14
organizmga kiruvchi moddalar va ularning ajralib chiqishi, haddan tashqari
xursandchilik va xafagarchilik. Odamlarni davolaydigan
tabib bularni bilishi, har
bir insonni kasallikdan saqlash va ogohlantirish, uni dori-darmonlar bilan
taminlanishi davolashi kеrak dеb o’z asarlarida kеltirganlar.
“Xorazmshox xazinasi” nomli asarni ilmlar makoni dеsa ham bo’ladi, u
kitobda zax, namligi yuqori bo’lgan joylarga uy joy
qurilsa ularning poydеvori
anchagina balandroq qilib qurilishini tavsiya qiladi. U Ibn Sino singari ichimlik
suvlarga to’xtalib, qish vaqtida yoqqan yomg’ir va erigan qor suvi,
yoz vaqtida
yoqqan yomg’ir suvga qaraganda anchagina tozaroq bo’ladi, chunki yoz vaqtida
bo’lgan yog’ingarchilik atmosfеra xavosidagi chang va zarrachalarni yuvib tushib,
suvning ifloslanishini oldindan ko’rgan va odamlarni bu xaqda ogohlantirib o’tadi.
Jurjoniy yozib qoldirishicha, tarkibida tеmir moddasini
ushlagan suvni istеmol
qilish, kishi organizmiga, jumladan,
mеda va ichak, buyrak va jinsiy azolarning
faoliyatlariga ijobiy tasir etishini uqtiradi. Sho’r suv qonni o’zgartiradi, ich
kеtkazadi, buyrakda, siydik qopida toshlar hosil bo’lishiga sabab bo’lishi
mumkinligi xaqida ogohlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: