O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi


Download 0.73 Mb.
Sana05.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1692432
Bog'liq
1-modda

O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi


1-modda.
O’zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo’lgan suveren, demokratik, hu
Quqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Davlatning “O’bekiston Respublikasi” va “O’zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.
Reja:
1.Suverenitet tushunchasi.
2.Demokratiya tushunchasi.
3.Huquqiy davlat.
4.Ijtimoiy davlat.
5.Dunyoviy davlat.

Suverenitet

Suverenitet (fransuzcha: souverainete —oliy hokimiyat) — hokimiyatning ustunligi va mustaqilligi. Suverenitetni hurmatlash — xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy prinsipi. U BMT Ustavi va boshqa xalqaro hujjatlarda mustahkamlab qoʻyilgan. Konstitutsiyaviy huquq fanida davlat suvereniteti, millat suvereniteti, xalq suvereniteti tushunchalari ishlatiladi. Davlat suvereniteti — hokimiyatning mamlakat ichida oliyligi va tashqi munosabatlarda toʻla mustakilligi. Davlat suvereniteti haqidagi goya Jan Boden (16-asr, Fransiya) ga tegishlidir. Uning fikricha, Suverenitet davlatning eng muxim belgisi hisoblanadi, bunda abadiy, mutlaq, boʻlinmas oliy hokimiyat nazarda tutiladi. Davlat suvereniteti tushunchasi keyingi davrlarda yanada rivojlantirildi va boyitildi.

Suverenitet

Demokratiya


Demokratiya — (qadimgi yunoncha: δημοκρατία — „xalq hokimiyati“) — barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniga ega siyosiy tuzum. Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda oʻrnatilgan va yuzaga chiqarilgan boʻladi. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. Demokratiyaning asosiy talablari koʻpchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning boʻlinishi, davlat boshligʻi va vakolatli organlarning saylab qoʻyilishidir.

Demokratiya

Huquqiy davlat

Huquqiy davlatda eng oliy qadriyat inson hisoblanadi. Davlat faqat huquq normalarini yaratib qolmay, oʻzi ham ularga amal qilishi Huquqiy davlatning eng muhim xususiyatidir. Huquqiy davlat demokratiyaning ajralmas belgisidir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida Oʻzbekiston xalqi insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni koʻzlab oʻzining muxtor vakillari siymosida davlatimizning asosiy qonunini qabul qilishi taʼkidlab oʻtilgan. Qonunni chetlab oʻtish emas, aksincha, qonun talablari asosida, unga mos va muvofiq ravishda yashash lozimligi kishilar ongiga tobora singib bormoqda. davlat inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashning izchil huquqiy mexanizmini yaratish tadbirlarini amalga oshirdi.

Ijtimoiy davlat

  • Ijtimoiy davlat deganda, ijtimoiy sohaga ustivorlik qaratiladigan, fuqoralarnig tengligi, ularning turli tabaqalarga ajralishiga yo’l qo’ymaydigan, umumfarovonlik ta’minlangan jamiyat tushiniladi.
  • Konistitutsiyamizda o’z ifodasini topgan ijtimoiy tenglik va ijtimoiy adolat prinsipini amalda ta’minlash bo’yicha katta ishlar olib borilmoqda. Atab aytganda, kambag’allikni ikki borabar qisqartirish maqsad qilib olindi. Kambag’allikni qisqartirish maqsadida ijtimoiy yordamning yangi va samarali mexanizmlari joriy etildi. Bu haqida gap ketganda, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni, ularga kiritilgan fuqarolar bilan tizimli ishlash yo’lga qo’yilganini alohida ta’kidlash lozim...

38-modda
Fuqarolar o’z ijtimoiy faolliklarini O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig’ilishlar va nomoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega. Hokimyat organlari faqat xavsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o’tkazilishini to’tatish yoki taqiqlash huquqiga ega.

Dunyoviy davlat

Dunyoviy davlat — davlatning konstitutsiyaviy huquqiy tavsifi boʻlib, Dunyoviy davlat deganda, davlat bilan din oʻrtasidagi nisbat, yaʼni davlatning dinga munosabati, dindan xoli mavjud boʻlishi va rivojlanishini tushunish mumkin. Aniqroq aytganda, Dunyoviy davlat hech bir dinga davlat dini, rasmiy din maqomini bermaydi, dinning siyosiylashuviga yoʻl quymaydi, taʼlim tizimi va davlat boshqaruvini din taʼsiridan holi qilib, oʻz yurisdiksiyasida tutuvchi davlat nazarda tutiladi. Shu maʼnoda Dunyoviy davlat uchun istiqbolli munosabat shakli-davlatni dindan ajratilganligi hisoblanadi. Bunday davlatlar sirasiga AQSh, Fransiya, RF, Bolgariya, OʻzR va boshqa davlatlar misol boʻla oladi.

Oʻzbekiston

  • Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi, Ўзбекистон Республикаси) — Markaziy Osiyoning markaziy qismida joylashgan mamlakat. Oʻzbekistonning poytaxti Toshkent shahri boʻlib, davlat tili oʻzbek tili hisoblanadi. Maydoni — 448,978[6] km2. Aholi soni 2023-yil 1-yanvar kuni O‘zbekiston aholisi 36 milliondan oshdi. Hozirda mamlakatning umumiy aholisi soni 36 024 946 nafarni tashkil qilmoqda. Pul birligi — soʻm. Oʻzbekiston Respublikasi hududi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iboratdir, shuningdek, u mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat hisoblanadi. Oʻzbekiston MDH, BMT, YXHT va SHHT aʼzosidir. Oʻzbekiston berk hududda ya'ni qirgʻoqqa ega boʻlmagan besh mamlakat bilan, yaʼni: shimoldan Qozogʻiston; shimoli-sharqdan Qirgʻiziston; janubisharqdan Tojikiston; janubdan Afgʻoniston; va janubi-gʻarbiy qismida Turkmaniston bilan chegaradosh.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling