O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ishsiz shaxslarni kasbga-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha shartnoma


II. Shartnoma taraflarning huquq va majburiyatlari


Download 91 Kb.
bet2/6
Sana11.09.2023
Hajmi91 Kb.
#1675641
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 томонлама шартнома

II. Shartnoma taraflarning huquq va majburiyatlari
2.1. Bajaruvchi.
2.1.1. Bajaruvchi quyidagi huquqlarga ega:
a) Buyurtmachi tomonidan mazkur shartnomaga muvofiq belgilangan tartibda yo‘llanma asosida yuborilgan ishsiz fuqarolarni o‘quvchilar safiga qabul qilish;
b) O‘quvchilar safiga qabul qilingan ishsiz fuqaroni sifatli kasbga o‘qitishni tashkillashtirish;
v) O‘quvchilardan tartib-intizomga rioya etishni talab qilish;
g) O‘quvchidan kasb-hunar o‘rganish jarayonida o‘z vaqtida ishtirok etishni hamda o‘qitish bo‘yicha belgilangan talablarni o‘z vaqtida bajarilishini talab qilish, 36 soatdan ortiq sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilarni o‘quvchilar safidan chiqarish va bu haqda shu kunning o‘zida Buyurtmachini xabardor etish;
2.1.2. Bajaruvchi quyidagi majburiyatlari ega:
a) Ishsiz fuqaroni tegishli buyruq asosida o‘qishga qabul qilish hamda buyruq nusxasini ilova qilgan holda Buyurtmachini bu haqda rasmiy xabardor qilish;
b) O‘quvchilarni mehnat muhofazasi, texnika-xavfsizligi qoidalari bo‘yicha tegishli yo‘riqnoma bilan tanishtirish va tanishganligi to‘g‘risidagi hujjatni o‘quvchi tomonidan imzolanishini ta’minlash;
v) O‘quvchilarni kasb-hunar egallashlari uchun zarur va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish;
g) O‘qishga qabul qilingan ishsiz fuqarolarni sertifikat.mehnat.uz dasturi (keyingi o‘rinlarda “Dastur” deb yuritiladi)ga kiritish, ularning kunlik dasr jarayoniga qatnashish holatini kiritib borish.
d) Har oyda bir marta o‘quvchilar davomati to‘g‘risida Buyurtmachiga tabel taqdim etib borish, shuningdek sababsiz 36 soatdan ortiq o‘quv mashg‘ulotlariga kelmagan o‘quvchilarni o‘quvchilar safidan chiqarish va bu haqda Buyurtmachini rasmiy xabardor etish;
e) Malaka komissiyasi xulosasiga ko‘ra o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga o‘qishni bitirganligini tasdiqlovchi hujjat (sertifikat) taqdim etish.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Bajaruvchi boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.

Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling