2.2. Buyurtmachi.
2.2.1. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
a) Bajaruvchidan har oyda bir marta O‘quvchining dars mashg‘ulotlarida ishtirok etayotganligi to‘g‘risida (tabel) ma’lumot talab qilish;
b) Bajaruvchi tomonidan sertifikat.mehnat.uz dasturiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritilishini, tabel yuritilishini onlayn nazorat qilish;
v) O‘quv mashg‘ulotlarini joyiga chiqqan holda monitoring qilish, agarda ushbu shartnoma shartlari bajarilmayotgani aniqlanganda mablag‘larni qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rish;
g) O‘quv markazlarini o‘quv dastur va o‘quv rejalari olish, tahlil qilish va ushbu o‘quv dastur va o‘quv rejalarni ish beruvchilar talabiga moslashtirish bo‘yicha zarur takliflarni berish;
d) O‘quv markazida kasb-hunar o‘rganayotgan o‘quvchini o‘qish jarayoni bilan tanishish;
e) Bitiruv malakaviy komissiya tarkibida ishtirok etish va o‘z taklif va e’tirozlarini bayon qilish;
o) O‘quv kurslarida sababsiz (36 soatdan ortiq) ishtirok etmayotgan o‘quvchi o‘qishdan chetlatilganda unga to‘lanayotgan o‘qitish xarajatini to‘xtatib qo‘yish;
j) Mazkur shartnoma shartlari bajaruvchi tomonidan har qanday holatda buzilgan taqdirda Ish qidirayotgan fuqaroga to‘lanayotgan o‘quv xarajatlarini to‘xtatib qo‘yish va bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
2.2.2. Buyurtmachi quyidagi majburiyatlarga ega:
a) Taqdim etilgan uch tomonlama shartnomani o‘z vaqtida imzolash va kasbga-hunarga o‘qitish uchun o‘quv xarajatlari mablag‘larini belgilangan tartibda bajaruvchi tomonidan qonun hujjatlari va belgilangan me’yorlar asosida ishlab chiqilgan va taqdim etilgan xarajatlar kalkulyatsiyasiga muvofiq o‘z vaqtida to‘lab berish;
b) Shartnoma imzolangandan so‘ng har oyda Bajaruvchi tomonidan taqdim etilgan tabel asosida tegishli oy uchun mablag‘larni Bajaruvchi hisob raqamiga o‘tkazib berish;
v) O‘quv markazida yaratilgan shart-sharoitlar va o‘quv jarayonini monitoring qilib borish.
Buyurtmachi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |