O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ishsiz shaxslarni kasbga-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha shartnoma


Download 91 Kb.
bet4/6
Sana11.09.2023
Hajmi91 Kb.
#1675641
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 томонлама шартнома

2.3. O‘quvchi.
2.3.1. O‘quvchi quyidagi huquqlarga ega:
a) Bajaruvchidan o‘quv markazida sifatli ta’lim olish uchun zarur shart-sharoitlarni hamda o‘qituvchilardan kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha malakali ta’lim berishni talab qilish;
b) Zaruriy tayyorgarlikka ega bo‘lgan taqdirda bitiruv malakaviy imtihonlarni belgilangan muddatidan oldin topshirish, bitiruv malakaviy imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda o‘qishni tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjatni olish.
2.3.2. O‘quvchi quyidagi majburiyatlarga ega:
a) O‘qish jarayonida Bajaruvchi tomonidan belgilangan ichki tartib intizomga rioya qilish;
b) Mehnat muhofazasi va texnika-xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish;
v) O‘quv mashg‘ulotlarini diqqat bilan o‘zlashtirish va doimiy ravishda o‘zini ustida ishlash;
g) O‘qishni tamomlagan va o‘qishni tugatganligi to‘g‘risida tegishli hujjatga ega bo‘lgan kundan boshlab bir oy muddatda jismoniy va yuridik shaxslar uchun ish haqini (mehnat daromadini) olishga qaratilgan xizmatlarni ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha mehnat faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshirish bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi shart;
d) Agarda ishsiz fuqaro tomonidan mazkur shartnomaning
2.3.2-bandida belgilangan majburiyatlarni o‘rnatilgan muddatlarda bajarilmasligining har qanday ko‘rinishi Kambag‘alikkni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan ushbu ishsiz fuqaroga to‘lab berilgan o‘quv xarajatlari va stipendiyalarni qaytarilishiga sabab bo‘ladi.
Ishsiz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi ham mumkin.
III. Mazkur shartnomaning amal qilish muddati
3.1. Ushbu shartnoma tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi va ular o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarib bulgunga qadar amal qiladi.
3.2. Shartnomaga har qanday o‘zgartirish kiritish faqatgina yozma tarzda uni imzolagan tomonlar ishtirokida va roziligida amalga oshiriladi.
3.3. Shartnoma 3 nusxada bo‘lib tomonlarning har birida alohida bir nusxadan saqlanadi.

Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling