O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi


Komenskiyning tarbiya metodlari


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/148
Sana21.12.2021
Hajmi1.25 Mb.
#182115
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   148
Bog'liq
kasbiy pedagogika

Komenskiyning tarbiya metodlari: 
 
 


22 
 
 
 
 
 
 
Mutafakkir  “Intizomsiz  maktab  bamisoli  suvsiz  tegirmon”  maqolini  keltirib, 
kaltak vositasiga mutlaqo qarshi chiqadi va bolalalarga insoniy muomalada bo‘lishni 
tavsiya  qiladi.  Agar  o‘qituvchi  bolani  sevsa,  uning  yaxshi  bo‘lishini  istasa,  darsi 
mazmunli va qiziqarli o‘tsa, mavzuni tushuntira bilsa intizomlik o‘zi-o‘zidan vujudga 
keladi.  Iste'dodsiz,  ma'lumotsiz  o‘qituvchi  maktabda  ishlamasligini  taqidlab, 
Komenskiy o‘qituvchilik “yer yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan 
juda  faxrli  kasb”  deb  hisoblaydi.  O‘qituvchi  jamiyatida  muhim  vazifani 
bajaralayotganini, o‘z qadr-qimmatini yaxshi bilib olishi bilan u sof vijdonli, ishchan, 
sabotli,  axloqli,  o‘zini  va  ota-onaday  bolalarni  sevishi,  ularda  bilimga  havas 
tug‘dirishi, ergashtirishi darkor.  
Nemis  pedagogi  Iogann  Fridrix  Gerbart  (1746-1841)  o‘zining  “Umumiy 
pedagogika”  asarida  fanning  didaktik  vositalarini  aniqlab  oldi.  Buyuk  olim 
tarbiyalanuvchi  o‘qitish  nazariyasini  tasniflab  berdi,  “ta'lim  berish”,  “o‘qitish”  va 
“o‘qish”ni  muhimligini  aniqlab  oldi,  o‘quv  jarayonning  imkoniyatlarini  ochdi, 
o‘qitish metodlar tizimini (tahlil qilish, tasvirlash, bayon qilish, ifoda qilish, isbotlab 
berish, umulashtirish) belgilab berdi.   
Ulug‘  shveysar  olimi  Iogann  Pestalotssi  (1746-1827)  yangi  tizimli  maktabning 
ta'lim-tarbiya dasturini tuzib amaliyotda tekshirib oldi, o‘quv materialni muvafaqiyatli 
o‘zlashtirish  psixologik  manbalarni  aniqladi.  Buyuk  pedagog  o‘quv  ma'lumotni 
tushunish  va  qayta  ishlash  mashqlar  tizimi  orqali  bolaning  psixofiziologik 
imkoniyatlarni  va  uning  qobiliyatlarni  rivojlantiruvchi  ta'lim  metodikasini  yaratdi. 
Pedagogik jarayonda o‘qituvchi yoshidagi va hususiy psixologiyaga tayanishini aytib 
o‘tdi. 
Nemis  pedagogi  F.Frebel  (1782-1852)  o‘zining  “Inson  tarbiyasi”  kitobida 
odamga  ta'sir  ko‘rsatuvchi  psixologik-pedagogik  me'yor  va  qoidalarga  tayanib, 
individual  va  yoshidagi  hususiyatlardan  kelib  chiqib,  tarbiya  qonunlarini  ta'riflab 
berdi.  Buyuk  pedagog  o‘qituvchining  maqsadi  yoshlarning  ijobiy  qobiliyatlarini 
aniqlashi va ularni rivojlantirishiga qaratdi. 
Nemis  pedagogi  Adolf  Disterveg  (1790-1866)  buyuk  pedagog-olim.  U  “yomon 
o‘qituvchi  haqiqatni  aytib  o‘tadi,  yaxshi  o‘qituvchi  esa  uni  topishga  o‘qitadi”  deb 
muammoli pedagogika tizimini yaratishiga katta xissa qo‘shdi. 
  

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling