Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat organlarining ichki audit tuzilmalari faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizom
Download 69.86 Kb. Pdf ko'rish
|
33 davlat organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil “___” _______dagi ____-son buyrugʻiga ___-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat organlarining ichki audit tuzilmalari faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi toʻgʻrisida VAQTINCHALIK NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat organlarining ichki audit tuzilmalari faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda – boshqarma) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik) tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlar faoliyati ustidan nazorat qilish hamda davlat organlarining ichki audit tuzilmalari (keyingi oʻrinlarda – ichki audit xizmatlari) faoliyatini nazorat qilish, uslubiy taʼminlash, xodimlar malakasini oshirish yuklatilgan Vazirlikning tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. 2. Boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining buyruqlari va koʻrsatmalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomiga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 3. Boshqarma oʻz faoliyatini Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashkiliy tuzilmasi, uning markaziy apparati va vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlar, Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi, davlat organlari ichki audit xizmatlari, davlat maqsadli va boshqa jamgʻarmalar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Download 69.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling