Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat organlarining ichki audit tuzilmalari faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizom


-bob. Boshqarma faoliyatini tashkil etish


Download 69.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana18.10.2023
Hajmi69.86 Kb.
#1708819
1   2   3   4
Bog'liq
33 davlat organlari

4-bob. Boshqarma faoliyatini tashkil etish 
8. Boshqarma tashkiliy tuzilmasi va shtat birliklari soni Iqtisodiyot va moliya 
vazirligining tashkiliy tuzilmasiga muvofiq ishlab chiqiladi hamda Iqtisodiyot
va moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
9. Boshqarma tashkiliy tuzilmasi quyidagi boʻlimlardan tashkil topgan:
Vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlar faoliyati ustidan nazorat qilish 
boʻlimi;
Davlat organlarining ichki audit tuzilmalari faoliyatini nazorat qilish, uslubiy 
taʼminlash va malakasini oshirish boʻlimi.
10. Boshqarma faoliyatiga rahbarlik Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot
va moliya vaziri tomonidan tayinlanadigan boshqarma boshligʻi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
11.
Boshqarma Vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi Davlat moliyaviy nazorat 
inspeksiyasi, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi va Budjet tashkilotlari 
moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv 
markazining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
12. Boshqarma boshligʻi:
boshqarma zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish boʻyicha 
ishlarni tashkil etilishini taʼminlaydi; 
boshqarma tarkibidagi boʻlimlar boshliqlari va xodimlar oʻrtasida vazifalarni 
taqsimlaydi va ularning zarur darajada bajarilishini nazorat qiladi; 
boshqarma xodimlariga beriladigan mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustama 
koeffitsiyentlari, ragʻbatlantirish hamda moddiy yordam miqdori va shakllari 
boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi; 
Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish departamenti bilan birgalikda 
kadrlarni tanlash va toʻgʻri joylashtirish, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, 
mehnat va ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga 
oshirilishini taʼminlaydi;
qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq boshqarma faoliyatiga tegishli 
boshqa masalalarni hal qiladi. 


5-bob. Boshqarma xodimlarining javobgarligi 
13. Boshqarma xodimlari mazkur Nizomda belgilangan vazifa, funksiya
va majburiyatlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun masʼuldirlar. 
14. Oʻz vazifalari va funksiyalarini bajarmaganliklari yoki lozim darajada 
bajarmaganliklari uchun Boshqarma xodimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq 
javobgarlikka tortiladilar. 
6-bob. Yakuniy qoidalar 
15. Mazkur vaqtinchalik nizomga asoslantirilgan takliflar asosida Iqtisodiyot 
va moliya vaziri bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi 
mumkin.

Download 69.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling