgan.

Shuningdek, viloyatlarga yirik amaldorlarni tayinlashning alohida tartibi bo‘lib, joylarda dargohlar faoliyat ko‘rsatgan. Yuqorida keltirilgan lavozimlar mahalliy boshqaruv tizimida joriy etilgan. Shayboniylar zamonida qal’a boshlig‘i qutvol deyilgan bo‘lsa-da, shu bilan birga u shahar hokimi maqomiga ega bo‘lgan.

Mamlakatda eng yirik yer egasi xon hisoblangan. U davlat yerlarining oliy mulkdori bo‘lgan. Umumdavlat yerlari ijaraga berilgan, lekin ularni sotish, tuhfa qilish va vasiyat qilib qoldirish mumkin bo‘lmagan. Xonning mulk yerlari ham mavjud bo‘lib, u boshqa mulk egalari singari sotib olish va sotish huquqiga ega bo‘lgan.

Mamlakatda yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik munosabatlari keng tarqalgan. Yerlarni tortiq etish bo‘yicha alohida «tanho» instituti mavjud bo‘lib, bunday yerlar XVI asrda yuqori tabaqa vakillari va ruhoniylarga davlat oldidagi xizmatlari uchun tuhfa etilgan. Tarxon, suyurg‘ol institutlari ham amal qilgan. Tarxonlik huquqiga nafaqat harbiylar, savdogarlar va boshqa aholi qatlamlari ham ega bo‘lgan. U suyurg‘ol singari davlat oldidagi alohida xizmatlar uchun in’om etilgan. Yersiz ziroatchilar mulkdorlar yerida ishlab, odatda, hosilning 1G‘3 yoki 1G‘5 qismiga egalik qilgan.

Eng ko‘p tarqalgan soliq turlaridan zakot (ko‘psur), xiroj, ushrni ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, mavjud yig‘imlarning tanobona, zobitona, madadi-lashkar, peshkash va boshqa turlarini ko‘rsatish mumkin.


Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling