Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻzbеkistоn davlat jismоniy tarbiya va sport universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/110
Sana20.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1633247
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110
Bog'liq
Bolalar gigiyenasi

Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai – bemor odam va bakteriya 
tashuvchilar. Mikroblar ular organizmidan najas bilan ajralib, sog‘lom odam 
organizmiga tushadi. Oqava suvlar bilan ifloslangan ochiq suv havzalari (daryo, 
ko‘l, kanal, quduq va boshqalar) kasallikni yuqtiruvchi omil hisoblanadi. 
Zararlangan ovqat mahsulotlari ham ma’lum rol o‘ynashi mumkin. Xalqaro 
aloqalar rivojlangan hozirgi davrda vabo kasalligi havo transporti vositasida 


104 
dunyoning bir chekkasidan ikkinchi chekkasiga oson etishi mumkin. 
Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri bir necha soatdan 5 kungacha. 
Kasallik turli og‘irlikda kechishi mumkin. Ko‘pincha to‘satdan enterit belgilari 
bilan boshlanadi. Ich tez-tez suvdek, ko‘plab ketadi, hojat vaqtida og‘riq 
sezilmaydi. Ich ketishi davom etgani sari najas oqish, xuddi guruch suviga 
o‘xshash bo‘lib qoladi. Bu holat 1-2 kun davom etib, engil hollarda kasallik shu 
bilan tugaydi. Og‘irroq hollarda u avj olib, kasallikning 2-holati – o‘tkir 
gastroenterit boshlanadi. Ich ketishi davom etgani holda, qayta-qayta ko‘plab 
qusish ham boshlanadi. Natijada bemor juda ko‘p suyuqlik yo‘qotib, organizmi 
suvsizlanib qoladi. Suv bilan birga mineral tuzlar ham chiqib ketadi. Natijada 
bemorning ahvoli og‘irlashib, kuchsizlanib qoladi. Qo‘l-oyoq mushaklari tirisha 
boshlaydi. Tanasi muzlaydi, gavda harorati normadan pastga tushishi mumkin. Til 
quriydi, ovoz chiqmay qoladi. Bu holat 1,5-2 kun davom etib, tuzalmasa eng og‘ir, 
3-bosqichga – vabo algidiga o‘tadi. Bunda yuqoridagi belgilar yana ham zo‘rayadi. 
Teri ko‘karib yopishqoq ter chiqadi, burishib qoladi. Lab ko‘karadi va yorilib 
ketadi. Gavda harorati 35-34
o
gacha tushadi. Puls ipsimon, yurak tonlari zo‘rg‘a 
eshitiladi, qon bosimini aniqlab bo‘lmaydi. Bu holatdagi bemorlarni davolash 
ancha qiyin. 
Diagnostikasi. Laboratoriya diagnostikasi maqsadida najas peptonli bulonga 
ekiladi. Qusuq massasi ham sterillangan bankaga yig‘ilib, laboratoriyaga 
jo‘natiladi. Keyingi yillarda serologik usullardan ham foydalanilmoqda. 
Davolash. Bemor darhol kasalxonaga jo‘natilib, alohida xonaga yotqiziladi. 
Davolashdan asosiy maqsad – yo‘qotilgan suv va mineral tuzlar o‘rnini 
to‘ldirishdan iborat. Bu maqsadda №1 va №2 standart tuzli eritmalar vena tomiriga 
tez-tez yuboriladi. Shuningdek, fiziologik eritma, Ringer eritmalarini ham ishlatish 
mumkin. Birinchi kunda yuboriladigan suyuqlik miqdori 20-30 litrga etishi 
mumkin. Antibiotiklardan tetratsiklin 300000 TB dan kuni 4 marta 5 kun 
davomida beriladi. Barcha klinik belgilar yo‘qolgandan, keyin, bakteriologik 
tekshirish 3 marta manfiy natija berganda so‘ng, bemor kasalxonadan chiqariladi. 
Profilaktikasi. Vabo aniqlangan joyda karantin joriy etiladi. Maqsad 


105 
kasallikning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Bemor bilan aloqada bo‘lgan barcha 
odamlar alohidalanib, bakteriologik tekshirishlardan o‘tkaziladi. Bemorlarning 
topish maqsadida uyma-uy yuriladi. Maxsus profilaktika maqsadida vaboga qarshi
vaksina bilan emlanadi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling