Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat organlarining ichki audit tuzilmalari faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizom
-bob. Boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Download 69.86 Kb. Pdf ko'rish
|
33 davlat organlari
2-bob. Boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
4. Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: a) vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlar (jumladan markaziy apparat) tomonidan qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi va funksional vazifalarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; b) vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlarda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlangan xato va kamchiliklarning bartaraf etilishi va takroran yoʻl qoʻyilishini oldini olish boʻyicha tadbirlarni belgilash; d) ichki audit milliy standartlari va boshqa uslubiy hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish; e) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda – Inspeksiya) va ichki audit xizmatlari xodimlarining malakasini doimiy oshirib borish ishlarini va ularni sertifikatlashni tashkil etish; f) masofaviy audit tadbirlari koʻlami va sifatini oshirish, shuningdek, ichki audit xizmatlariga xavflarni aniqlash va oldini olish boʻyicha uslubiy koʻmaklashish; g) ichki audit xizmatlari faoliyatini oʻrganish va ularning natijalarini tahlil qilish asosida baholash, ularning faoliyati yuzasidan hisobotlar tayyorlash va eʼlon qilib borish; h) fuqarolar ishtirokidagi audit tizimini joriy etilishini uslubiy taʼminlash va takomillashtirish. 5. Boshqarma unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: a) vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi va funksional vazifalarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida: vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarini qoʻllashda qonuniylikni taʼminlash va ularga rioya qilinishi boʻyicha tadbirlarning oʻtkazilishi yuzasidan tekshirishlar, oʻrganishlar va tahlillar oʻtkazadi; vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlarda qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishining nazoratini tashkil etishda hamda boshqa majburiyatlarning bajarilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni taqdim etilgan hisobotlar va maʼlumotlar asosida tahlil qilib boradi; oʻtkazilgan tekshirish, oʻrganish va tahlillar natijalari boʻyicha aniqlangan tizimli ravishda yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlaydi hamda bunday holatlarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralarini qoʻllash yuzasidan takliflar kiritadi; b) vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlarda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlangan xato va kamchiliklarning bartaraf etilishi va takroran yoʻl qoʻyilishini oldini olish boʻyicha tadbirlarni belgilash: oʻtkazilgan tekshirish va oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida takrorlanishining oldini olish boʻyicha vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlar tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va bajarilishini nazorat qiladi; oʻtkazilgan tekshirish va oʻrganish natijalari boʻyicha toʻplangan hujjatlarni umumlashtiradi, vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga rioya etilmayotganligi sabablarini tahlil qiladi; oʻtkazilgan tekshirish va oʻrganishlar natijalari boʻyicha aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻyilishining oldini olishga doir takliflar ishlab chiqadi va bu borada profilaktik ishlarni tashkil etadi. d) ichki audit milliy standartlari va boshqa uslubiy hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish sohasida: ichki audit xizmati faoliyatiga tegishli normativ-huquqiy hamda uslubiy hujjatlarni, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni ishlab chiqadi; ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash indikatorlari (KPI)ni ishlab chiqadi; xalqaro ilgʻor tajribalarni oʻrganish asosida ichki auditning yangi mexanizmlarini amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi; vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan ichki audit xizmatlari faoliyatiga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hamda uslubiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqadi; ichki audit xizmatlari faoliyati boʻyicha ommaviy axborot vositalarida maʼlumotlar berib boradi. e) Inspeksiya va ichki audit xizmatlari xodimlarining malakasini doimiy oshirib borish ishlarini va ularni sertifikatlashni tashkil etish sohasida: Inspeksiya va ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; kadrlar tayyorlash, oʻquv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish va ilmiy tadqiqot faoliyati boʻyicha milliy va xorijiy oliy oʻquv yurtlari hamda ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qiladi; ichki audit sohasida xalqaro tashkilotlar va boshqa mamlakatlar ichki audit tuzilmalari hamda tajriba almashish dasturlari doirasida xalqaro aloqalar oʻrnatadi va rivojlantiradi; ichki auditga oid xalqaro va milliy darajadagi uchrashuvlar, konferensiyalar, ilmiy muhokamalar, seminarlar va treninglarni tashkil etadi; Inspeksiya va ichki audit xizmatlari xodimlarining malakasini oshiradi va ularni sertifikatlash sohasidagi xalqaro tajribalarini oʻrganish hamda milliy tizimni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi; Inspeksiya va ichki audit xizmatlari xodimlarini sertifikatlash tartibini ishlab chiqadi va mazkur tartibga asosan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga tasdiqlangan namunadagi malaka sertifikatlarini beradi hamda bekor qiladi; ichki audit boʻyicha milliy malaka sertifikatini olgan shaxslar reyestrini yuritadi. f) masofaviy audit tadbirlari koʻlami va sifatini oshirish, shuningdek, ichki audit xizmatlariga xavflarni aniqlash va oldini olish boʻyicha uslubiy koʻmaklashish sohasida: ichki audit xizmatlari faoliyatida vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan foydalanishni tashkil etadi; axborot texnologiyalari auditini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar tayyorlaydi; ichki audit xizmatlari xodimlarining vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirishga koʻmaklashadi; ichki audit xizmatlariga masofaviy audit oʻtkazish koʻlami va sifatini yaxshilash boʻyicha tashkiliy va uslubiy koʻmaklashadi; vazirlik va idoralar faoliyatiga axborot texnologiyalarini tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi; xavflarni aniqlash va oldini olishni tashkil etishga koʻmaklashadi; xavf tahlillari va ichki audit tadbirlari natijalarini jamlash asosida vazirlik va idoralarda xavf darajasini aniqlash, baholash hamda ularni minimallashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi; ichki audit xizmatlari faoliyati bilan bogʻliq xavflarni aniqlash, baholash va ularni minimallashtirish boʻyicha ishlarni tashkil qiladi; ichki audit xizmatlarini davlat moliyaviy nazorat organlari bilan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda hamkorlik qilish vositalari va mexanizmlarini ishlab chiqadi hamda ularni takomillashtirib borish boʻyicha takliflar kiritadi. g) ichki audit xizmatlari faoliyatini oʻrganish va ularning natijalarini tahlil qilish asosida baholash, ularning faoliyati yuzasidan hisobotlar tayyorlash va eʼlon qilib borish sohasida: ichki audit xizmatlari faoliyatini ularning natijalarini tahlil qilish asosida oʻrganadi; ichki audit xizmatlari faoliyati natijalarini tahlil qiladi, baholaydi hamda ularning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha choralar koʻradi; ichki audit xizmatlari faoliyatga daxldor statistik maʼlumotlarni oladi, jamlaydi hamda tahlil qiladi; ichki audit xizmatlari faoliyatini rivojlanishi boʻyicha yillik hisobotlar tayyorlaydi. h) fuqarolar ishtirokidagi audit tizimini joriy etilishini uslubiy taʼminlash va takomillashtirish sohasida: ichki audit xizmatlari faoliyatga daxldor statistik maʼlumotlarni olish, jamlash hamda tahlil qilish; fuqarolar ishtirokidagi audit tizimini joriy etilishini uslubiy taʼminlash; fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi natijalarini tahlil qilib borish; fuqarolar ishtirokidagi audit tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Download 69.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling