Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻzbеkistоn davlat jismоniy tarbiya va sport universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/110
Sana20.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1633247
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110
Bog'liq
Bolalar gigiyenasi

Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri o‘rta hisobda 2-3 kun. Uning teri, ichak, 
o‘pka va septik shakllari mavjud. Teri shakli eng ko‘p uchraydi. Mikrob tushgan 
joy terisida dastlab dog‘, toshma, so‘ngra vezikula, pustula va yara hosil bo‘ladi. 
Yara yuzasi qoramtir parda bilan qoplanadi. U strup deb ataladi. Strup ostida 
infiltrat hosil bo‘lib, atrofida mayda yangi pufakchalar shakllanadi. Yara va uning 
atrofi og‘rimaydi. Bemor darmonsizlik, lohaslik, bosh og‘rishidan shikoyat qiladi. 
Isitmasi 39-40

ga etadi va 5-6 kun shu holda saqlanadi. 2-4 haftadan keyin yara 


113 
bitadi. Kasallikning boshqa formalari juda og‘ir o‘tadi va ko‘pincha o‘lim bilan 
tugaydi.
Diagnostikasi. Laboratoriya tekshiruvi uchun teridagi elementlardan, boshqa 
formalarida qon, siydik, balg‘am, najas, qusuq massasidan namuna olib, ehtiyotlab 
jo‘natiladi. Materialdan mazok tayyorlash, Askoli pretsipitatsiya reaksiyasini 
qo‘yish mumkin. Teri ostiga 0,1 ml antraksin yuborib allergik reaksiya ham 
qo‘yiladi.
Davolash. Bemor alohida palataga yotqiziladi. Antibiotiklardan penitsillin yaxshi 
natija beradi. U 300000-500000 TB dan kuniga 6-8 marta 7-12 kun yuboriladi. 
Tetratsiklin, levomitsetin, streptomitsindan ham foydalanish mumkin. Spetsifik 
kuydirgi gamma-globulin 25-30 ml miqdorda mushaklar orasiga yuboriladi. 
Kuydirgiga qarshi zardob ham ishlatiladi. Bemorning idish-tovog‘i alohida bo‘ladi 
va foydalangandan so‘ng uzoq qaynatiladi. Bog‘lov materiallari yoqib yuboriladi. 
Bemor bilan aloqada bo‘lganlar 8 kun tibbiy nazoratda bo‘ladi.
Profilaktikasi. Profilaktika chora-tadbirlari shifokorlar va veterinariya xodimlari 
hamkorligida amalga oshiriladi. Kasal hayvon aniqlanganida karantin joriy etiladi, 
go‘shtini sotishga ruxsat etilmaydi. O‘lgan hayvon jasadi maxsus joyda chuqur 
o‘ra kavlanib, tubiga va ustiga xlorli ohak sepib ko‘miladi. Shaxsiy profilaktika 
maqsadida veterenariya xodimlari STI vaksinasi bilan emlanadi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling