Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻzbеkistоn davlat jismоniy tarbiya va sport universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna


NAFAS OLISH YO‘LLARI INFEKSIYASI - CHIN CHECHAK


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/110
Sana20.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1633247
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110
Bog'liq
Bolalar gigiyenasi

NAFAS OLISH YO‘LLARI INFEKSIYASI - CHIN CHECHAK 
Chin chechak o‘ta xavfli, o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, organizmning og‘ir 
umumiy intoksikatsiyasi va teri hamda shilliq qavatlarda toshma toshishi bilan 
xarakterlanadi. Qadim zamonda bu kasallik millionlab kishilarning yostig‘ini 
quritgan. Odatda, qo‘llaniladigan dezinfeksiyalovchi eritmalar ta’sirida 30 
daqiqadan keyin nobud bo‘ladi. 
Epidemiologiyasi. Bunda bemor infeksiya manbai hisoblanadi. U prodroma 
davrining oxiridan kasallik tugaguncha virusni yuqtirishi mumkin. Dastlabki 
davrda virus nafas yo‘llari orqali ajraladi. Keyinchalik pustula o‘rnida hosil 
bo‘lgan po‘stloqchalar virus saqlovchi hisoblanadi. Oqibatda virus bemor kiyimlari 
va u foydalangan ro‘zg‘or anjomlari vositasida yuqishi mumkin. Hozirda 
mamlakatimizda bu kasallik tugatilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 
(VOZ)ning xabariga ko‘ra, 1979-yilda chin chechak dunyo miqyosida tugatildi. 
Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri o‘rta hisobda 9-14 kun. Keyin 3-4 
kun davom etadigan prodroma davri boshlanadi. To‘satdan qaltirash bilan isitma 
ko‘tarilib, 39-40

ga etadi. Bosh og‘rishi va aylanishi, ko‘ngil aynishi va qusish 
kuzatiladi. Mushaklar, bel va dumg‘aza qattiq og‘riydi. Bemorning yuzi, ko‘zi va 
og‘iz shiliq qavatlari qizaradi. Ba’zan shu davda terida turli toshmalar paydo 
bo‘ladi. Toshma sonning ichki yuzasiga, qorinning pastki qismiga va ko‘krakka 
uchburchak shaklda toshishi xarakterli. Bir kundan so‘ng toshma asar qoldirmay 
yo‘qoladi. Bu davrda gavda harorati ham normaga tushib, bemor ahvoli 
yaxshilanadi. Shu davrda haqiqiy toshmalar tosha boshlaydi. Toshma dastlab bosh 
va yuzda paydo bo‘ladi. Keyinchalik tana va qo‘l-oyoqlarga tarqaladi. Dastlab u 
pushti rangli mayda dog‘ ko‘rinishida bo‘ladi. Bir necha soatdan keyin yiriklashib 
papula hosil bo‘ladi. 2-3 kundan keyin papula ichida tiniq suyuqlik yig‘ilib 
vezinkulaga aylanadi. Kasallikning 9-10-kunida vezikula ichida suyuqlik yiringlab 


106 
pustula hosil bo‘ladi. Bu davrda bemor ahvoli yanada og‘irlashib, gavda harorati 
qaytadan ko‘tariladi. Toshma shilliq qavatlarga ham toshadi. Kasallikning 15-17-
kunida yiringli pufakchalar yorilib, quriy boshlaydi va po‘stloqcha hosil bo‘ladi. 
Bu davrda teri qattiq qichishadi. 4-5 haftadan so‘ng po‘stloqchalar ko‘chib tusha 
boshlaydi. Ularning o‘rni chuqurcha (cho‘tir) bo‘lib qoladi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling