O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 431.45 Kb.
bet66/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

Reyxstag – quyi palata umumiy saylov huquqi asosida va yashirin ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylangan. Lekin, amalda quyi darajadagi harbiy xizmatchilar, mulksiz kambag‘allar va ayollardan tashqari 25 yoshga to‘lgan erkaklargina saylov huquqiga ega bo‘lgan. Reyxstag a’zolari o‘z mehnatlari uchun hech qanday maosh yoki haq olmaganlar (V bo‘lim, 32-modda).

Qonun chiqarish tashabbusi reyxstag qo‘lida bo‘lib, ittifoq kengashi va imperator uning qarorlarini tasdiqlamaslik huquqiga ega bo‘lgan. U imperator nazorati ostida bo‘lgan. U qabul qilgan birorta ham qonun bundesratning tasdig‘isiz amalga kiritilmagan.



Ittifoq kengashi – bundesrat, yuqorida aytilganidek yuqori palata bo‘lib, saylanmasdan balki hamma german monarxiyalari va erkin shaharlarning vakillaridan iborat holda tuzilardi va ularning imperiyadagi salmog‘i, o‘rnini o‘zida aks ettirgan. Unda jami 58 ta o‘rin bo‘lib, shuning 17 tasi Prussiyaga tegishli edi. Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgarish uchun faqat 14 ta qarshi ovoz berilsa ham, kengashning kiritgan taklifi qabul qilinmagan.

Bundesratga imperiya qonunlarini hayotga tatbiq etish uchun zarur bo‘lgan ma’muriy buyruqlar va instruksiyalar chiqarish, imperator roziligi bilan reyxstagni tarqatib yuborish, o‘lkalar o‘rtasidagi nizolarni majburlash choralarini, jazolarni qo‘llash yo‘li bilan hal etish vakolatlariga ega edi.

Armiyadan politsiya maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan. Umumiy harbiy majburiyat har bir nemisga 7 yil, ya’ni 20 yoshdan 28 yoshgacha qilib belgilangan. Imperiyaga harbiy holat e’lon qilish huquqi berilgan.

Keyingi yillarda davlat tizimi va Prussiya harbiy kuchlari yordamida hukmron doiralar prusslashtirish siyosatini olib boradilar. Germaniyada militarizm ruhi hukmronlik qila boshlaydi. Byurokratik-amaldorlik hokimiyati zulmi va markazlashgan politsiya nazorati butun mamlakatda hukm suradi. Germaniya imperiyasi politsiyachi-byurokratik yarim mustabid davlatga aylangan.



Kayzer (imperator) Germaniyasining siyosiy rejimi. XIX asrda birlashgan Germaniyaning qarama-qarshiliklarga to‘la tarixiy rivojlanishi yo‘lida sodir bo‘lgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar uning siyosiy rejimida ham tez-tez o‘zgarishlar bo‘lishiga bevosita ta’sir qiladi. Bu jarayonlarda Germaniyaning kansleri (ilgarigi Prussiya ministr- perzidenti) Otto fon Bismark alohida rol o‘ynaydi. Tarixiy adabiyotlarda qator qarama-qarshi tushunchalar, jumladan «yuqoridan o‘tkazilgan inqilob», «davlat sotsializmi», «reaksion militarizm», «bonapartizm» va boshqa nomlar bilan belgilangan siyosatni amalga oshirish aynan Bismark nomi bilan bog‘liq.

Darhaqiqat, XIX asrda Germaniyaning burjua inqilobi ta’sirida birlashtirilishi uning iqtisodiyotning, kapitalistik tadbirkorlikning, aksionerlik kompaniyalari, banklar va yangi sanoatning rivojlanishiga sharoit yaratadi.

XIX asrning oxirgi 1/3 qismi «gryunderlik» (grunder – asos solmoq, ta’sis qilmoq) davri deb ataladi. Aynan shu davrda xo‘jalikning deyarli hamma sohalarida, ko‘proq iqtisod-moliya tarmoqlarida ta’sis etish ishlari kuchayib ketgan.

Umumimperiya bank biletlari, yagona o‘lchov va og‘irlik birliklari, bojxona tariflari, patent qonunchiligi joriy qilindi. Mamlakat ikki–uch o‘n yilliklar davomida Yevropa va dunyodagi eng ilg‘or, sanoati rivojlangan davlatlardan biriga aylangan.

Dastlabki davrlarda tadbirkorlik va savdoning rivojlanishi yo‘lidagi ko‘pdan-ko‘p to‘siqlar olib tashlanadi. Umumimperiya partiyaviy tizimi tashkil qilingan, ishchi tashkilotlari va partiya nashrlari oshgan.

Bu vaqtda Germaniya siyosiy tuzumida siyosiy partiyalar muhim o‘rin tutadi. Ilk partiya sifatida konservatorlar partiyasini ko‘rsatish mumkin. U Sharqiy Prussiya yirik yunker (yirik feodal, pomesh- chik)larining, Saksoniya, Brandenburg yer egalarining manfaatini ifoda etgan. Bu partiya 1866-yilda ittifoq tashkil topishi vaqtida qo‘rqish natijasida ajralishga uchraydi. Bir qismi ajralib chiqib, o‘zining eski nomini saqlab qoladi. Bu yarim mutlaq monarxiya tarafdori bo‘lgan. U o‘z vaqtining hukmron partiyasi hisoblanib, davlat boshqaruvidagi muhim

vazifalarda ishlab kelganlar. Ularning ta’siri Prussiyada kuchliroq bo‘lib, Prussiya landtagi ularning tayanchi edi.

Konservatorlarning bo‘linib ketgan bir qismi o‘zlarining imperiya partiyasi yoki erkin konservatorlar partiyasini tuzadi. Unga kapitalistik rivojlanish yo‘lida borayotgan yirik yer egalari va ba’zi yirik sanoat magnatlari (Krupp, fon Kardorf, fon Shturm va boshq.) kirgan. Ular Bismark va imperiya so‘zini qo‘llab-quvvatlaganlar. U Bismarkning tayanchi sifatida rol o‘ynagan.

Bismarkning yana bir tayanchi milliy-liberal partiya bo‘lib, bu partiya 1867-yildayoq progressiv partiyadan ajralib chiqqan. U mamlakat sanoatini rivojlantirish va faol imperialistik mustamlaka siyosatini olib borish tarafdori bo‘lgan. Bu partiya hukumatning militarizm va qurollarni yanada ko‘paytirish siyosatini qo‘lla-quvvatlagan. Milliy-liberallar 1870- yillarda konservatorlar bilan yangi islohotlarga qarshi turish yo‘lida hamkorlikka kirishadilar.


Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling