Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat organlarining ichki audit tuzilmalari faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizom


-bob. Boshqarmaning huquq va majburiyatlari


Download 69.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana18.10.2023
Hajmi69.86 Kb.
#1708819
1   2   3   4
Bog'liq
33 davlat organlari

3-bob. Boshqarmaning huquq va majburiyatlari 
6. Boshqarma oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga 
oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlardan qonunchilikka muvofiq 
vakolati doirasida zarur boʻlgan hujjatlar, hisobotlar va maʼlumotlarni elektron, 
ogʻzaki va yozma shaklda soʻrash va olish;


davlat moliyaviy nazorat organlari bilan ichki audit obʼekti faoliyatiga doir 
maʼlumotlar almashish; 
oʻz vakolatlarini qonunchilik hujjatlariga boʻysungan holda mustaqil ravishda 
amalga oshirish; 
vazirlik va idoralar, jumladan, davlat moliyaviy nazorat organlari dasturiy 
majmualariga kirish, ulanish va ulardan tegishli maʼlumotlarni olish;
ichki audit sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va uslubiyotni qoʻllash 
masalalari boʻyicha maʼlumot va tushuntirishlar tayyorlash;
ichki audit xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni 
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyatiga koʻrib 
chiqish uchun kiritish;
ichki audit xizmatlariga faoliyati natijalaridan kelib chiqib koʻrsatmalar
va tahliliy maʼlumotlar yuborish;
xalqaro moliyaviy institutlar hamda tashkilotlar koʻmagidagi loyihalarda 
vakolati doirasida ishtirok etish; 
vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlarda boshqarma tomonidan 
oʻtkaziladigan tekshirish va oʻrganishlarga vazirlik rahbariyatining ruxsati bilan 
markaziy apparat tarkibiy tuzilmalari hamda vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi 
tashkilotlar xodimlarini jalb etish; 
boshqarma faoliyatiga taalluqli boʻlgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini 
ishlab chiqish va tasdiqlash uchun vazirlik rahbarlariga kiritish; 
ijro 
intizomini 
mustahkamlash 
maqsadida 
boshqaruv 
ish 
uslubi
va usullarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va koʻrib chiqish uchun 
rahbariyatga taqdim etish; 
tekshirish va oʻrganishlar oʻtkazishda aniqlangan huquqbuzarliklar
va kamchiliklar boʻyicha vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlar 
rahbarlaridan, xodimlaridan, mutaxassislaridan tushuntirish xatlari, maʼlumotlar 
hamda xizmatga oid boshqa hujjatlarni talab qilib olish; 
tekshirish 
va 
oʻrganishlarni 
oʻtkazish 
vaqtida 
soʻralgan 
hujjat 
va materiallarni vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlar mansabdor shaxslari 
tomonidan taqdim etmaslik holatlari boʻyicha dalolatnomalar tuzish; 
vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlar mansabdor shaxslarining 
tushuntirishlar berish va ichki audit tadbiri natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan 
hujjatlarni imzolashdan bosh tortganliklari toʻgʻrisida dalolatnoma tuzish; 
vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlarda oʻtkazilgan tekshirish, 
oʻrganish va tahlillarda aniqlangan huquqbuzarlikka boshqa boʻysunuvidagi 
tashkilotlar faoliyatida yoʻl qoʻyilishining oldini olish maqsadida, ular bajarishi 
lozim boʻlgan aniq vazifalar hamda ushbu vazifalarni bajarish muddatlari va bajarish 
uchun masʼullar boʻyicha vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritish hamda ushbu 
takliflar asosida rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi ustidan nazoratni 
amalga oshirish; 


tekshirish va oʻrganishlarda vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlardagi 
hujjatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda olib qoʻyish; 
vazirlikning yagona axborot-resurs maʼlumotlar bazasi, tashqi manba 
maʼlumotlari hamda vazirlik va uning tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlarda 
amaliyotda 
foydalanib 
kelinayotgan 
barcha 
dasturiy 
mahsulotlar
va avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan oʻzgartirish huquqisiz foydalanish; 
tekshirish va oʻrganishlar oʻtkazishda vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi 
tashkilotlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari hamda unda 
saqlanadigan maʼlumotlardan foydalanish; 
vazirlik tashkiliy boʻysunuvidagi tashkilotlarda moliyaviy-iqtisodiy masalalar 
boʻyicha tuzilmalar bilan hamkorlikda xodimlarning moliyaviy savodxonligini 
oshirishga qaratilgan uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni 
tashkil etish; 
boshqa 
idoralar, 
muassasalar 
va 
tashkilotlardan 
vazirlik 
tashkiliy 
boʻysunuvidagi tashkilotlari mansabdor shaxslarining xizmat faoliyatlari masalalari 
boʻyicha axborotlarni belgilangan tartibda olish; 
faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan xodimlarni ragʻbatlantirish, 
shuningdek, xodimlarga maxsus unvonlar berish toʻgʻrisida vazirlik rahbariyatiga 
takliflar kiritish; 
funksional 
vazifalarini 
lozim 
darajada 
bajarmagan, 
ichki 
tartib
va mehnat intizomiga rioya qilmagan xodimlarga nisbatan intizomiy choralar 
koʻrish toʻgʻrisida vazirlik rahbariyatiga taklif kiritish; 
boshqarma oʻziga yuklangan funksiyalarni amalga oshirish doirasida 
qonunchilik hujjatlariga va vazirlikning ichki normativ hujjatlariga muvofiq boshqa 
huquqlardan ham foydalanadi.
7. Boshqarma oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga 
oshirishda quyidagi majburiyatlarga ega:
ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida boshqarmaga yuklatilgan 
vazifalar va funksiyalarni bajarish hamda oʻz vakolat doirasidan chetga chiqmaslik; 
tekshirish va oʻrganishlarni xolis, subyektiv fikrlarning taʼsir qilishiga yoʻl 
qoʻymagan holda amalga oshirish; 
jinoyat yoki korrupsiyaga doir huquqbuzarlik alomatlari (shu jumladan, ichki 
audit tadbirini amalga oshirgan shaxslar tomonidan) aniqlangan taqdirda, tegishli 
choralar koʻrish (hujjatlashtirish, oldini olish choralarini koʻrish) va huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarga materiallarni yuborish yuzasidan vazirlik rahbarini 
xabardor qilish; 
davlat, tijorat va xizmat sirlarini oshkor etmaslik; 
belgilangan vazifa va funksiyalarini bajarishda korrupsiya holatlarining, shu 
jumladan, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish choralarini koʻrish; 


ish yuritishni belgilangan tartibda olib borish, ichki audit tadbirlari boʻyicha 
toʻplangan hujjatlarning nusxasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda 
saqlash hamda hisobini yuritish; 
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini 
taʼminlash va ijro intizomiga qatʼiy rioya qilish;
boshqarma xodimlari bilimlari va malakalarini doimiy oshirib borishni tashkil 
qilish;
boshqarma xodimlari tegishli qonunchilik hujjatlariga va vazirlikning ichki 
normativ hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.

Download 69.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling