O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi


V) Ushinskiy. Lesgaft. Makarenko. Dyui. Butunjahon ta'lim-tarbiya rivojiga


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/148
Sana21.12.2021
Hajmi1.25 Mb.
#182115
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   148
Bog'liq
kasbiy pedagogika

V) Ushinskiy. Lesgaft. Makarenko. Dyui. Butunjahon ta'lim-tarbiya rivojiga 
qo‘shgan hissasi. 
Buyuk  rus  pedagogi  Konstantin  Ushinskiy  (1824-1870)  muntazam  pedagogika 
tizimining  yaratuvchisi,  ko‘p  darsliklarning  muallifi.  Olim  fikricha  tarbiya  bolaga 
Ota-ona, muallim, katta-larning 
namunasi  (uchebnaya, obrazovatelnaya) 
Ratsionalnaya metodika (vliyaniye 
cherez slovo) 
 
 
Mashqlar o‘tkazish, yalqovlik, o‘ylamay 
ish qilish,  intizomliksizlikni oldini olish 
 
 
Suhbatlar o‘tkazib, yo‘l-
yo‘riq kursatish 
 
 


23 
 
insonparvarlik,  fidoiylik,  rostgo‘ylik,  mehnatsevarlik,  intizomlik,  odamlarga hurmat, 
samimiy  munosabatlarni  o‘stiradi.  Tarbiya  tizimida  vatanparvarlik,  vatanga 
fidikorona  mehnat asosiy  o‘rinni  egallaydi. Bola  yoshidagi  psixologik  hususiyatlarni 
e'tiborga  olib,  darsda  ko‘rsatmalilik  tamoyiliga  katta  ahamiyat  berdi.  “Bola  shakl, 
rang,  tovush,  umuman  sezgilar  bilan  fikrlaydi”.  Bundan  bola  uchun  ko‘rsatmali 
o‘qishning zarurligi kelib chiqadi, “bu o‘qish mavhum tasavvurlar va so‘zlarga emas, 
balki  konkret  obrazlarga  asoslanadi”.  Bola  o‘quv  materialni  anglab,  puxta  va 
mustahkam  o‘zlashtirishiga  yetaklab  olib  borilishi  kerak.  Olim  o‘quv  materialni 
takrorlash,  takrorlaganda  uni  kengaytirish  va  chuqurlashtirish  to‘g‘risida  batafsil 
uslubiyot va tarbiya tizimini ishlab chiqdi.  
Buyuk  rus  pedagogi  Pyotr  Lesgaft  (1837-1909)  jismoniy  tarbiya  tizimini  ishlab 
chiqdi, jismoniy tarbiyani joriy qilishning tom  ma'nodagi tashabbuskori edi. Nafaqat 
erkaklar,  balki  xotin-qizlardan  jismoniy  tarbiya  ta'limidan  tarbiyachi-murabbiylar 
tayyorlash oliy kurslarini ochdi, Rossiyaning ko‘p shaharlarda uning tashabbusi bilan 
stadion va sport maydonchalar qurildi va halqqa hizmat qildi. Lesgaft tarbiya ijtimoiy 
harakterga  ega,  u  bolaning  o‘sib  kamolga  yetishida  hal  qiluvchi  sifatlaridan  biridir, 
bola  faqat  oila  va  maktab  ta'lim-tarbiyasining  yuqori  darajada  bo‘lgani  bilan 
rivojlanadi deb xisobladi.  
Ulug‘  rus  pedagogi  Anton  Makarenko  (1888-1939)  o‘zining  mehnat  va  ijodiy 
faoliyatida  maktab  bolalari  ta'lim-tarbiya  olishlari  bilan  biron  kasbga,  mutaxassis 
bo‘lishi  uchun    kelajak  mehnatiga  tayyorgarlik  ko‘rishni  ta'kidlab  o‘tgan.  Uning 
“Pedagogik poema” asarida yosh hukukbuzar va yetim, boshpanasiz, ko‘chada qolgan 
bolalarni  maktab,  internat  va  koloniyalarda  qanday  ta'lim-tarbiya  berish,  ular  bilan 
qanday  munosabatlarda  bo‘lish,  hayot  va  mehnat  faoliyati    tizimini  tashkillash 
masalalarni ko‘taradi va yechishini butun pedagogik jamoaga ko‘rsatib beradi. Shu va 
boshqa asarlari bolalarning ichki dunyosi va hulq-atvorini shakllantirish pedagogik va 
psixologik matariallarga nihoyatda boydir. 
Buyuk  amerika  pedagogi  Djon  Dyui  (1859-1952)  o‘quvchi  bolalarning  ta'limini 
ularning boshdan kechirilgan hayotiga, kichkina hayotiy tajribasiga va tasavvurlariga 
yaqinlashtirib qo‘yishga harakat qilib, ularning o‘zlashtirayotgan ob'yektiga qiziqishni 
uyg‘otishga intildi.  Uning  maktab asosiy  shiori  har bir  nazariyani  ishda,  amaliyotda 
ko‘rishdir: “Aytsang - unutib qo‘yadi, ko‘rsatsang -  vaqtincha xotirasida qoladi, ishga 
kiritsang  -  umrbod  esida  saqlaydi”.  Bunday  o‘qitish  jarayonida  bolaning  tabiiy 
o‘sishining qismlari: ijtimoiy (muloqot va o‘zaro ta'sirga intilish), tuzilmaviy (harakat 
va  o‘yinga  intilish),  tadqiqot  (aniqlash  va  tushunishga  intilish),  ekspressiv  (o‘zining 
qiyofasini ko‘rsatishiga intilish), his-tuyg‘uviy (masalani o‘zi yechishidan bahramand 
bo‘lish)  ko‘zda  tutiladi.  Sinfdan  tashqari  ishlarda  faqat  har  hil  yoshdagi  bolalarning 
birga  va  bir  ishni  qilishga  amaliyotlar  o‘tkaziladi.  Har  bir  tushuncha  laboratoriya 
tarzda  aniqlanadi,  o‘qitish  jarayonida  o‘yin  va  sahnalashtirish  usullardan  keng 
foydalaniladi,  “o‘qituvchi  -  o‘quvchi”  tizimida  individual  darslar  afzal  ko‘riladi. 


24 
 
Sinflar  bolalar  qiziqishi,  intilishi,  layoqati  bir  bor  imkoniyat  va  qobiliyatlarning 
darajasi teng, bir biriga dil tortishi bilan tuziladi.  Dyui maktabi uchun yangi o‘qitish 
metodlarni  topish,  bolalarning  intilishiga  diqqat-e'tibori,  ularning  o‘ziga  xos 
xususiyatlarini o‘rganish, faoliyatlarini kengaytirishdan iborat.  
Yuqorida tilgan oligan faylasuf va pedagog olimlarning fikr-g‘oyalari, ko‘rsatgan 
yo‘l-yo‘riqlari  butunjahon  ta'lim-tarbiya  rivojiga  salmoqli  hissa  qo‘shib,  hozirgi 
davrda  ham  maktab  va  oliy  o‘quv  yurtlari  faoliyat  ko‘rsatayotgan  o‘qituvchilarning 
kasbiy mahoratida poydevor bo‘lib hizmat qilmoqda. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling