113
bitadi. Kasallikning boshqa formalari juda og‘ir o‘tadi va ko‘pincha o‘lim bilan
tugaydi.
Diagnostikasi. Laboratoriya tekshiruvi
uchun teridagi elementlardan, boshqa
formalarida qon, siydik, balg‘am, najas, qusuq
massasidan namuna olib, ehtiyotlab
jo‘natiladi. Materialdan mazok tayyorlash, Askoli pretsipitatsiya
reaksiyasini
qo‘yish mumkin. Teri ostiga 0,1 ml antraksin yuborib allergik reaksiya ham
qo‘yiladi.
Davolash. Bemor alohida palataga yotqiziladi. Antibiotiklardan
penitsillin yaxshi
natija beradi. U 300000-500000 TB dan kuniga 6-8 marta 7-12 kun yuboriladi.
Tetratsiklin, levomitsetin, streptomitsindan ham foydalanish mumkin.
Spetsifik
kuydirgi gamma-globulin 25-30 ml miqdorda mushaklar orasiga yuboriladi.
Kuydirgiga qarshi zardob ham ishlatiladi. Bemorning idish-tovog‘i alohida bo‘ladi
va foydalangandan so‘ng uzoq qaynatiladi. Bog‘lov materiallari yoqib yuboriladi.
Bemor bilan aloqada bo‘lganlar 8 kun tibbiy nazoratda bo‘ladi.
Profilaktikasi. Profilaktika chora-tadbirlari shifokorlar va veterinariya xodimlari
hamkorligida amalga oshiriladi. Kasal hayvon aniqlanganida karantin joriy etiladi,
go‘shtini sotishga ruxsat etilmaydi. O‘lgan hayvon
jasadi maxsus joyda chuqur
o‘ra kavlanib, tubiga va ustiga xlorli ohak sepib ko‘miladi.
Shaxsiy profilaktika
maqsadida veterenariya xodimlari STI vaksinasi bilan emlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: