Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻzbеkistоn davlat jismоniy tarbiya va sport universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/110
Sana20.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1633247
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110
Bog'liq
Bolalar gigiyenasi

Davolash. Bemor maxsus izolyatorga yotqiziladi. Antibiotiklardan 
streptomitsin, tetratsiklin, levomitsin yaxshi natija beradi. Ko‘pincha 2 xil 
antibiotik kombinatsiyasi yoki antibiotik bilan sulfanilamid preparatlar aralashtirib 
beriladi. Yurak preparatlari, vitaminlar keng qo‘llaniladi. Dezintoksikatsiya 
maqsadida gemodez, Ringer suyuqligi, reopoliglyukin, 5% li glyukoza eritmasi va 
boshqalarning birortasi quyiladi. Tounga qarshi gamma-globulin ishlatiladi.
Profilaktikasi. Keyingi yillarda o‘lat onda-sonda uchraydi. O‘zbekistonda 
1990-yilda oxirgi marta o‘lat bilan og‘rigan bemor qayd qilingan. Mamlakatimizda 
o‘latga qarshi kurash stansiyalari (Toshkent va Nukus shahri) va otryadlari 
(Buxoro va Zarafshon) mavjud. Ularning maqsadi o‘latning ustidan epidemiologik 
nazorat olib borish.
Ular tabiiy o‘choqda kemiruvchilarni tekshirish, ular orasida deratizatsiya 


111 
tadbirlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Bemor bilan aloqada bo‘lganlar 6 
kun izolyatsiya qilinadi. Maxsus profilaktika maqsadida tounga qarshi vaksina 
ishlatiladi. Emlangandan so‘nggi immunitet bir yilcha saqlanadi.
TULYAREMIYA 
Tulyaremiya – spetsifik limfadenit va turli organlar (ko‘z, o‘pka, oshqozon-
ichak yo‘llari va hokazolar) jarohatlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli 
kasallik. Bu kasallikni harakatsiz, kalta tayoqchalar qo‘zg‘atadi. Past haroratda 
uzoq saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi.
Epidemiologiyasi. Tulyaremiya ham zoonoz infeksiya. Infeksiyaning asosiy 
manbai kemiruvchilar hisoblanadi. Odamga kasallik zararlangan suv yoki oziq-
ovqat vositasida, kasal hayvonlar bilan aloqada bo‘lganda, zararlangan g‘alla 
mahsulotlari changi orqali yoki chivin va kanalar vositasida yuqadi.
Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri 3 kundan 7 kungacha. Uning 
bubonli, ko‘z-bubonli, angina bubonli, ichak, o‘pka va septik formalari farq 
qilinadi. Hamma turida ham kasallik to‘satdan boshlanadi. Vaqti-vaqti bilan et 
uvishib, to‘satdan harorat 38-40

gacha ko‘tariladi. Bosh qattiq og‘rishi, aylanishi, 
darmonsizlik, ishtaha yo‘qolishi, mushaklar og‘rishi kuzatiladi. Bemorning yuzi 
qizaradi, ko‘z shilliq pardasi yallig‘lanadi, tili karash bilan qoplanadi, og‘iz 
bo‘shlig‘ida mayda qon quyilishi kuzatiladi, jigari va talog‘i kattalashadi. Kasallik 
shakliga qarab, turli joydagi limfa bezlarining kattalashishi kuzatiladi. Ba’zan 
bubon kattaligi tuxumdek bo‘ladi. Ko‘p hollarda bubon asta-sekin so‘rilib ketadi, 
ba’zan yiringlaydi. Ichak va o‘pka formalari ancha og‘ir o‘tadi. Qonda 
leykopeniya, limfotsitoz, ROE tezlashishi xarakterli.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling