O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
Jamiyatimizda har bir strategik yo‘nalish muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. O‘zbekistonda yangi, mustaqil, demokratik munosabatlar qurish jarayonida davlat va jamiyat asosiy maqsadlaridan biri ijtimoiy jamiyat va har bir inson taraqqiyoti, uning moddiy, ma'rifiy va ma'naviy rivojlanishi mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida oila, maktab va jamiyatda tashkil etilgan ta'lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi komil, har tomonlama yetuk inson, barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni barpo etib, hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Bu islohotlar Vatanimizning taraqqiyot yo‘lida e'tirof etilgan gumanistik, demokratik, huquqiy jamiyatni rivojlantirish uchun hizmat qiladi. Insonparvar, huquqiy jamiyat oldida yuqori maqsadlar qo‘yish uchun yangi, mustaqil davrda tug‘ilgan yosh avlodlarimizning ta'lim-tarbiyasini maqsadli amalga oshirishga bevosita jamiyat, oila va maktab birdek ma'suldir. “...inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar ... himoya qilinadi (13modda.) “Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovon-ligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi (14modda) Kishilar “bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar” (18- modda). Oligofrenope-dagogika (aqli zaif bolalar) “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir (24-modda), har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega (25-modda). Har kim bilim olish huquqiga ega. Maktab ishlari davlat nazora-tidadir (41-modda). Har kim fikrlash, so‘z va e'tiqod erkinligi huqu-qiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega (29-modda). . “Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydala-nish huquqi kafolat- lanadi. Davlat jamiyat-ning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlani-shiga g‘amxo‘rlik qiladi” (42-modda). Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling