O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
Ko‘rgazmalilik o‘qitishning oltin qoidasi: o‘qituvchining tiniq, ravon, kuchli so‘zi, bolaga bor narsalarni ko‘rsatish, dunyoni rasmlar orqali tushuntirish, narsalar o‘zini iloji bo‘lmasa modelini ko‘rsatishi bilan chuqur bilishga va esda uzoq vaqt saqlanishiga olib keladi. Bilim-malakalarni puxta egallash- mavzuni mustahkam, asosli o‘zlashtirish, mustahkam asos vujudga keltirish, mavzularni bog‘lagan holda olib borish, o‘ziga yaxshi o‘quvchini yordamchi qilib olish, bolalar yoshiga qarab ravshan bayon etilish. Onglilik o‘qishda o‘rganilayotgan narsani hayotga kerakligini va qanday ishlatishni anglab olish, aql- idrok bilan tushunib olish, o‘zini zo‘rlab yodlamaslik, bir narsani to‘la tushunib bo‘lgincha shu narsa ustida to‘xtatmoq Mashq qilish-o‘tilgan mavzuni mashq qildirish va takrorlash, dars mashg‘ulotlarida faol qatnashishini ta'minlash, kuzatib borish, o‘yga vazifa berish, darsliklar yaratish va ularda o‘quv materialni yetarli, mazmunli berish, rasmlarga boy bo‘lish Izchillik-fan asoslarini izchil bayon qilish va reja asosida o‘rgatish. Kun , hafta, oy va yilga vazifalar qo‘yish va amalga oshirish. Bunda aniq vaqtni belgilash, o‘qishning bola yoshiga mos bo‘lishi. Izchillik bilan o‘rgangan dars keyingi o‘tiladigan darsga yo‘l ochib beradi. Tizimlilik-bu ta'lim-tarbiya tizimli bo‘lishidir. Mavzu asosiy qoidalar tariqasida lo‘nda bayon qilinishi kerak. Mavzu bo‘yicha dalil, misol va xulosalar qoidalar tizimida keltirish, umulashtirib berish. Osondan qiyinga, avval narsa yoki hodisaga tushuncha berib, keyin uning turli tomonlarini o‘rganish, o‘quv yilni choraklarga bo‘lish, o‘quv kunini belgilash Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling