Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻzbеkistоn davlat jismоniy tarbiya va sport universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/110
Sana20.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1633247
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   110
Bog'liq
Bolalar gigiyenasi

Diagnostikasi. Tashxis qo‘yish uchun qusuq massasi yoki oshqozon 
yuvilgan suvdan 0,5 l li sterillangan bankaga yig‘iladi. Isitma bor hollarda bilakdan 
gemokulturaga qon olinadi. Najasi Myuller, Tiga muhitlariga va tuzli bulonga 
ekiladi. Kasallanishga sababchi deb gumon qilingan ovqat qoldiqlari ham 
bakteriologik tekshirish uchun yuboriladi. 
Davolash. Kasallik qanday kechishidan qat’i nazar, bemor kasalxonada 
davolanishi kerak. To‘g‘ri ko‘rsatilgan birinchi yordam bemor tez tuzalishida 
muhim rol o‘ynaydi. Oshqozonni ichimlik sodaning 2% li eritmasi yoki nimrang 
margansovka eritmasi bilan chayish va tozalash klizmalari birinchi yordam 
muolajalaridir. Kasallik og‘irroq kechgan hollarda organizm yo‘qotgan suv va 
minerallar o‘rnini qoplash uchun gemodez, fiziologik eritma, Ringer eritmasi va 
boshqalar vena tomiriga va teri ostiga tomchilatib, 1-2 l miqdorida yuboriladi. 
Yurak tomirlar faoliyatini yaxshilash uchun kofein, kordiamin, kamfora, efedrin va 
boshqalarning birortasidan foydalaniladi. Qo‘l-oyoq muzlab qolganda grelka 
qo‘yiladi. 
Profilaktikasi. Ovqat toksikoinfeksiyalari profilaktikasida oziq-ovqat 
korxonalarida sanitariya-gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Yoz kunlari tayyor ovqatni muzlatkichda saqlash kerak. Terisida 
yiringli kasalliklar bo‘lgan va angina bilan og‘rigan odam oziq-ovqat tayyorlashda 
ishtirok etmasligi lozim. 
BOTULIZM 


101 
Botulizm tayoqchasi toksini keltirib chiqaradigan va markaziy nerv 
tizimining og‘ir jarohatlanishi bilan kechadigan kasallik botulizm deyiladi. Bu 
bakteriyaning toksini juda kuchli zaharli modda hisoblanadi. Uni chiqaradigan 
mikrob anaerob, ya’ni havo kirmaydigan muhitda ko‘payadi va zahar ishlab 
chiqaradi. Bunday muhit kolbasada va turli sabzavot, qo‘ziqorinlarni 
konservalaganda hosil bo‘ladi. Agar ularni tayyorlash jarayonida botulin 
tayoqchasi tushib qolsa, bu mahsulotlar kasallanishiga sabab bo‘ladi. Uy sharoitida 
tayyorlangan konserva mahsulotlari, ayniqsa, xavotirli. 
Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri bir necha soatdan 1-2 kungacha 
davom etadi. Kasallik ko‘ngil aynishi, bosh og‘rishi va aylanishi bilan boshlanadi. 
Kasallikning asosiy belgilari toksinning markaziy nerv tizimiga ta’siri bilan 
bog‘liq. Bunda dastlab bemorning tomog‘iga bir narsa qadalayotgandek bo‘ladi, 
so‘ng yutish qiyinlashadi. Ichilgan suv burun orqali qaytib tushadi. Ovoz pasayadi, 
ba’zan chiqmay qoladi (afoniya). Ko‘z qovoqlari osilib tushadi (ptoz). Bemor 
narsalarni xira ko‘radi. Ko‘pincha ko‘zi g‘ilaylashadi. Shu boisdan bitta narsa 
ikkita bo‘lib ko‘rinadi (diplopiya). Ko‘z qorachig‘i har xil kattalikda bo‘ladi 
(anizokoriya). Kasallik ko‘pincha og‘ir kechadi. O‘lim hollari ham uchrab turadi. 
Diagnoz qo‘yish maqsadida oshqozon yuvilgan suv (qusuq massasi), 
bilakdan olingan 4-5 ml qon laboratoriyaga yuboriladi. 
Davolash. Bu kasallikda imkoniyat boricha tezda birinchi yordam 
ko‘rsatish kerak. Bu maqsadda oshqozon 5% li ichimlik soda eritmasi yoki 
margantsovka eritmasi (ular bo‘lmaganida iliq suv) bilan yaxshilab yuviladi va 
tozalash klizmasi qilinadi. Bakteriologik tekshirishga material olib bo‘lingandan 
so‘ng polivalent botulizmga qarshi zardob yuboriladi. U bemor ahvoliga qarab, 
25000-100000 TB dozada avval vena tomiriga, keyinchalik mushaklar orasiga 
yuboriladi. 
Profilaktikasi. Kolbasa tayyorlashda, baliq dudlashda va konserva 
tayyorlashda sanitariya-gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling