O‘zbekiston Respublikasi“Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida keltirilgan
uzluksiz ta'lim tizimi va turlari
Maktabgacha ta'lim
Umumiy o‘rta ta'lim
O‘rta-maxsus, kasb-xunar ta'limi
Oliy ta'lim
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Maktabdan tashqari ta'lim
Ma'lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Ta'lim to‘g‘risida"gi qonunning
asosiy qoida va maqsadlariga muvofiq holda ishlab chiqilgan, u milliy va butunjahon
tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi yutuqlarni o‘ziga qamrab olib, yuksak
madaniyatga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustasil ravishda
mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va
hal etishga yangi qodir kadrlarni shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni har tomonlama
kamol topgan, jamiyat va turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini
ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy,
xususiy, psixologik-pedagogik tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila
oldida o‘z kerakligini his etadigan yosh avlod tarbiyalashini nazarda tutmoqda.
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich bajarilayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |